Davlatiy moliya


  Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2.  Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish 

samaradorligi 


442 

 

Aylanma 


kapital 

XYS 


aylanma  (o’zgaruvchan)  aktivlariga 

avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifodalaydi. Bu kapital XYS balansining 

“Aylanma  aktivlar”  deb  nomlangan  ikkinchi  bo’limida  aks  ettiriladi.  Odatda, 

aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga bo’linadi: 

  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishtirok  etishini  hisobga  olgan  holda 

funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha; 

  shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko’ra; 

  likvidlik darajasiga qarab; 

  va boshqa belgilariga muvofiq. 

Aylanma  kapital  juda  ko’p  funksiyalarni  bajaradi.  Ularning  orasidan 

quyidagilarni alohida ajratib ko’rsa-tish mumkin: 

  takror ishlab chiqarish; 

  rag’batlantirish; 

  taqsimlash; 

  ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’minlash; 

  ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta’minlash; 

  va boshqalar. 

Aylanma  kapital  o’z  funksiyalarini  ham  pulli  va  ham  natural-buyum 

shakllarida amalga oshiradi. 

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional jihatdan quyidagi 

ikki tashkil etuvchisi belgilab (aniqlab) beradi: 

  aylanma  kapitalning  natural-buyum  shakllari  yoki  aylanma  ishlab 

chiqarish fondlari; 

  muomala fondlari. 

Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum  shakllariga, 

eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo’lgan  quyidagilar kiradi: 

  xomashyo va asosiy materiallar; 

  sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar; 

  yoqilg’i; 

  qadoqlash va qadoqlash materiallari; 

  joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar; 

  inventarlar va xo’jalik buyumlari; 

  tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari; 

  o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari; 

  kelgusi davr xarajatlari; 

  boshqa xarajatlar. 

Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlari 

quyidagi guruhlardan iborat: 




443 

  tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib jo’natilgan 

tovarlar; 

   pul  mablag’lari  –  kassadagi  pullar,  hisob-kitob  va  valyuta 

hisobvaraqlaridagi  pullar,  bankdagi  maxsus  hisob-  varaqlari  (akkreditivlar  va 

chek daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, boshqa to’lov hujjatlari); 

  qisqa  muddatli  (bir  yildan  ortiq  bo’lmagan  muddatda)  moliyaviy 

qo’yilmalar  –  boshqa  XYSlar  qimmatli  qog’ozlariga  investitsiyalar,  davlat  va 

mahalliy  zayomlarning  foizli  obligatsiyalari,  boshqa  XYSlarga  berilgan 

zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish; 

  debitorlik  qarzlarining  barcha  ko’rinishlari,  sotib  oluvchilar  va 

buyurtmachilarning  qarzlari,  olinuvchi  veksellar,  bo’ysunuvchi  jamiyatlarning 

qarzlari,    ustav  kapitaliga  badallar  bo’yicha  ta’sischilarning  qarz-lari,  berilgan 

avanslar, boshqa debitorlarning mablag’lari. 

Aylanma  kapitalning  boshqa  qismi  pulli  ko’rinishda  shakllantiriladi  va  

aylanma 


fondlarning 

iqtisodiy 

elementlariga 

pulli 


kapitalni 

doimiy 


avanslashtirish  ko’rinishida  doiraviy  aylanishda  bo’ladi.  Pul  mablag’-larining 

doiraviy  aylanishi  XYS  tomonidan  ishlab  chiqarishga  zarur  bo’lgan  moddiy 

resurslar qiymatining to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni 

sotishdan olingan tushum ko’rinishida qaytishi bilan tugallanadi. 

Doiraviy  aylanish  jarayonida  aylanma  kapital  doimiy  qiymat  kategoriyasi 

sifatida  saqlanib  qolsa-da,  o’z  tarkibiy  qismlarining  funktsional  shakllarini 

uzluksiz  ravishda  quyidagi  ketma-ketlikda  o’zgartiradi:  pul  mablag’lari  – 

xomashyo  va  materiallar  zaxiralari  –  tayyor  mahsulot  –  debitorlik  qarzlari  – 

tushum ko’rinishida tushadigan pul mablag’lari.  Bunda aylanma kapital korxona 

moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi  hisoblanadi. 

Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari 

quyidagilardan iborat: 

  o’z va ularga tenglashtirilgan mablag’lar; 

  qarz va jalb qilingan mablag’lar. 

O‘z  navbatida,  aylanma  mablag’lar  (kapital)ni  shakllan-tirish  va 

moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

  ustav kapitali; 

  foyda; 

  emission daromad. 

Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi. 

O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYS 

aylanmasida  doimiy  ravishda  mavjud  bo’ladigan  jalb  qilingan  mablag’lardan 

iborat. Ish haqi va sotsial sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha 



444 

garovlar,  kelgusi  davr  xarajatlarini  qoplash  bo’yicha  zaxiralar  shu  shaklda 

vaqtinchalik foydalanilishi mumkin. 

Qarz mablag’lar o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga 

mo’ljallangan. Ularning tarkibiga: 

  banklarning qisqa muddatli kreditlari; 

  zayomlar; 

  uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi. 

Jalb qilingan mablag’lar: 

  mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari; 

  to’lanuvchi veksellar; 

  bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet oldidagi qarzlar; 

  olingan bo’nak (avans)lar; 

  va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi. 

Aylanma 

kapitalning 

foydalanish 

samaradorligini 

ifodalovchi  

umumlashtiruvchi  ko’rsatkichlar  aylanma  mablag’lar  aylanishining  soni  va 

aylanma  mablag’lar  bir  marta  aylanishining  uzoqligi  hisoblanadi  va  ular 

quyidagicha aniqlanadi: 

𝑨

𝒂𝒎𝒂


=

𝑻

𝑸



𝒖


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish