3.23. Ruxli rudalarini flotatsiya usulida boyitish
Rux – D.I.Mendeleev davriy jadvalining II guruhiga kiruvchi
kimyoviy element bo‘lib, uning atom nomeri 30, nisbiy atom massasi 65,3
ga teng. Geksogonal kristall panjaraga ega. Ruxning zichligi 7,1 g/sm
3
.
184
Ruxning o‘rtacha tarkibi yer yuzasida 8,3∙10
-3
%. Cu-Zn qotishmasi
hisoblangan latun qadimdan insoniyatga ma‘lum. Metall holdagi rux
birinchi marta 1746 yili Angliyada olingan.
Rux faol metall va yaxshi tiklovchi, uning oksidlab-tiklovchi
potentsiali 0,76 V. erish harorati 419,5
o
C, qaynash harorati 906
o
C.
Ruxning qattiqligi Moos shkalasida 2,5-2,9 ga teng.
Tabiatda rux faqat turli xil minerallarda birikma holida uchraydi va
erkin holda uchramaydi. Rux 100-150
o
C haroratda egiluvchan va
cho‘ziluvchan xususiyatga ega bo‘ladi, 200
o
C dan yuqori haroratda esa
mo‘rtlashadi va diamagnitli xususiyatga o‘tadi. Ruxning qo‘rg‘oshin yoki
mishyak bilan ifloslanishi uning mo‘rtlashishga olib keladi.
Ruxning juda ko‘p qotishmalari aniqlangan: Al, Cu, Sn, Mg, Ca, Ni,
Pb, Cd, Fe, Ag, Hg, Au, Pt, W va boshqa metallar bilan.
Havoda 100
o
C haroratda karbonatli qobiq bilan qoplanadi va
rangsizlashadi.
Nam havoda uglerodli gazlar ishtirokida rux asosiy karbonatlar
hosil qilib, odatdagi haroratda ham parchalanadi. Kuchli kislotali
minerallari ruxni tuzlar hosil qilgan holda yaxshi eritadi.
Rux III analitik guruhga kirib, kationlari qiyin eriydigan sulfidlar
hosil qiladi. Rux sulfidi boshqa III guruh elementlariga nisbatan
(Al,Fe,Co,Ni) aytarli drajada qiyin eriydi.
Jahon miqyosida olinayotgan ruxni qariyib 40% ruxlantirishga,
ya‘ni ruxni yupqa qatlam qilib (10 – 50 mkm) temir va uning qotishmalari
yuzasiga atmosfera korroziyasini oldini olish maqsadida qoplashga
sarflanadi.
O‘zining
yaxshi
quyma
olish
va
past
haroratda
erish
xususiyatlaridan kelib chiqib, rux turli xil, asosan alyuminiy, mis, magniy
bilan qotishmalar tayyorlashda keng ishlatiladi. Bu qotishmalar o‘ta baland
bo‘lmagan erish harorati, yaxshi oquvchanligi, bosim ostida oson ishlov
beriluvchanligi,
payvandlanuvchanligi
bilan
ajralib
turadi.
Rux
qo‘rg‘oshinni nodir metallardan tozalashda ishlatiladi, kimyo-metallurgiya
jarayonlarida tiklovchi sifatida qo‘llaniladi. Uning birikmalari juda muhim
yarimo‘tkazgichli material va lyuminofora hisoblanadi. Metalli rux
kumushni qo‘rg‘oshinli kumushdan ajratib olishda va galvanik elementlar
tayyorlashda qo‘llaniladi.
Eng ko‘p ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga Kanada, AQSH,
Avstraliya, Peru, Yaponiya va Meksika kiradi.
185
Tabiatda tarkibida rux bo‘lgan 66 ta minerallar aniqlangan, biroq
uning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan minerallari bu – sulfidli rudalarda
sfalerit, oksidli rudalarda esa smitsonit va kalamindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |