328
sezilarli darajada kamayadi, quritishning harorati va tezligi ma’lum
miqdorgacha ortadi.
Birinchi davr (BC uchastka) quritishning doimiy tezligi bilan
harakterlanadi, bunda mahsulotning namligi to‘g‘ri chiziq qonuni bo‘yicha
tez kamayadi. (BS uchastkada deyarli to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega). Bu
davrda namlik mahsulotning ichki qatlamlaridan
yuzaga chiqadi va
bug‘langan namlik o‘rnini egallaydi. Birinchi davr kritik namlik W
kr
deb
ataluvchi namlikda tugaydi.
Ikkinchi davr (CD uchastka) quritish tezligining pasayishi bilan
harakterlanadi. Bu davrda namlikning mahsulot ichki qatlamlaridan
yuzaga
chiqishi, yuzaning namlik bilan to‘yinishi uchun yetarli emas.
Shuning uchun quritish tezligi kamayadi. Ikkinchi davrning oxirida
quritish egri chizig‘i muvozanatdagi W
r
ga yaqinlashadi va bunda
namlikning bug‘lanishi to‘xtaydi. Bu vaqtda
mahsulotning harorati
ko‘tariladi va u atrofdagi gazning haroratiga yaqinlashadi, mahsulotning
bunday namligida quritish tezligi shu nuqtada o‘tkazilgan burchak
tangensiga urinma tarzda ifodalanadi.
7.8.
Quritishda ishlatiladigan dastgohlar
Quritish dastgohlari haqida ma’lumot. Sanoatda xilma-xil turdagi
quritish uskunalari ishlatiladi. Quritgichlar bir-biridan turli belgilar bilan
farq qiladi. Nam mahsulotga issiqlik berish usuliga ko‘ra dastgohlar
konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bo‘linadi.
Issiqlik
tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug‘ ishlatilishi mumkin. Quritish
kamerasidagi bosimning qiymatiga ko‘ra atmosferali va vakuumli
quritgichlar bo‘ladi. Konvektiv quritgichlarda
mahsulot va qurituvchi
reagent bir – biriga nisbatan (quruq) to‘g‘ri, qarama-qarshi yoxud
perpendikulyar harakat qilishi kerak. Quritilishi lozim bo‘lgan mahsulot
donasimon, changga o‘xshash yoki suyuq holatda bo‘ladi. Jarayonni
tashkil qilish bo‘yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan dastgohlar bo‘ladi.
Qurituvchi reagentning bosimini hosil qilish
uchun tabiiy yoki majburiy
sirkulyatsiya ishlatiladi.
Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi:
ishlatilgan qurituvchi reagentni dastgohdan chiqarib yuborish, qurituvchi
reagentdan takror foydalanish, qurituvchi reagentni
quritish kameralariga
bo‘lib berish, qurituvchi reagentni quritish kamerasida qo‘shimcha
ravishda qizdirish, o‘zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq
329
havo va sovuq havoni mahsulot qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va
hokazo. Boyitish mahsulotlarini quritish uchun turli xil quritgichlar
ishlatiladi: barabanli, trubali
quritgichlar, qaynar qatlamli quritgichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: