27-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING ISHLAB
CHIQARISH CHIQIMLARI, FOYDASI VA RENTABELLIGI
REJA:
1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi,
klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash
2. Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish
3. Rentabellik va uni oshirish yo’llari
1. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi,
klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash
“Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari
(iboralari) bir xil ma’noni anglatmaydi. Bu tushunchalarning ikkinchisi
birinchisiga nisbatan kengroq bo’lib, jamiyat nuqtai-nazaridan u jonli va
buyumlashgan mehnatning barcha hajmini o’zida mujassam etadi va
mahsulotning qiymatiga teng. “Ishlab chiqarish “chiqimlari” tushunchasi,
aksariyat hollarda, iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi bilan bog’langan (masalan,
ishlab chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va boshqalar).
Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bo’lish mumkin:
aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar;
aniq bo’lmagan chiqimlar.
Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar XYS tomonidan amalga
oshirilgan aniq xarajatlardan – ish haqi, xomashyo va materiallar xarajatlari, ijara
uchun to’lov va boshqalardan iborat. Aniq bo’lmagan, almashgan chiqimlar yoki
qo’ldan boy berilgan, qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari esa shu bilan
bog’liqki, XYS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanib, shuning
451
o’zida uning muqobilli foydalanish imkoniyatini qo’ldan chiqaradi.
Mablag’larning cheklanganligi ularning foydalilik daraja-siga qarab mavjud
imkoniyatlarning variantlaridan foyda-lanishga XYSni majbur qiladi. Bunda har
doim qo’ldan chiqarilgan, boy berilgan foydalar elementlari va demak, aniq
bo’lmagan chiqimlar elementlari mavjud bo’ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab
chiqarishni davom ettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday
boshqaruv qarori aniq va aniq bo’lmagan chiqimlarning hisob-kitobiga asos-
lanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror o’rtasidagi tanlanish har doim boshqa
maqsadlarga erishish uchun ongli ravishda yuqotilgan yoki rad etilgan
imkoniyatlarni xarakterlaydi (tavsivlaydi).
“XYSning xarajatlari” tushunchasi “XYSning chiqim-lari” tushunchasidan
farq qilib, ular bevosita moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda mahsulot
tannarxi bilan uzviy bog’langan. Shuning uchun ham XYSning xarajatlariga
uning mohiyatini ifodalovchi quyidagicha ta’rif berish mumkin: foyda olish yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |