Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

Kollektiv boyitmaning past haroratli oksidlovchi kuydirishidan (260–
330 °C da) so‘ng mis sulfidlari va piritni tazyiqlab, molibdenitni 
flotatsiyalash
. Kuydirish jarayonida mis va temir sulfidlari yuzasi 
oksidlanadi, yuzaning o‘zi oksidlanmasdan barcha sulfidlarda yig‘uvchilar 
plyonkasi (shu jumladan, molibdenit yuzasidagi apolyar reagent plyonkasi 
ham) yemiriladi. Kuydirishdan so‘ng boyitmani repulpatsiyalanadi va 
molibdenitni neytral moylar yordamida flotatsiyalanadi. 
Mis va temir sulfidlarini natriy gidrosulfidi NaHS, ammoniy sulfidi 
(NH
4
)
2
S yoki mustaqil holda qo‘llaniladigan ammoniy gidrosulfidi NH
4
HS 
yoki bug‘lamasdan Na
2
S bilan NaHS ni NaHS va (NH
4
)
2
S bilan birgalikda 
qo‘llagan holda tazyiqlash va molibdenitni flotatsiyalash
. Masalan, 
«Brenda» (Kanada) fabrikasida mis-molibdenli boyitma natriy gidrosulfidi 
yordamida (10 kg/t kollektiv boyitma uchun), «Gibraltar» (Kanada) 
fabrikasida esa – ammoniy sulfidi (4 kg/t) va natriy gidrosulfidi (8 kg/t) 
yordamida ajratiladi. Natriy gidrosulfidi «Mishi» va «Aylend» (Kanada) 
fabrikalarida ham qo‘llaniladi. 
«Nouks» reagenti bilan mis va temir sulfidlarini tazyiqlash va 
molibdenitni flotatsiyalash. Kollektiv boyitmani ajratish pH 8,0–10,5 da va 
5–8 kg/t kollektiv boyitma uchun «Nouks» reagentini sarflashda amalga 
oshiriladi. Ushbu reagentni natriy sulfidi bilan birgalikda qo‘llash mumkin. 
«Nouks» reagentini qo‘llash bilan mis-molibdenli boyitmani ajratish 
«Pima», «El-Salvador», «PintoVelli» (AQSh) va boshqa fabrikalarda 
amalga oshiriladi. 
«Animol D» reagenti bilan mis va temir sulfidlarini tazyiqlash

Reagent sarfi 6–8 kg/t kollektiv boyitmani tashkil etadi. Bu 


181 
«Chukikamata» (Chili) fabrikasida qo‘llaniladi. «Animol D» reagenti 
natriy sianidi bilan birgalikda «Lorneks» (Kanada) fabrikasida mis-
molibdenli boyitmani ajratishda qo‘llaniladi. 
Rux sulfati bilan birgalikda kuchsiz ishqorli muhitda ferrisianidlar 
(1,0–1,5 kg/t) bilan yoki natriy sianidi (0,5 kg/t ga yaqin) bilan mis va 
temir sulfidlarini tazyiqlash va molibdenitni flotatsiyalash.
Bu usul 
«Morensi» (AQSh), «Gaspe» (Kanada) fabrikalarida qo‘llaniladi. 
Oksidlovchilar – vodorod peroksidi (0,5–1,0 kg/t), natriy gipoxloridi 
(2 kg/t ga yaqin) yordamida mis va temir sulfidlarini tazyiqlash va 
molibdenitni flotatsiyalash
. Bu oksidlovchilar «San-Manuel» (AQSh) 
fabrikasida qo‘llaniladi. 
Organik kolloidlar (kraxmal, dekstrin) bilan molibdenitni tazyiqlash 
va mis sulfidlarini flotatsiyalash
. Ushbu usul «Magna», «Artur» va 
«Silver-Bell» (AQSh) fabrikalarida qo‘llaniladi. Kollektiv boyitma mis 
sulfidlarini flotatsiyalashdan oldin slivga apolyar reagentlarni chiqarib 
yuborish uchun quyultiriladi, chunki ortiqchasi va ularning molibdenit 
yuzasida so‘rilgan bo‘lishi uni kraxmal yoki dekstrin bilan tazyiqlanishini 
qiyinlashtiradi. So‘ngra kollektiv boyitma toza suv bilan 20 % 
qattiqlikkacha suyultiriladi; bo‘tanaga 600–900 g/t kraxmal yoki dekstrin 
(10 % eritma ko‘rinishida) qo‘shiladi va piritni tazyiqlash uchun oxakli 
muhitda mis boyitmaga (pH 11,5–12,0) flotatsiyalanadi. Mis boyitmasi 
oxak va dekstrin (yoki kraxmal) qo‘shish bilan qayta tozalanadi. Mis 
flotatsiyasi chiqindilari suvsizlantiriladi va dekstrin plyonkasi yemirilishi 
uchun 300 °C da kuydiriladi, undan so‘ng molibdenit apolyar moy va 
ko‘pik hosil qiluvchilar bilan flotatsiyalanadi. Molibden boyitmasini mis 
sulfidlaridan tozalash uchun qayta tozalash jarayonlariga sianidlar (500–
700 g/t boyitma uchun) beriladi. 
Moddaviy tarkibi bo‘yicha juda murakkab bo‘lgan mis-molibdenli 
boyitmalarni ajratish uchun 2-3 ta va undan ortiq yuqorida sanab o‘tilgan 
usullar birikmasi qo‘llaniladi. 
Yuqori sifatli molibden boyitmalarni olish uchun qayta tozalash 
jarayonlarining soni ruda turiga bog‘liq holda 5 dan 14 gacha o‘zgarib 
turadi. Qayta tozalashlar oxirigacha yanchish, termik ishlov berish va shu 
kabi boshqa texnologik jarayonlar bilan birga qo‘shib olib boriladi. Agar 
dastlabki ruda flotatsiyasi zich bo‘tanada (qattiqlikning 40–45 % gacha 
miqdorida) olib borilsa, unda qayta tozalash flotatsiyasi – zichligi uzluksiz 
kamayadigan suyultirilgan bo‘tanada olib boriladi; oxirgi qayta 
tozalashlarda qattiqlik miqdori 3–5 % ga yetishi mumkin. Qayta tozalash 
jarayonlarining ko‘p sonida jarayonda mahsulotlarning ancha qismi 


182 
aylanadi, bunda molibdenning bir qismi yo‘qoladi. Oxirgi molibden 
boyitmasida molibdenning ajralishi 45 dan 86 % gachani tashkil etadi. 
Agar mahsulotlar aylanishi yuqori sifatli molibden boyitmasi olishni 
qiyinlashtirsa, unda gidrometallurgik qayta ishlashga yuboriladigan past 
sifatli oraliq mahsuloti ko‘rinishida molibdenning bir qismini chiqarib 
olinadigan flotatsiyaning ochiq sxemalari qo‘llaniladi. Ko‘pincha oraliq 
mahsuloti xomaki molibden boyitmasini birinchi qayta tozalashdan so‘ng 
yoki nazorat flotatsiyasi boyitmasini qayta tozalashdan so‘ng chiqariladi. 
Molibden va zararli qo‘shimchalar miqdori bo‘yicha konditsiyali 
molibden boyitmasini olish mumkin bo‘lmaganda boyitmani maromiga 
yetkazish sikliga past haroratli kuydirish va tanlab eritmaga o‘tkazish kabi 
jarayonlar kiritiladi. Ba’zan («Magna» va «Artur» fabrikalari, AQSh) 
kuydirishdan so‘ng avval jinslar minerallarini, so‘ngra molibdenitni 
flotatsiyalash amalga oshiriladi. 
Kuydirish – molibden boyitmalarining kuydirishda yonib ketadigan 
amorfli ko‘mir (shungit) bilan yoki oddiy ko‘mir bilan ifloslanganda uning 
sifatini oshirishning samarali usulidir. Kuydirishni juda yuqori haroratda 
ham amalga oshirish mumkin. Bu holatda molibdenit molibden uch 
oksidiga o‘tadi va uning boyitmadagi miqdori ortadi; molibden 
boyitmasida mavjud bo‘lgan mis minerallari oksidlanadi, so‘ngra esa 
sulfat kislota bilan yoki natriy sianidi bilan tanlab eritmaga o‘tkaziladi. 
«Chukikamata» (Chili) fabrikasida natriy sianidining 900 g/t sarfida 
molibden boyitmasidan misni sianli tanlab eritmaga o‘tkazish olib boriladi. 
Oxirgi vaqtda molibden boyitmalarini xlorli va ammiakli tanlab eritmaga 
o‘tkazish qo‘llanilmoqda. «Brenda» (Kanada) fabrikasida qo‘llaniladigan 
qizdirish bilan xlorli tanlab eritmaga o‘tkazishda molibden boyitmasida 
mis va qo‘rg‘oshinning miqdori, mos ravishda 0,07 va 0,05 % ga 
kamayadi. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish