328
ortiq, bir mavsumda esa 150 000-200 000 ta tuxum qo‗yishi mumkin. Ona ari tuxumini mum
katakning tubiga dum tomoni bilan yopishtirib qo‗yadi, bosh tomoni esa bu vaqtda erkin holatda
turadi. Tuxum birinchi kun mum katakning devorlariga perpendikulyar holatda, ikkinchi kuni esa
biroz qiyalab turadi, uchinchi kuni esa mum katak tubiga yotadi. Tuxumdan chiqqan lichinka tashqi
tuzilishi bilan voyaga yetgan yetgan asalaridan farq qiladi. Lichinka tanasi bosh va 13 ta bir xil shaklda
tuzilgan halqadan iborat bo‗ladi. Lichinkaning tanasi rangsiz bo‗lib, umumiy tanasi yupqa xitin bilan
qoplangan. Tuxumdan chiqqan lichinka mum katak tagida xalqa shakliga o‗xshab yotadi va uzunligi
1,5 mm, og‘irligi esa 0,3 mg keladi. Lichinka tez xazm bo‗ladigan ozuqa va tarkibida sifatli oqsil,
yog‘, shakar, vitaminlar, mineral moddalar bilan boqilganda juda tez rivojlanadi. Lichinka to‗rt marta
tullaydi va tullash natijasida o‗sib 6-kunida tanasini birdaniga rostlab turadi. Bu vaqtda esa ishchi
asalarilar mum katakni gulchang va mumdan tayyorlangan qopqoq bilan yopib qo‗yadi. Shu davrdan
boshlab lichinka pilla devorini yasashni boshlaydi. Pilla tayyor bo‗lgandan keyin xarakatsizdek
ko‗rinadi lekin, tanasi bosh, ko‗krak va qorinchaga ajraladi. Boshida ikkita murakab va uchta oddiy
ko‗z, mo‗ylovchalar xosil bo‗ladi, ko‗krak qismida esa uch juft oyoqchalar va ikki juft yupqa, ensiz
plastinkaga o‗xshash qanotchalar paydo bo‗ladi. Asalari g‘umbagi deyarli voyaga yetgan asalariga
o‗xshaydi, tanasi kichikligi va qanotlari yozilmaganligi bilan farq qiladi. G‘umbaklik davrining oxirida
po‗stini tashlab yana bir bor tullaydi va yosh asalari chiqadi. Asalari po‗stini tashlagandan keyin
voyaga yetgan bosqichga o‗tadi. Bu bosqichda asalari o‗smaydi va uning tanasida xech qanday
o‗zgarish ham sodir bo‗lmaydi. Usti yopilgan mum katakni qopqog‘ini ustki jag‘i bilan kemirib
uyasini ustiga chiqadi. Bunday rivojlanish asalari oilasining barcha vakillarida ya‘ni ona ari, ishchi ari
va erkak arilarda bir xil bo‗ladi. Faqat ona ari alohida uyada tarbiyalanadi va ona asalarining tuxumlik
bosqichi 3 kun, lichinkalik bosqichi 5 kun, g‘umbaklik davri 8 kun, umumiy rivojlanish davri uchun
esa 16 kun kerak bo‗ladi. Ishchi asalarini voyaga yetish uchun esa tuxumlik bosqichi 3 kun, lichinkalik
bosqichi 7 kun, g‘umbaklik davri 14 kun, o‗rtacha umumiy 24 kun, erkak arilar uchun esa tuxumlik
bosqichi 3 kun, lichinkalik bosqichi 6 kun, g‘umbaklik davri 12 kun, o‗rtacha umumiy 21 kun kerak
bo‗ladi (1-jadval) [2].
Do'stlaringiz bilan baham: