1-jadval
O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish konsepsiyasi
Bosqichlar Yo‘nalishlar
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
1-pog‘ona
Institutlarning
amal qilishi
Respublika iqtisodiyotida bazaviy shart-sharoitlarni yaratish
maqsadida jamoat, siyosiy va iqtisodiy institutlarning samarali
ishlashi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o‘zgarmas soliq stavkalari va oddiy soliqqa tortish tartibi;
- korxonalar innovatsiya faoliyatini imtiyozli soliqqa tortish;
- mulk huquqini muhofaza qilish;
- investorlar huquqini himoyalash;
- intellektual mulkni himoya qilish;
- eksportni qo‘llab-quvvatlash;
- sifatli bank xizmati;
- hukumatning barqaror siyosati va hokazolar.
2-pog‘ona
Sifatli ta’lim
Aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun sifatli
ta’lim tizimini ta’minlash quyidagilar orqali tadqiqotlarga
sharoitlar yaratadi:
- ta’limga yuqori xarajatlar;
- zamonaviy ta’lim standartlari;
- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- malaka oshirish va xususiy ta’lim markazlarini
rag‘batlantirish;
- texnik mutaxassislar va muhandislarni ko‘proq tayyorlash.
169
3-pog‘ona
Tadbirkorlik
madaniyati
Aholi, olimlar va tadqiqotchilar orasida quyidagilar orqali
tadbirkorlik madaniyatini oshirish:
-
innovatorlarning
tadbirkorlik
tashabbusini
amalga
oshirishlarini qo‘llab-quvvatlash;
- olimlar va tadqiqotchilarning tadbirkorlik bilan bandligini
ta’minlash;
- biznes yuritishda huquqbuzarliklar uchun qonuniy
javobgarlikning yumshoqligini ta’minlash;
- aholi o‘rtasida tadbirkorlik va innovatsiya jarayonlarini faol
targ‘ib qilish.
4-pog‘ona
Rivojlangan
infratuzilma
Tadbirkorlik faoliyatini yuritishni yengillashtirish uchun
rivojlangan infratuzilmani yaratish:
– yuqori tezlikdagi Internet va aloqadan foydalanish;
– muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining elektr
ta’minoti, gaz ta’minoti, texnik va ichimlik suv ta’minoti
uzluksizligini ta’minlash;
– avto va temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish;
– sifatli logistika xizmatlari.
5-pog‘ona
Rivojlangan
bozorlar
Quyidagi imkoniyatlar mavjud ichki raqobat rivojlangan
bozor:
- kreditlar va venchur moliyasidan foydalanish;
- bozorda innovatsion ishlanmalarni kommersiyalash;
- iqtisodiyotda klasterlar rivojlangani;
- yaxshi rivojlangan mehnat bozori;
- ko‘chmas mulk va tijorat binolari ijarasi rivojlangani;
- valyuta va fond bozorining ishlashi.
Dastlabki beshta pog‘ona iqtisodiyotda innovatsiyalar uchun qulay muhitni
shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu vazifalar ado etilgan taqdirdagina
innovatsion taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish, shunda O‘zbekistonda
innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samara berishi mumkin.
6-pog‘ona
Ilm-fanning davlat
tomonidan
moliyalashtirilishi
Ilmiy-texnik yutuqlarimizni erishilgan darajada saqlab
turish va yanada oshirish maqsadida ilm-fan va
fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish:
– tadqiqotlar uchun grantlar ajratish;
– ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari
ilmiy-texnik
bazasini
mustahkamlash
maqsadida
subsidiyalar ajratish;
– fanlararo tadqiqotlar faol olib borish;
– olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida xalqaro tajriba
almashinuvini rag‘batlantirish.
7-pog‘ona
Innovatsiya
ishlanmalarining
Umumiy tovarlar, ish va xizmatlar hajmida innovatsion
mahsulotlar ulushini oshirish uchun tajriba-konstruktorlik
170
davlat tomonidan
moliyalashtirilishi
faoliyatini va innovatsion korxonalar ishlanmalari
kommersiyalashuvini moliyalashtirish:
– innovatsion ishlanmalar va ularni ishlab chiqarishga
tatbiq etishning davlat tomonidan moliyalashtirilishi;
– kreditlarga garov sifatida kafolatlar berish;
– strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun
soliq imtiyozlari berish;
– innovatsion yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning
dastlabki bosqichlarida ularga talabni saqlab turish uchun
davlat xaridini ta’minlash;
– davlat venchur fondlarini tashkil etish hamda xususiy
fondlar investitsiyalarini riskdan kafolatlash fondini
tashkil qilish.
8-pog‘ona
Innovatsion
faollik (effekt)
Qulay muhit shakllantirilishi va innovatsiyalarni faol
moliyalashtirish natijasida:
– O‘zbekiston iqtisodiyotining innovatsion faolligi
oshadi;
– mehnat unumdorligi ko‘tariladi;
– milliy va xalqaro patentlar berish ko‘payadi;
– innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan korxonalar
safi kengayadi;
– tadqiqotlar va ishlanmalar bilan band kishilar soni
oshadi.
9-pog‘ona
Siyosat natijasi
Shundan so‘ng O‘zbekistonda olib borilgan innovatsiya
siyosat natijasini quyidagi ko‘rsatkichlar orqali his etish
mumkin:
– berilgan patentlar soni;
– venchurli investitsiyalar hajmi;
– yuqori texnologik eksportning umumiy eksport
hajmidagi ulushi;
– xorijiy texnologiyalarga bog‘liqlikning pastligi;
– ekologiya, sog‘liqni saqlash va aholi turmush
darajasining yuqoriligi.
10-pog‘ona Iqtisodiy oqibatlar
Shu tariqa O‘zbekiston xalqaro yuqori texnologiyalar
bozoridagi yetakchilardan biriga aylanadi va turli xalqaro
reytinglarda mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha yuqori
o‘rinlarga erishamiz.
Qulay muhitni ta’minlashdan tashqari, innovatsiya siyosatining uzviy
tarkibiy qismi bo‘lmish ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri moliyalashtirish ham muhim hisoblanadi. Faol moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash siyosati davlat uchun jozibaliroq. Chunki u aniq o‘lchanadigan
natijalarga tezroq erishishini ko‘zlaydi. Jozibali muhitni yaratish esa unga
nisbatan uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, murakkab tizimlashtiriladi va unda
kim aniq naf oluvchi ekanini oldindan bilib bo‘lmaydi.
171
Innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat uchun jozibador
bo‘lsa-da, aynan qulay muhit yaratishga ustuvorlik berilishi kerak. Innovatsion
taraqqiyotda muvaffaqiyatlarga erishgan barcha mamlakatlar, qanday model
doirasida rivojlanmasin, birinchi navbatda, qulay innovatsion muhit yaratib olgan.
Xorijiy mamlakatlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish asosida
innovatsiyani bugungi kunda farovonlik va raqobatbardoshlikning asosiy omili,
innovatsiyalarni rivojlantirishni esa raqobat kurashidagi afzalliklarni qo‘shimcha
tarzda kuchaytiruvchi vosita sifatida tavsiflasak bo‘ladi. Rivojlangan
mamlakatlar bu omillarni oldindan hisobga olib, o‘z pozitsiyalarini xalqaro
maydonda kuchaytirish yo‘lida foydalanmoqda. Unutmaslik kerakki, innovatsion
faollikni boshqalarga nisbatan oldinroq ishga tushirgan davlat doimo yutib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |