MUNDARIJA:
Kirish 2
Texnologik qism 12
Mahsulotning nomenklaturasi 13
Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash 32
Sexning ish rejimi 39
Buyum turlari bo‘yicha sex mahsuldorligini hisoblash 40
Xomashyo va yarim fabrikatlarga sexning talabini aniqlash 41
Texnologik uskunalarni tanlash va asoslash 43
Iqtisodiy qism 51
Mehnat muhofazasi 57
Foydalanilgan adabiyotlar 74
Kirish
Gidravlik ohakni kuydirish harorati amalda 800 - 900°C dan 1000°C gacha bo'ladi.1100°C dan yuqori haroratda mahsulot so'nish qobiliyatini yo'qotadi.
Gidravlik ohak ishlab chiqarishda dolomitlashmagan va dolomit-lashgan ohaktoshlar qo'llaniladi. Dolomitiashgan ohaktoshlardagi MgCO3 miqdori 20% gacha boradi.Bunday ohaktoshlarni kuydirayotganda talaygina magniy oksidi hosil bo'ladi.Magniy oksidi esa kuydirish harorati 800 - 900°C dan ortishi bilan suvga nisbatan faolligini tobora kamaytirib boradi. Bunda magneziya sekin so'nadi va qotib qolgan betonda ham so'nishni davom ettirishi va oqibatda beton yorilib ketishi mumkin. Shuning uchun ham dolomitlashgan mergel ohaktoshlarni yuqorida ko'rsatilgani kabi 800-900°C dan oshmaydigan haroratda shaxta pech yoki aylanma pechlarda kuydirish kerak.
Shaxta pech turida ishlatiladigan ohaktoshlar kimyoviy tarkibiga qarab tanlanadi.Ohaktoshlar dolomitlashmagan bo'lsa, xomashyo bilan yoqilg'i aralash solinadigan pechlar ishlatiladi.Dolomitlashgan ohaktoshlar esa yoqilg'i batamom yongandan keyin o'txonasi tashqariga chiqarilgan pechlarda yoki ancha tejamli nim gaz pechlarda kuydirilgani ma'qui.Aks holda, magniy oksidi kuyib ketadi.
Tuyilgan so'ndirilmagan ohak olishda dolomitlashmagan ohaktoshlarni xomashyo bilan yoqilg'i aralash solingan pechlarda kuydirilgani yaxshi. Chunki mayda tuyilgan holdagi yoqilg'i kuli ohakning gidravlik xossalarini oshiradi.
Aylanma pechlar ishlab chiqarishning bu sohasida kam ishlatiladi. Chunki yoqilg'i sifatida ko'mir changini ishlatishga, ko'mir chang tayyorlashni tashkil etish uchun ko'p mablag' sarflashga, shuningdek, kuydirish uchun ancha ko'p, ya'ni shaxta pechlarida kuydirilayotgan vaqtdagi 12 - 15% o'rniga ohak og'iriligiga nisbatan 20% gacha shartli yoqilg'i sarflashga to'g'ri keladi. Shunga qaramasdan, boshqa bir qator ko'rsatkichlari, jumladan, sermehnatliligi jihatidan shaxta pechlarga qaraganda ancha tejamli kalta aylanma pechlar ishlatiladi.
Gidravlik ohak kuydirishda shaxta va aylanma pechlarning ish unumi, taxminan, havoda qotadigan ohakni kuydirish pechlarining ish unumidek bo'ladi.
Pechdan olinayotgan kuydirish mahsuloti (so'ndirilmagan gidravlik kesak ohak deb yuritiladi) hali bog`lovchi material hisoblanmaydi va qorishma hamda beton ishlashida undan foydalanib bo'lmaydi. Bog'lovchi modda hosil qilish uchun so'ndirilmagan kesak ohak bo'laklari mayda tuyilishi kerak.
Gidravlik kesak ohak ikki usulda, ya'ni mexanik yo`l bilan, zo'ldirli tegirmonlarda so'ndirish yo`li bilan tuyilishi mumkin.Birinchi usulda tuyganda so'ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohak (u qo'llanib kelinayotgan standart bo'yicha tuyilgan so'ndirilmagan ohak deyiladi), ikkinchi usulda tuyganda esa kukun holigacha so'ndirilgan gidravlik ohak olinadi.
10 - 20 mm gacha bir sidra maydalab olingan kuydirilgan kesak ohak shar tegirmonlarining sarflash bunkeriga uzatiladi.Bunkerdan ta'minlagich yordamida shar tegirmoniga keragicha solib turiladi.Maydalangan mahsulot yirik donalarini ayirib tashlash uchun separatorga yuboriladi.Yirik donalari qayta tuyishga, mayda donalari esa tayyor mahsulot omboriga yuboriladi.
Tuyilgan so'ndirilmagan gidravlik ohak germetik berk metall konteynerlarda yoki bitumlashtirilgan qog'oz qoplarda tashiladi.Idishsiz jo'natishda esa maxsus jihozlangan sement tashigich mashinalardan foydalaniladi.
Kukun holigacha so'ndirilgan gidravlik ohak tayyorlash texnologiyasidan ko'rinib turibdiki, yuqorida bayon etilgan texno-logiyadan tubdan farq qiladi.
Gidravlik ohak ham havoda qotadigan ohak singari qimmatli xossaga ega:
unga suv ta'sir qilganida, nihoyatda mayda kukunga aylanib ketadi. Biroq gidravlik ohak tarkibiga kirgan erkin kalsiy oksidigina so'nish qobiliyatiga ega bo'ladi. Uning gil oksidlari bilan o'zaro ta'sir etishish mahsulotlari, ya'ni kalsiy silikatlari, alyuminatlari va ferritlari so'nish qobiliyatiga ega bo'lmaydi. So'ndirilayotganda ular nisbatan yirik va amalda suvga nisbatan mo'rt, so'nmagan zarralar holida qoladi. Ayni vaqtda xuddi ana shu birikmalar mayda tuyilganida ohakka gidravlik xossalar beradi.Shuni nazarda tutib, so'nmagan donalari elanadi, shar tegirmonlarida maydalanadi.So'ngra so'ndirilmagan ohak kukuni bilan aralashtiriladi.Bu usulda ishlab chiqarish jarayoni quyidagi tartibda o'tadi.
Kuydirilgan kesak ohak dastlab 10-20 mm gacha o'lchamda maydalanadi. Kesak ohak maydalashdan oldin bir necha kun (3-5) omborda ushlab turilgani ma'qul. Shunda u havodagi nam ta'siridan qisman so'nadi, natijada navbatdagi texnologik jarayonlarni bajarish osonlashadi.
Maydalangan mahsulot so'ndirgich apparatga yuboriladi.Shu maqsadda odatdagi so'ndirgich shnek qo'llaniladi.So'ndirgich shnekka suv yuborib turiladi.Ohakni kukun holigacha so'ndirish uchun zarur boigan suv miqdori ohakdagi erkin CaO miqdoriga bog'liq.Kalsiy oksidi ohak og'irligining 15-25 foiz miqdorida bo'lishi kerak.Suv minimal nam so'ndirilgan mahsulot hosil bo'ladigan miqdorda quyilishi zarur.Aks holda gidravlik birikmalar ortiqcha quyilgan suv bilan barvaqt o'zaro ta'sir etishib, qisman gidratatsiyalanadi, natijada sifati pasayadi.
So'ndirgich shnekda ohak batamom so'nmaydi. Ohak undan so'ndirgich siloslarga yuboriladi va bu yerda batamom so'ndiriladi. Gidravlik ohak sekin so'nadigan modda bo`lgani uchun ko'pincha 10-15 kungacha siloslarda saqlanadi. Issiq suvni ishlatish so'ndirish jarayonini ancha yaxshilaydi.Shu maqsadda so'ndirgich shnekda ohak bug' bilan namlanadi.Silosdagi massaning isishiga ohak gidrattatsiyalanayotgan vaqtda ajralib chiqadigan issiq ham yaxshi yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |