5-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yigirirish fabrikalari. Titish tozalash, mashinalari va ularning ish unumdorligini hisoblash. Nazariy ma’lumot. Yigirish



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#631591
  1   2   3
Bog'liq
5-Amaliy mashg\'ulot



5-Amaliy mashg’ulot. 
Mavzu: Yigirirish fabrikalari. Titish tozalash, mashinalari va ularning ish 
unumdorligini hisoblash. 
Nazariy ma’lumot. 
Yigirish
— tolali oʻsimlik (jut, zigʻir, kanop, paxta), jun va ipak tolalaridan, 
kimyoviy tolalardan har xil yoʻgʻonlikka hamda turli fizikaviy xossalarga ega 
boʻlgan iplar tayyorlash jarayoni. Yigirish qoʻlda va mashinalarda amalga 
oshiriladi. Qoʻlda yigirish soʻnggi neolit davridan maʼlum. Keyinchalik jahondagi 
deyarli barcha xalqlar orasida keng tarqaldi. Paxta tolasidan ip yigirish dastlab 
Hindistonda maʼlum boʻlgan. Oʻrta Osiyoda paxta ekib, ip yigirish va gazlama 
toʻqish milod boshidayoq rusm boʻlgan edi. Qoʻlda yigirishning eng oddiy usuli 
barmoklar yordamida tolalardan pilik tayyorlab va uni osilgan holatda ushlab 
kaftlar orasida asta-sekin ingichkalashtirishdan iborat boʻlgan. Keyinchalik dugli 
urchuq paydo boʻldi va ip tayyorlash ancha osonlashdi. Oʻzbekistonda qadimiy . 
urchu qancha takomillashtirilib, gʻildirakli charx yasaldi.
Yigirish quyidagi rivojlanish bosqichlarini bosib о‘tgan: 
-qо‘lda aylantiriladigan urchuqda ip olish; 
-osma urchuqda ip olish; 
-g‘ildirakli charxda ip olish. 
Yuqoridagi usullar yordamida Osio va qadimgi Misrda paxtadan Ovrо‘pada 
esa jun va zig‘ir tolalaridan ip yigirilgan (5.1-rasm). 
5.1-rasm. Qo’l urchuqlari. 
a
-Peru,б - Misr,
в 
- Italiya, 
г
- Rossiya, 
д
- Afrika urchuqlari.
 
 


 
5.2-rasm. Dastlabgi yigirish mashinalari. 
a
) G’ildirakli charx
b
) Davriy ishlaydigan yigirish mashinasi 
Paxta va kimyoviy tolalarga va ularning aralashmalariga ishlov berishda, 
turli mashinalar qо‘llanilib, mashinada terilgan paxtaning ifloslanish darajasi 
ortishi bilan uni titadigan, aralashtiradigan, tozalaydigan mashinalarning soni va 
quvvati ortib, agregatni tashkil etadi. 
Bunday agregatlar paxtani titib, aralashtirib, xas-chо‘plar va nuqsonlardan 
tozalab, tozalangan paxtadan ma’lum chiziqiy zichlikka, og‘irlik va uzunlikka 
ega bо‘lgan tarash piltasi ishlashga mо‘ljallangan. 
Tolalarni titish, aralashtirish va tozalash uzluksiz avtomat ravishda 
kechadi. Kimyoviy tolalarni ularning paxta bilan aralashmalarini titadigan 
mashinalarning ayrim ishchi qismlari о‘zgargan bо‘lib, odatdagidan biroz 
farqlanadi. 
Blendomat BO-A avtotitkichidagi ikkita tituvchi valikning har biri faqat 
bitta yo’nalishda ishlaydigan tishlar bilan jihozlangan (5.3-rasm). 
5.3-rasm. Blendomat BO-A avtotitkichi sxemasi. 
Ishchi valiklar minoraning harakat yo’nalishiga qarab, navbatma navbat 
ishlaydi. Minora chapdan o’ngga harakatlanganda o’ng valik, minora o’ngdan 
chapga harakatanganda chap valik ishlashi 5.4-rasmda ko’rsatilgan. 


5.4-rasm. Minora harakatiga mos ravishda tituvchi valiklar ishlashi. 
Titilganlik darajasi bir xilligini ta’minlash maqsadida minorada bosuvchi 
valiklar va orasida tituvchi valik tishlari harakatlanadigan panjara o’rnatilgan. 
Bosuvchi valiklar panjara bilan birgalikda toydan katta bo’laklar ajralishining 
oldini oladi va tituvchi valik tishlari toydan ajratib oladigan bo’lakchalar 
massasining bir xilligi ta’minlanadi. 
Titish jarayoni va o’timidagi yangiliklardan biri bitta avtotoytitkich to’rtta 
assortimentdagi mahsulot ishlab chiqarishga tola yetkazib berishi hisoblanadi 
(5.5-rasm). 
5.5-rasm. Avtotitkichning to’rtta assortimentda ishlashi 
Bundan tashqari avtotitkich minorasi stavkadagi toylar sathi har xiligiga 
mos ravishda harakatlanishi (5.6-rasm) natijasida titilganlik darajasi bir xilligi 
ta’minlanadi. 
Shunday qilib, titish jarayoni va uskunalar bo’yicha yangiliklar shulardan 
iborat. 
Yuqori tezlikda ishlayotgan aralashtiruvchi mashina uzatuvchi 
mexanizm funksiyasi maxsus sistema yordamida nazorat etiladi (5.6-rasm, b). 
Uning yordamida A va B qatlamlarda komponentlar retsepdagidek (50x50%) 
bo’lishi ko’rsatilgan. Riter firmasining A81 UNIblend aralashtiruvchi 
mashinasi aynan shu prinsipda ishlaydi va uning avvalgilaridan ustunligi ham 
shundadir . Mazkur aralashtiruvchi mashina asosan noturdosh tolalar (tabiiy va 
kimyoviy) ni aralashtirishda qo’llaniladi. Unda aralashtirishda sodir bo’luvchi 
saralanishdek salbiy hodisaning oldini olish maqsadida har bir kompanent (to’rt 
xil) alohida patrubkadan ta’minlanib, har biri bo’yicha ravon qatlam 
shakllantirish qo’llanilgan va ijobiy natijaga erishilgan. 


5.6-rasm. A81 UNIblend aralashtirish mashinasi. 
To’qimachilik mashinasozligi bo’yicha dunyoda etakchi hisoblangan Riter 
va Tryuchler firmalari aralashtirish mashinalarida qo’llanilayotgan yangiliklarni 
aralashtirish usuli, aralashtirish zonalari, universalligi moslashuvchanligi, 
samaradorligi hamda qo’shimcha jarayonlarning amalga oshishi nuqtai nazardan 
tahlil qilish mumkin. Har ikkala firmalarda yaratilgan va korxonalarda o’rnatilgan 
aralashtiruvchi mashinalar ko’p bunkerli bo’lib, kameralar soni kamida oltita
ko’pi bilan esa o’ntagacha bo’ladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bunkerlarda tola 
bo’laklari tasodifiy ravishda, so’ngra uyushgan yoki tasodifiy usullarda 
aralashadi. Birinchi holda oltida bunkerdan tushayotgan tolaviy bo’lakchalar 
harakatlanayotgan uzatuvchi tranportyorga oltita qatlam ko’rinishida ustma-ust 
to’shaladi va ikkita uzluksiz yenglar orasida biroz yig’ilib, keyingi mashinaga 
muntazam uzatiladi. Universal aralashtiruvchi MX-U mashinada bunkerlardan 
tushayotgan tolaviy bo’lakchalar havo yordamida keyingi mashinaga 
transportirovka qilinadi. Bu erda tolaviy qatlamlar hosil qilinmaydi. 
Shuning uchun aralashtirish jarayoni tasodifiy usulda amalga oshadi deb 
hisoblanadi. 


5.7-rasm. Tryuchler firmasining MX-1 aralashtiruvchi mashinasi 
Ma’lumki, titish-tozalash 
agregatining titkichlardan keying mashinasi 
dastabki tozalash mashinasidir. Uning sirti odatda qoziq, pichoq, tishli disk va 
shtiftlar bilan jihozlangan bo’lib, bir (V12, Riter) yoki ikki barabanli
(B390L, Marsoli; CL-P, Tryuchler) 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish