Davlatiy moliya


 O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasi



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2. O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasi 

asoslari 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga asosan, 

mamlakatimizda  intellektual  va  texnologik  salohiyatni  oshirishning  uzoq 

muddatli  ssenariylarida  asosiy  yo‘nalish  –  innovatsiyalarni  rivojlantirish, 

korxonalarda  innovatsion  faoliyat  bilan  faol  shug‘ullanishni  rag‘batlantirish 

ko‘rsatib o‘tilgan. Bu iqtisodiyotning  ustuvor soha va tarmoqlarini innovatsion 

rivojlantirishning  yangi  modellarini  shakllantirish  imkonini  beradigan  strategik 

milliy innovatsiya tizimini yaratish bilan bog‘liq. 

Haqiqatan ham, milliy innovatsiya tizimi ilm-fan, sanoat va jamiyat o‘rtasida 

shunday  uzviy  munosabatlar  tizimini  shakllantiradiki,  unda  innovatsiyalar 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, innovatsion taraqqiyot 

ehtiyojlari  esa  ilmiy  faoliyat  ravnaqini  belgilab  beradi  va  rag‘batlantiradi.  Shu 

bois  barcha  mamlakatlar  milliy  innovatsiya  tizimiga  tayangan  holda  milliy 

raqobatbardoshlikning yuqori darajasiga erishish va saqlab turish siyosatini olib 

borishadi. 

Milliy innovatsiya tizimining birinchi konseptual poydevori o‘tgan asrning 

80-yillarida  yaratilgan.  Lundvall,  Frimen  va  Nelson  uning  asosiy  maqsadlarini 

ta’riflab  berishgan.  Ularning  xulosalari  zamonaviy  iqtisodiyotni  taraqqiy 

ettirishning asosiy omili biznesni rivojlantirish manfaatlaridagi innovatsiyalar va 

ilmiy  tadqiqotlar  ekanligi,  institutsionallik  innovatsion  faoliyat  mazmuni  va 

tuzilmasiga  ta’sir  qiluvchi  omil  hisoblanishi  va  ilmiy  bilim  iqtisodiyotni 

rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi to‘g‘risidagi g‘oyalardan iborat bo‘lgan. 

Olimlarning umumiy fikricha, milliy innovatsiya tizimini milliy chegaralar 

doirasida  ilmiy  bilimlar  va  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  va  kommersiyalash 

bilan  mashg‘ul,  maqsad-vazifalari  turlicha  bo‘lgan  tuzilmalarning,  jumladan, 

davlat idoralarining integratsiyasi jarayoni va natijasi sifatida e’tirof etish joiz. 




165 

Ular mustahkam milliy ildizlarga, an’analarga, siyosiy va madaniy xususiyatlarga 

ega  institutlar  majmuasi  bilan  ta’minlanadi  (Y.Kondrateva).  G.Goldshteynning 

qayd  etishicha,  samarali  milliy  innovatsiya  tizimini  yaratishning  muhim  sharti 

davlat  undan  asosiy  manfaatdor  bo‘lishiga,  innovatsion  faoliyatning  ustuvor 

yo‘nalishlarini har yili belgilashi va zarur resurslar bilan ta’minlashiga bog‘liqdir. 

Bugun har bir mamlakat ilg‘or iqtisodiyot nazariyasiga asoslangan o‘z milliy 

innovatsiya  tizimini  yaratishga  intilmoqda.  Biz  bir  necha  rivojlangan  va 

rivojlanayotgan  davlatlarning  muvaffaqiyatli  va  kutilgan  natijani  bermagan 

tajribasini tahlil qildik. Pirovardida har qaysi mamlakatda bu tizimni rivojlantirish 

strategiyasi  amaldagi  davlat  makroiqtisodiy  siyosati,  me’yoriy-huquqiy 

qonunchilik,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  va  bevosita  davlat  boshqaruvi  shakllari,  ilmiy-

texnologik va sanoat salohiyati, ichki tovar va mehnat bozorining holati, tarixiy-

madaniy rivojlanish darajasi bilan uyg‘unlikda belgilanganini aniqladik. Masalan, 

Isroil  bugungi  kunda  texnologik  jihatdan  eng  rivojlangan  mamlakatlaridan  biri 

hisoblanadi.  Har  bir  g‘oyani  amalda  ishlaydigan,  doimiy  va  yuqori  daromad 

keltiradigan  texnologiyaga  aylantirish  bu  yerdagi  biznes  uchun  an’anaga 

aylangan.  Isroil  innovatsiyalar  rivojiga  sharoit  yaratish  bo‘yicha  Global 

Innovation  Index  –  2017  reytingida  17-o‘rinni  egalladi.  U  bir  paytlar 

parchalanayotgan sobiq SSSRdan ko‘plab malakali mutaxassislarni qabul qilib, 

ilmiy-texnik jihatdan jadal ilgarilab ketdi. 1989-90-yillarda bu mamlakatga 200 

mingdan ortiq muhandis va olim ko‘chib kelgan. 

Isroilning rivojlanganlik darajasini quyidagi faktlar bilan tavsiflash mumkin: 

–  unda har yili 15-20 ta yangi nanotexnologiya yaratiladi va o‘zlashtiriladi, 

ular orasida ekologik jihatdan xavfsizlari ham bor. Bu ilm-fan va innovatsiyalarga 

xarajatlar yuqoriligi (mamlakat YaIMning 4,4 foizi atrofida) bilan bog‘liq; 

–  aholisining  malakaviy  ma’lumoti  bo‘yicha  Isroil  dunyoda  AQSh  va 

Kanadadan keyin uchinchi o‘rinda turadi; 

–  ilmiy unvonlarga ega xodimlar barcha ishlovchilarning 25 foizini tashkil 

etadi; 


–  har  ming  kishining  145  nafarini  olimlar  tashkil  qiladi.  Bu  ko‘rsatkich 

Yaponiyada 70 tadan, AQShda 85 tadan oshmaydi; 

–  har ming kishiga 109 sahifa ilmiy ish to‘g‘ri keladi; 

–  aholi jon boshiga berilgan patentlar soni bo‘yicha Isroil dunyoda birinchi 

o‘rinda; 

–  mamlakatda aholi umumiy soniga nisbat bo‘yicha qaralsa, dunyodagi eng 

ko‘p startaplar to‘g‘ri keladi. Isroil yuqori texnologik va innovatsion korxonalar 

soni bo‘yicha AQShdan keyingi yetakchi o‘rinni band etgan. Unda har kuni 12 ta, 

yil davomida 4000 dan ziyod shunday korxonalar paydo bo‘ladi; 



166 

–  Isroil,  AQShdagi  Silikon  vodiysini  istisno  etganda,  dunyodagi  yuqori 

texnologik korxonalarning eng katta konsentratsiyasiga, ya’ni zich joylashuviga 

ega; 


–  Isroil  AQShdan  keyin  NASDAQ  birjasida  kotirovkanadigan 

korxonalarning eng ko‘p soniga ega; 

–  Isroil  bir  innovatsion  korxonaga  davlat  tomonidan  kiritiladigan 

investitsiyalar hajmi bo‘yicha jahonda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda; 

–  u aholi jon boshiga yangi ochilgan biotexnologik korxonalar soni bo‘yicha 

ham eng yuqori foizga ega; 

–  Isroil  tadbirkorlik  rivojlanishi  bo‘yicha  jahonda  uchinchi  o‘rinni  zabt 

etgan.  Unda  ayollar,  55  yoshdan  oshganlar  soni  bo‘yicha  birinchi  o‘rinni 

egallaydi; 

–  Isroil kosmik kemalarni Sharqdan G‘arbga, ya’ni Yer aylanishiga qarama-

qarshi yo‘nalishda uchira oladigan yagona davlatdir. Bu raketalarning dushman 

qo‘shni hududlar ustidan uchib o‘tishini istisno etish imkonini beradi. 

Umuman, innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiyot Isroilga mintaqadagi eng 

yuqori  turmush  darajasini  ta’minladi.  Aholi  jon  boshiga  YaIM  2014-yili  28,4 

ming AQSh dollarini tashkil etdi. 

Isroilda turli sohalarda texnologiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi 

sanoat  korxonalari  va  universitetlar  konsorsiumlarini  moliyalashtiradigan  talay 

jamg‘armalar,  davlat  dasturlari,  infratuzilmalar  mavjud.  Sirasini  aytganda,  bu 

zamindagi  innovatsiya  tizimi  olim  va  muhandislarga  o‘z  kashfiyotlari  asosida 

kichik firma ochishlari, keyinchalik ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini, 

ya’ni o‘z innovatsion mahsulotlarini bozorda sotishlari uchun qulay imkoniyatlar 

yaratgan. 

Biz  boshqa  mamlakatlar  tajribasini  o‘rganish  nihoyasida  quyidagi 

xulosalarga keldik: 

1) innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda juda muhim rol o‘ynaydi; 

2) uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni asosan mehnat unumdorligining o‘sishi 

ta’minlaydi.  O‘z  navbatida,  bu  o‘sish  faqat  innovatsiyalarni  joriy  etish  orqali 

amalga  oshiriladi.  Bizning  hisob-kitoblarimiz  bo‘yicha  O‘zbekistonda  mehnat 

unumdorligi  taxminan  10,97  dollarga  teng.  Bu  Norvegiya  va  Lyuksemburg 

ko‘rsatkichlaridan 7 baravar, AQShdagidan 6 baravar, Turkiyadagidan 3 baravar, 

Rossiyanikiga nisbatan 2 baravar kam demakdir; 

3) mamlakatda  qulay  tadbirkorlik  muhitini  yaratmay,  samarali  innovatsion 

rivojlanishga erishish mumkin emas; 

4) qulay  tadbirkorlik  muhitini  shakllantirmasdan  innovatsiya  loyihalarini 

davlat 

tomonidan 

moliyalashtirishni 

kuchaytirish 

past 

samaradorlik 



koeffitsiyentiga ega bo‘ladi; 


167 

5) milliy 

innovatsiya 

tizimi 


yaratilishi 

ilmiy 


tadqiqotlarning 

kommersiyalashishi uchun qulay sharoitlar shakllanishiga olib keladi. 

6) innovatsiya tizimlarini tashkillashtirish va ularning amal qilish prinsiplari 

xorijiy mamlakatlarda rivojlanish modellariga qarab, har xil darajada farqlanadi. 

Mavjud tizimlarni o‘zimizga ko‘r-ko‘rona ko‘chirish kutilgan samarani bermaydi. 

Yaxshisi, o‘sha davlatlarda bu institutlar uyg‘un ishlashini va o‘zaro aloqalarni 

o‘rnatish mexanizmini o‘rganish kerak. 

7) muvaffaqiyatli innovatsion rivojlanishning bosh omili iqtisodiyotga yangi 

texnologiyalarni singdirish qobiliyati (absorbtion ability) bo‘lib, bu innovatsiyani 

o‘zlashtirish va qo‘llash uchun qulay muhit yaratilishidan dalolat beradi. 

8) O‘zbekiston  Milliy  innovatsion  tizimiga  juda  o‘xshash  tuzilmaga  ega 

Belarus milliy innovatsiya tizimi tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlanayotgan 

iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik sektoriga tadqiqotlar olib borish uchun budjet 

mablag‘larini ajratish innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishda 

tez natija beradi. 

9) Qozog‘iston  tajribasidan  ma’lum  bo‘lishicha,  moliyalashtirishning 

venchurli  mexanizmini  joriy  etish  murakkab  vazifa  bo‘lib,  jiddiy  harakatlarni, 

o‘zgarishlar va vaqtni talab etadi. 

10) AQShning  ushbu  yo‘nalishdagi  tajribasi  yuqori  ichki  raqobat 

iqtisodiyotda  o‘z-o‘zidan  innovatsiya  korxonalari  mustaqil  ravishda  paydo 

bo‘lishiga  olib  kelishini,  yuqori  malakali  mutaxassislar  (ya’ni,  universitetlar) 

qulay  makon  (laboratoriyalar,  ilmiy-tadqiqot  institutlar)da  va  qulay  muhit 

(innovatsion klasterlar)da barakali ishlashini va innovatsiyalarni rivojlantirishini 

isbotladi. 

11) Yevropa  Ittifoqida  shuni  ko‘rish  mumkinki,  faol  moliyalashtirish 

(YaIMning  kamida  3  foizi  miqdorida)  innovatsiya  salohiyatini,  unga  a’zo 

mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishini kuchaytirdi. 

12) Germaniya  tajribasi  bilvosita  qo‘llab-quvvatlash  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

boshqarishdan  samaraliroq  bo‘lishini,  ilm-fan,  ishlab  chiqarish  va  bozorning 

integratsiyalashuvi mamlakat innovatsiya tizimi elementlari hamkorligining eng 

samarali  shakli  ekanligini,  har  bir  investitsiya  innovatsion  yo‘naltirilgan 

bo‘lishiga harakat qilish kerakligini ko‘rsatdi. 

13) Buyuk  Britaniya  tajribasiga  qaraganda,  hozirgi  iqtisodiyotda  fanlararo 

tadqiqotlar  va  ishlanmalarning  natijadorligi  tor  yo‘nalishli  loyihalarnikiga 

nisbatan yuqoriroqdir. 

14) Finlyandiya  tajribasiga  asoslansak,  siyosatni  tubdan  o‘zgartirib, 

mamlakatni  taraqqiyotning  innovatsiya  yo‘liga  burish  qisqa  fursatda  uni 

dunyodagi yetakchi iqtisodiyotlardan biriga aylantirishi mumkin. 




168 

15) Isroil  innovatsion  mahsulotlarni  kommersiyalashtirish  va  bozorga 

chiqarish uchun eng qulay sharoitlar yaratgan mamlakatdir. 

Xulosalar  va  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasini  o‘rganish  asosida  biz 

iqtisodiyotni  innovatsion  yo‘l  bilan  uzoq  muddatli  rivojlantirish,  2017-2021-

yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va 

liberallashtirishning  ustuvor  yo‘nalishlari”da  belgilangan  chora-tadbirlarni 

samarali  amalga  oshirish,  Ma’muriy  islohotlar  konsepsiyasida  tasdiqlangan 

“Davlat  boshqaruvi  tizimiga  strategik  rejalashtirishning  zamonaviy  shakllari, 

innovatsion  g‘oyalar,  ishlanmalar  va  texnologiyalarni  joriy  etish”ga  qaratilgan 

davlat siyosatini qadam-baqadam izohlab beradigan konsepsiya ishlab chiqdik. U 

10 ta pog‘onadan iborat. Marhamat, tanishing. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish