unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash usullari va rejalashtirish tizimini ishlab
chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish
447
shakllantirish manbalaridan samarali foydalanish, materiallarning sarfla-nishi va
ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak.
Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma
mablag’lar quyidagi ikki ikki guruhga bo’linadi:
me’yor(normalashtiriladigan aylanma mablag’lar;
me’yor(norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar.
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish
fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi.
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa ombordagi tayyor mahsulot
zaxira-laridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini o’z tarkibiga
oladi. Aylanma kapitalning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma
mablag’larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.
Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini normativ usuli
tashkil etadi. Unga ko’ra aylanma mablag’larning normativi belgilanadi,
transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo’shgan
holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko’rinishlari,
tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar
normasi o’rnatiladi.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan
iborat. Dastlab, aylanma mablag’larning har bir elementi bo’yicha ishlab
chiqarish zaxiralarining normasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining
me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy
asoslangan rejali hajmidan iborat bo’lib, u eng avvalo, quyidagilarni o’z ichiga
oluvchi XYS ish sharoitiga bog’liq:
ishlab chiqarish tsiklining uzoq-yaqinligi;
ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;
mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi;
mol etkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;
materiallar sifati;
hisob-kitoblar tizimi;
va boshqalar.
Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurs-larga (ularning har bir
turi bo’yicha) bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyojlarning hajmi va mol etkazib
berishlar o’rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik
zaxiralarda o’rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24
kunga teng bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig’ida
ishlab chiqarish tsiklining normal (sog’lom) rivojlanishini ta’minlashga etarli
bo’lmog’i lozim.
448
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko’rinishdagi tovar-moddiy
boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida normalashtiriladigan zaxira-
larni yaratish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi.
Agar me’yor kunlarda aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag’larning
normativi XYSning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi uchun minimal darajada
zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan
zaxiralaridan iboratdir.
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslash-tiriladigan aylanma
mablag’lar normativining formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
𝑵 = 𝑬 ∗ 𝑼 ∗ 𝑩
Do'stlaringiz bilan baham: