1-tajriba
(3,5 gektar) bog‘da 5 tup bodom mevasini asalarilar yordamida changlanishi qayd
etilganda, arilar meva hosil bo‗lishini 9 martaga oshirganligi isbotlandi. Shu bilan birga, changlatuvchi
hasharotlardan izolyatsiya qilingan na‘munada 112 guldan 2 ta, 162 guldan 3 ta bodom mevasi hosil
bo‗ldi. Qolgan 3 ta tajribamizdagi izolyatsiyalangan na‘munalarda hech qanday meva hosil
bo‗lmaganligi qayd etildi. Bunga asosiy sabab shundan iboratki, bodom o‗simligi mevali daraxtlar
ichida birinchi bo‗lib gullashi va bu vaqtda havo sovuq bo‗lganligi tufayli hasharotlar faol bo‗lmaydi.
Shuning uchun bodom o‗simligi deyarli faqat asalarilar yordamida changlanadi.
2-tajriba
(1,5 gektar) bog‘da 4 tup shaftoli mevasini asalarilar yordamida changlanishi
kuzatilganda, arilar meva hosil bo‗lishini 1,5 martaga oshirganligi isbotlandi. Shu bilan birga,
izolyatsiyalangan na‘munalarda 32 guldan 3 ta, 38 guldan 4 ta, 60 guldan 7 ta, 51 guldan 14 ta
shaftoli mevasi hosil bo‗ldi.
3-tajriba
(1 gektar) o‗rik bog‘da 3 tup o‗rik mevasini asalarilar yordamida changlanishi qayd
etildi. Arilar meva hosil bo‗lishini 5,4 martaga oshirganligi isbotlandi. Shu bilan birga,
izolyatsiyalangan na‘munalarda 136 guldan 3 ta, 100 guldan 3 ta, 100 guldan 6 ta o‗rik mevasi hosil
bo‗ldi (1-jadval).
1-jadval
Asalarilar yordamida changlanishning mevali daraxtlar
hosilini oshishiga ta‟siri
O„simlik
Hasharotlardan
izolyatsiya qilinmagan
na‟munalarda meva
tugish ko„rsatkichi %
Hasharotlardan
izolyatsiya qilingan
namunalarda meva
tugish ko„rsatkichi
%
Hosildorlikni
necha marta
ortganligi
Shaftoli
23
15,5
1,5
O„rik
19,5
3,6
5,4
Bodom
7,8
0,86
9
Yozgi davrda yana bir qator ekinlarda, jumladan, asosiy ekinlardan paxta, grechixa,
kungaboqarda va boshqa mevali daraxtlarda tadqiqotlar o‗tkazilishi belgilab olindi.
Tadqiqotlarimizdan asosiy maqsad aholi o‗rtasida ―asalarilar gullarni shirasini so‗rib, ularga ziyon
yetkazadi va hosildorlikni kamayishiga sabab bo‗ladi‖ degan nato‗g‘ri tushunchani bartaraf etish,
asalarilar o‗simliklarni changlatib hosildorlikni oshirishi va ularning tabiatda qanchalik muhim
ahamiyatga ega ekanligini isbotlashdan iboratdir.
Yuqoridagi ma‘lumotlar asosida shuni ta‘kidlash mumkinki, qishloq xo‗jaligi ekinlari
zararkunandalariga qarshi kurashishda kimyoviy moddalardan me‘yoridan ortiq foydalanish, biologik
muvozanatni yoki agroekotizimlar ozuqa zanjirini buzilishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida esa
tabiiy changlatuvchilar kamayib, o‗simliklarni changlatishda asalarilar yagona manba hisoblanmoqda.
Fermer va dehqonlar orasida asalarilardan changlatuvchi sifatida foydalanib hosildorlikni oshirish
hamda meva hosili daromadini oshirishdan tashqari asalarichilik sohasi mahsulotidan qanchalik
327
iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi bo‗yicha tushuntirish ishlarini olib borish maqsadga
muvofiq.
Adabiyotlar
1.
Крахотин Н.Ф. ―Ўзбекистонда асаларичилик‖ Т.:1991.
2.
Суяркулов Ш. ―Роль медоносных пчел в условиях интенсивного земледелия‖ (tadqiqotlar
natijalari).
Do'stlaringiz bilan baham: |