Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

P

*

 - P – bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYS 

tomonidan olingan daromad. 

Bevosita  moliyaviy  operatsiyalarni  amalga  oshirish  natijasida  XYS 

tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: 

  XYS tomonidan aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish 

asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividendlar; 

  boshqa emitentlar qimmatli qog’ozlarini sotib olishdan olingan dividend 

lar; 

  banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari; 



  XYS foydasidagi valyutalar kurslari bo’yicha farqlar. 

Ajablanarlisi shundaki, XYS moliyaviy operatsiya-larining daromadliligini 

xarakterlovchi ko’rsatkich ular-ning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof 

moliyaviy  xarajatlarga  nisbati  shaklida  ifodalab,  ko’pchi-lik  hollarda  XYS 

moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot 

real  sektori  samaradorligining  ko’rsatkichlarida  va  baholarida  bankrot  holatida 

bo’lishlariga  qaramasdan  moliyaviy  “spekulyatsiya”-ning  imkoniyatlari  ularni 

“cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi. 

Real  sektor  XYSlarida,  moddiy  ishlab  chiqarishda  moliyaviy  resurslardan 

foydalanishning  samaradorligini  mos  ravishda  baholash  talablariga  u  yoki  bu 




432 

darajada    sotuv  rentabelligi  ko’rsatkichi  (foydaning  mahsulotni  realizatsiya 

qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj 

pul mablag’laridan iborat bo’lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni 

istisno  qilgan  tarzda,  sof  moliyaviy  ko’rsatkich  sifatida  e’tirof  etish  mumkin. 

Shunday bo’lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, 

ya’ni  samara-dorlikning  o’lchovi  sifatida  yuqoridagi  ko’rsatkichning  haqqo-

niylik darajasi juda ko’p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi 

bozor  baholari  monopol  baholarni  shakllantirishning  salbiy  ta’sirlaridan 

qanchalik ozod ekanligiga bog’liq. 

Yuqorida  ko’rib  o’tilgan  barcha  moliyaviy  ko’rsatkichlarda  mazmun  va 

shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo’ladiki, bu 

narsa bizning holat (vaziyat)da XYSlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy 

sektorining  ham)  o’z  iqtisodiy  asosidan,  ishlab  chiqarishdan  ajralib  chiqish 

(uzilish)ga  va  unga  bog’liq  bo’lmagan  holda  mustaqil  hayot  kechirish 

imkoniyatini qo’lga  kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYSlar moliya-xo’jalik 

faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko’rsatkichlar 

(masalan,  tushum  va  foyda)  moddiy  aylanma  mablag’larning  aylanuvchanligi,  

asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig’imi) 

kabi  iqtisodiy  ko’rsatkichlar  bilan  birgalikda  qaralsa,  bu  qarama-qarshilik, 

ma’lum  darajada,  pasayadi  (kamayadi).  Ana  shu  munosabat  bilan  eng 

umumlashtiruvchi  ko’rsatkichlardan  biri  quyidagi  formulaga  muvofiq  ravishda 

hisoblanadigan  XYSning  iqtisodiy  rentabelligi  (biznesning  rentabelligi) 

ko’rsatkichidir: 

𝑹

𝒊

=



𝑭

𝑲

𝒂𝒚𝒍



+ 𝑲

𝒂𝒔

+ 𝑨



𝒏𝒐𝒎

 

Bu yerda:  



 

𝑹

𝒊



 - XYSning iqtisodiy rentabelligi, biznesning rentabelligi; 

𝑭  - yillik foyda; 

𝑲

𝒂𝒚𝒍


 - XYS aylanma kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); 

𝑲

𝒂𝒔



 - XYS asosiy kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); 

𝑨

𝒏𝒐𝒎



 - XYS nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymatiy baholarda). 

XYS  moliyaviy  resurslaridan  foydalanish  samarador-ligini  tahlil  qilishda 

uning moliyaviy barqarorligi, to’lovga layoqatligi va likvidligini xarakterlovchi 

ko’rsat-kichlardan  ham  foydalanish  kerak.  Bu  yerda  ham  o’zining  mazmuniga 

ko’ra  sof  moliyaviy  va  iqtisodiy  ko’rsatkichlar  qo’llaniladi.  Sof  moliyaviy 

ko’rsatkichlar  qatoriga  absolyut  va  muddatli  likvidlik  koeffitsientlarini  kiritish 

mumkinki, ular yordamida XYSning potentsial to’lov qobiliyati baholanadi: 



433 

𝑲

𝒂𝒗𝒔



=

𝑷 + 𝑸𝑸


𝑴

𝒒𝒎

 



𝑲

𝒎𝒖𝒅


=

𝑷 + 𝑸𝑸 + 𝑫𝑸

𝑴

𝒒𝒎

 



Bu yerda: 

𝑲

𝒂𝒗𝒔



  - absolyut likvidlik koeffitsienti; 

𝑲

𝒎𝒖𝒅



 - muddatli likvidlik koeffitsienti; 

𝑷 - hisob varaqlardagi va XYS kassasidagi pullar; 

𝑸𝑸  - likvidli qimmatli qog’ozlar; 

𝑫𝑸  - mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari; 

𝑴

𝒒𝒎

 - XYSning qisqa muddatli majburiyatlari. 



XYSning pul mablag’lari va moddiy resurslarining pulli (qiymatiy) bahosi 

aralashadigan ko’rsatkich joriy likvidlik koeffitsientidir (qoplash koeffitsienti). U 

quyidagicha hisoblanadi: 

𝑲

𝒋𝒍



=

𝑷𝑴 + 𝑴𝑴


𝑴

𝒒𝒎

 



Bu yerda:  

𝑲

𝒋𝒍



  - joriy liklidlik koeffitsienti;  

𝑷𝑴  - pullar va ularga tenglashtirilgan mablag’lar (likvidli qimmatli 

qog’ozlar va jalb qilingan debitorlik qarzlari); 

𝑴𝑴 – XYS moddiy aylanma mablag’larining qiymatiy bahosi; 

𝑴

𝒒𝒎

    - XYSning qisqa muddatli majburiyatlari. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish