Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari


Mis-molibdenli boyitmalarni ajratish usullari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

Mis-molibdenli boyitmalarni ajratish usullari.
Hozirgi vaqtda sanaot amaliyotida kollektiv mis-molibdenli 
boyitmalarni ajratishning quyidagi usullari keng qo‘llaniladi. 
Natriy sulfidili muhitda bug‘latish
. Natriy sulfidi (3–5 kg/t kollektiv 
boyitma uchun) qayta tozalash jarayonlariga beriladi, qayta tozalash 
chiqindilari esa asosiy molibden flotatsiyasining boshlanishiga tushadi, bu 


179 
reagentlarni flotatsiyaning butun maydoni bo‘ylab tushishini ta’minlaydi. 
Molibdenitning «bug‘li» flotatsiyalash sharoitlarida mis sulfidlari va pirit 
tazyiqlanadi. Jarayonning 80–90 °C harorati bevosita flotatsiya 
mashinalarida «kuchli» bug‘ bilan hosil qilinadi. 
Aniqlanishicha, bo‘tanani 80–90 °C gacha qizdirishda molibdenitdan 
(va povellitdan) tashqari barcha sulfidlardan yig‘uvchi reagentni natriy 
sulfidi bilan desorbsiyalanishi keskin kuchayadi. Bu natriy sulfidining juda 
sekin oksidlanishi (parchalanishi) bilan izohlanadi, chunki «bug‘li» 
flotatsiyalash sharoitlarida bo‘tanaga kislorod kirishi kamayadi (bug‘da 
atmosferadagiga qaraganda kam kislorod mavjud) va oltingugurtli va 
gidrooltingugurtli ionlarning (yig‘uvchini desorbentlari hisoblanmaydigan 
SO4
2-
ionlargacha) oksidlanishi ham pasayadi. 
Bo‘tana qizdirilganda uning suyuq fazasida gazlarning eruvchanligi 
kamayadi. Shuning uchun ular mikropufakchalar ko‘rinishida ajraladi va 
birinchi navbatda, eng gidrofobli mineral bo‘lganligi uchun molibdenitga 
yopishadi, bu uning eng mayda zarralarini ham flotatsiyalanuvchanligini 
yaxshilaydi. Eritmadan ajraladigan gazlar miqdorini oshirish uchun 
bo‘tanaga natriy bikarbonati NaHCO
3
(150–200 g/t ga yaqin) qo‘shiladi, 
bu yuqori haroratda karbonat angidrid gazi ajralishi bilan parchalanadi. 
«Bug‘li» flotatsiyadan foydalanish natriy sulfidining sarfini 5-6 
martaga 
kamaytirish 
va 
selektiv 
flotatsiyalashning 
texnologik 
ko‘rsatkichlarini ancha oshirish imkonini berdi. Ushbu usul boyitish 
fabrikalarida kollektiv mis-molibdenli boyitmalarni ajratishda keng 
qo‘llaniladi. Balxash boyitish fabrikasida 18 % Cu va 0,1–0,15 % Mo 
miqdorli kollektiv boyitmadan molibdenning ajralishi 60 % ga yaqin 
konditsiyali molibden boyitmasi olinadi. 
Mis-molibdenli boyitmalarni ajratishda reagentlar sarfi quyidagini 
tashkil etadi, g/t kollektiv boyitma uchun: 150 kalsinatsiyalangan soda 
(asosiy va nazorat flotatsiyalariga); 312 kerosin; 2700–3000 natriy sulfidi 
(asosiy, nazorat va I hamda III qayta tozalash flotatsiyalariga); 250 suyuq 
shisha (asosiy, I hamda III qayta tozalash flotatsiyasiga). 
Quyuq bo‘tanada (55–65 % qattiqlikda) oxakli muhitda kollektiv 
boyitmani oksidlovchi bug‘lashdan (40–60 daq. davomida) so‘ng mis 
sulfidlari va piritni tazyiqlab, molibdenitni flotatsiyalash
. Bug‘lashni 
jadallashtirish uchun jarayonga ba’zan qo‘shimcha havo beriladi. Oxakli 
muhitda bug‘lash mis sulfidlari va pirit yuzasidan yig‘uvchining 
plyonkalarini yemirishga va olib tashlashga hamda ushbu sulfidlar 
yuzasini oksidlanishiga yordam beradi. 


180 
Olmaliq boyitish fabrikasida bug‘lash erkin CaO (800–1 000 g/m
3

qo‘shilgan holda 70–80 °C haroratda kontakt chanlarida “kuchli” bug‘ 
bilan amalga oshirilgan. Bug‘lashdan so‘ng bo‘tana toza suv bilan 20–27 
% qattiqlikkacha suyultirish uchun alohida changa tushdi. Shunda erkin 
CaO miqdori 200–300 g/m
3
gacha kamayadi. 
Molibdenit neytral moylar (kerosin yoki urchuq (vereten) moyi va b.) 
bilan flotatsiyalanadi, ular bug‘lashdan oldin asosiy flotatsiyaga va I 
hamda V qayta tozalash jarayonlariga beriladi. Natriy sulfidi ham (3–5 
kg/t boyitma uchun) flotatsiyaning turli jarayonlariga beriladi. Flotatsiya 
jarayoniga xuddi shunday miqdorda suyuq shisha qo‘shiladi. Mis sulfidlari 
va piritni qo‘shimcha tazyiqlash uchun ba’zida sianidlar qo‘shiladi. 
Agar kollektiv boyitmada molibdenning miqdori 0,1 % atrofida 
bo‘lsa, selektiv flotatsiyalashdan so‘ng u tayyor molibden boyitmasida 40 
% dan past bo‘lmaydi. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish