Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

 
84- rasm. 
Vakuum-filtr taqsimlovchi kallagining tuzilish sxemasi 
1 –bo‘sh val; 2,3 – shaybalar; 4 – taqsimlovchi kallak; 5 – bolt; 
6 – prujina; 7 – quvur; 8,9,10,11,12 – patrubkalar. 
Aylanuvchi diskning har bir teshigi disk aylanganida birin-ketin 
qo‘zgalmas diskning teshiklari bilan ulanadi. Shuning uchun baraban bir 
marta aylanma harakat qilganida filtrlash jarayonining barcha bosqichlari 
bajariladi. Masalan, aylanuvchi diskning teshigi qo‘zgalmas diskning 
kattaroq bo‘lagi teshigi 3 ga to‘g‘ri kelganda baraban sektorlari vakuum 
nasos bilan ulanadi va filtrlangan suyuqlik maxsus idishga tushadi. 
Baraban aylanishi bilan qo‘zgaluvchan diskning teshiklari birin-
ketin qo‘zg‘almas diskning 4 va 5 teshiklariga to‘g‘ri kelganda baraban 
sektorlarining yuvuvchi suyuqlik manbalari bilan ulanib, cho‘kma 


326 
yuviladi. Keyin esa qo‘zgaluvchan diskning teshiklari 6 va 7 to‘g‘ri 
kelganda baraban sektorlari siqilgan havo trubalari bilan ulanib, cho‘kma 
quritiladi va filtr yuzasi odatda 5……40m

bo‘ladi. 
Bunday filtrlar og‘irlik kuchi ta’sirida sekin cho‘kuvchi bo‘tana 
tarkibidagi qattiq zarrachalarni ajratish uchun ishlatiladi. Bu filtrlarning 
quyidagi kamchiliklari bor: filtrlash yuzasi katta bo‘lgani uchun katta joyni 
egallaydi, dastgohning bahosi nisbatan qimmat turadi. 
 
 
7.7.
Quritish. 
Quritishning asosiy prinsiplari 
Quritishning nazariy asoslari. Mahsulot tarkibidagi namlikni harorat 
ostida bug‘latib yo‘qotish jarayoni quritish jarayoni deb ataladi. Quritishda 
mahsulot tarkibidagi zarrachalar bilan mexanik va fizik kimyoviy 
bog‘langan namlikni yo‘qotiladi. Quritish jarayoni massa almashish 
jarayoniga taalluqli bo‘ladi, chunki u issiqlik va namlikni mahsulot ichida 
harakatlanishi va ularning mahsulot yuzasidan atrof-muhitga uzatilishi 
bilan bog‘liq. 
Qurutish jarayoni foydali qazilmalarni boyitib, tayyor mahsulot 
olishning oxirgi bosqichi hisoblanadi [5]. 
Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda katta ahamiyatga 
egadir. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, 
ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, dastgohlar va trubalarning 
korroziyaga uchrashi kamayadi. 
Mis boyitmalarini kuydirish va eritishdan oldingi ruxsat berilgan 
namlik 5-7%, ko‘mir boyitmalariga 7-8 %, nometall mahsulotlar 
tarkibidagi (talk, grafit, kaliyli tuzlar) namlik 1-2% va h.k. Bunday 
namlikka yuqorida ko‘rib chiqilgan suvsizlantirish usullari (quyultirish, 
filtrlash) orqali erishib bo‘lmaydi va shuning uchun ular ko‘p hollarda 
harorat ostida quritiladi. 
Qurituvchi reagent sifatida tutundan hosil bo‘ladigan gazlar, 
qizdirilgan havo va qizdirilgan bug‘ ishlatilishi mumkin. Boyitish 
mahsulotlarini quritish uchun odatda yonilg‘i yonishidan hosil bo‘lgan 
tutunli gazlar ishlatiladi. 
Issiqlik tashuvchi reagentning quritilayotgan material bilan o‘zaro 
ta’sirlashuv usuliga ko‘ra quritishning quyidagi turlari mavjud: 
1.
Konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi reagent 
to‘g‘ridan –to‘g‘ri o‘zaro aralashadi. 


327 
2.
Kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam material 
o‘rtasida ularni ajratuvchi devor bo‘ladi, 
3.
Radiatsiyali quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi.
4.
Sublimatsiyali quritish – material muzlagan holda, yuqori 
vakuum ostida suvsizlantiriladi. 
5.
Dielektrik quritish-material yuqori chastotali tok maydonida 
quritiladi. 
Boyitish fabrikalarida konvektiv quritish keng tarqalgan usullardan 
biridir. 
Quritish, xalq xo‘jaligining tarmoqlarida: qora va rangli 
metallurgiyada, kimyo, energetika, yengil va boshqa ishlab chiqarish 
tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. 
Quritish tezligi. Quritish tezligi ma’lum vaqt oralig‘ida mahsulot 
tarkibidagi namlikning kamayishi bilan belgilanib, u mahsulot tarkibidagi 
namlikning bog‘lanish shakliga bog‘liq. Quritish tezligining o‘zgarishi 
kritik egri chizig‘i bilan xarakterlanadi va tajriba natijalari asosida tuziladi. 
Material namligi W ning vaqt davomi 

da havo parametrlari 
o‘zgarmas bo‘lganda olingan grafik bog‘liqligi, quritish egri chizig‘i deb 
yuritiladi. 
Quritish egri chizig‘i quritishning uchta davriga doir bir nechta 
maydonlardan tashkil topadi.

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish