Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet55/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

52





Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan siymolardan biri, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441—1501). Uning otasi G‘iyosiddin kichkina Shahri- sabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hi- rotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472- yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi, xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p ishlar qildi.


Navoiy ijodi boy bo'lib, asarlari turli mavzularga bag‘ishlangan. «Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr», «Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar.

Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo'lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan. Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o‘xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil in- son g‘oyasi muhim o‘rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu- lik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go‘zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qim- matli fikrlari, nasihatomuz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

0‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlaridan biri Ka- moliddin Husayn Voiz Koshifiy (taxm. 1440/1450 — 1505-yillarda yashagan) bo'lib, 0‘rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivo- jiga hissa qo‘shgan. Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi, keyinchalik Abdurahmon Jomiyning taklifi bilan Xirotga ko‘chib keladi. U qolgan umrini Hirotda o‘tkazadi va shu yerda vafot etadi. Olimning muhim risolalari «Axloqi muxsiniy» «Futuvvatnomayi sultoniy», «Anvari Suxayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotami- ya» va boshqalardir. Koshifly katta olim va mudarris bo‘lib yetisha- di, butun umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga bag‘ishlaydi. U



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish