Bu yerda:
𝑵
𝒂
- amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk obyektining boshlang’ich (tiklash)
qiymatiga nisbatan amortizatsiya normasi (foizda);
𝒎 - amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk shu obyektining foydali
foydalanish muddati (oyda).
Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hi-soblash quyidagicha
amalga oshiriladi:
𝑵
𝒂
=
𝟏
𝒎
∗ 𝟏𝟎𝟎%
Bu yerda: 2 – tezlashtirish koeffitsienti.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o’z
moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana
quyidagi daromadlar va turli tushilmalar ham kiradi:
foyda, shuningdek, moliyaviy operatsiyalar va boshqa tashkilotlarda
aktsiyador sifatida ishtirok etishdan olina-digan daromadlarni ham qo’shib
hisoblaganda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushuvchi pul mablag’lari;
mulkni samarali boshqarish hisobidan olinadigan pul mablag’lari;
XYSga tegishli bo’lgan ijara haqi, lizing to’lovlari, dividendlar,
aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar,
438
sotishdan tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni sotishdan olingan
daromadlar;
ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan
foyda.
Ish tartibini o’zgartirish va dastgohlarni yuklash koeffitsientining oshirilishi,
intensiv foydalanishning o’sishi va asosiy vositalar tarkibiy tuzilmasidagi
progressiv o’zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tez o’zlashtirilishi, innovatsion
yangiliklarni joriy etish fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy
ko’rsatkichlarni oshiradi.
Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilina-digan pul mablag’larining
manbalarini ikki guruhga bo’lish mumkin:
maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar;
banklarning o’rta va uzoq muddatli kreditlari hamda XYS tomonidan
texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilish, yangi asosiy ishlab
chiqarish fondlarini yaratish (qurish) uchun milliy va xorijiy valyutada olingan
qarzlar.
Birinchi guruhning tarkibiga quyidagi manbalar kiradi:
hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag’lari;
taraqqiyotning strategik yo’nalishini amalga oshiruvchi maqsadli
dasturlar asosida investitsiyalar ko’rinishidagi byudjet mablag’lari;
kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlovchi byudjetdan tashqari
fondlarning mablag’lari;
hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa XYS
va tashkilotlardan moliyaviy tushil-malar.
Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning tarkibida
kreditorlik qarzlari ham muhim o’rinni egallaydi.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy
resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara va uni qo’lga kiritish
uchun sarf qilingan moliyaviy resurslar o’rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Shu
munosabat bilan moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natijasini quyidagi
formula orqali ko’rsatish mumkin:
𝑴
𝒔
=
∆𝑭
𝑴
𝒓
∗ 𝟏𝟎𝟎%
Bu yerda:
𝑴
𝒔
- moliyaviy samaradorlik;
∆𝑭 - foydaning o’sgan qismi;
𝑴
𝒓
- moliyaviy resurslar.
439
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan ta’minlanishini
boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning samaradorligini
baholash alohida ahamiyat kasb etadiki, uning juda ko’p jihatlari mavjud.
Bu yerda, eng avvalo, davlat, mulkdorlar, boshqaruv-chilar va xodim
(ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda muhimdir. Davlat
manfaatlari, bir tomondan, XYSlarning soliq to’lovlarini maksimallashtirish
maqsa-dida balans foydaning maksimallashtirilishini ko’zda tutadi. Ikkinchi
tomondan esa, foydadan soliq to’lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab
takror
ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilinishini hisobga olgan holda
optimallashtirilmog’i lozim.
Juda ko’p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari bir-biriga mos
keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aktsiyaga to’g’ri
keluvchi foyda summasining o’sishi orqali aktsionerlar daromadlarini
maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Odatda,
daromadlarnimaksimallashtirish
ishlab
chiqarishning
samaradorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobidan erishiladi.
U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajat-larning
qisqarishi, aylanma mablag’lar aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining
oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv
metodlaridan foydalanish bilan bog’liq.
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona shakllantirish muhim
ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to’lashga va uni jamg’arishga
yo’naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi.
XYS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai-nazaridan faqatgina moliyaviy
natija emas, balki o’zining tarkibiga ish haqi va uning o’sishi, ijtimoiy dasturlar
va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan XYS xarajatlari hisobidan
vujudga keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkich-larning o’sishini qamrab
oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYS moliya-xo’jalik
faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi umumiy moliyaviy-iqtisodiy
ko’rsatkichlardan foy-dalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va
aniqlovchi ko’rsatkich sifatida ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi
ko’rsatkichidan foydalanish mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni
bo’lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
𝑹
𝒖
=
𝑩𝑭
𝑭
𝒂𝒂
∗ 𝟏𝟎𝟎%
Do'stlaringiz bilan baham: |