Davlatiy moliya


  “Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida ajdodlarimiz



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

7.  “Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida ajdodlarimiz 

xizmatlari 

Jahonda  moliyaning  alohida  fan  sifatida  shakllanishi  va  rivojlanishi 

jarayonida o’zbek olim va mutafakkirlarining ulkan hissalari bor. To’g’ri, Buyuk 

Temur  yoki  Buyuk  Bobur

8

  kabi  vatandoshlarimiz  qadimda  “moliya”  deb 



nomlangan  maxsus  ilmiy  asarlar  yozishmagan.  Lekin  ular  o’zlarining  boshqa 

nomlar bilan atalgan ilmiy-siyosiy, diniy va ma’rifiy asarlarida moliyaning turli 

masalalariga tegishli fikr-mulohazalarini bayon qilishgan. O‘zbek davlatlarining 

ayrim hukmdorlari esa o’z  amaliy faoliyatlarida moliya, ayniqsa, uning tarkibiy 

qismi  bo’lgan  soliq    sohasini  rivojlantirish  bo’yicha  ulkan  ahamiyatga  molik 

islohotlar o’tkazishgan. 

Insoniyat  tarixida  ilk  davlatlar  paydo  bo’lishi  va  ularning    turli-tuman 

xarajatlarini qoplash  maqsadida soliqlardek o’ta muhim vosita o’ylab topilishi 

bilan,  ya’ni  qadim-qadimdan  hukmdorlar  va    soliqlarning  to’lovchilari  soliqlar 

miqdori,  to’lash  tartibi  va  muddatlari  masalalari  bo’yicha  o’zaro  tortishib 

kelishgan. Chunki xalq uchun bular hayot-mamot masalasi hisoblangan. Bizning 

buyuk  ajdodlarimiz  bu  muammo  ham  hokimlar,  ham    ularga  tobe  xalqlarni 

qanoatlantira  oladigan  tarzda  ijobiy  hal  bo’lishi  uchun  juda  katta  hissa 

qo’shishgan. 

Mutafakkirlarimizning  moliya  faniga  qo’shgan  hissalari  haqida  so’z 

yuritishdan oldin  muqaddas kitobimiz “Qur’oni Karim”da ham  moliya va soliq 

masalalariga keng e’tibor berilganligini e’tirof etishimiz mantiqan to’g’ri bo’ladi.  

To’g’ri,  “Qur’on”ni  inson  yaratmagan,  u  Parvardigor  tomonidan  biz, 

musulmonlarga,  tortiq  etilgan  buyuk  asar!  Biz  uchun  bu  o’rinda  eng  muhimi 

shundaki,  ana  shu  muqaddas  kitobimizda  ham  moliya,  ayniqsa,  soliq  va  soliq 

to’lash  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  “Qur’oni  Karim”da  islomiy 

soliqlarning  asosiy  turlari  bo’lmish  xiroj,  ushr,  zakot  va  boshqa  soliqlarning 

miqdori, to’lash tartibi, vaqti, soliq yig’uvchilar va to’lovchilar haqida atroflicha 

fikr yuritilgan. 

Hadislarda  ham  moliyaga  daxldor  masalalar  bo’yicha  keng  miqyosda  fikr 

yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari,  to’lovchilar, to’lov miqdorlari va 

shartlari kabi masalalarning aniq javoblari  hadislarda  bayon etilgan. 

Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800-yil oldin qadimiy Xorazm 

diyorida  bitilgan  “Avesto”  asarida  moliya  masalalari  ham  tadqiq  etilganligi 

jahondagi  iqti-sodiy  tafakkur  tarixi  bilan  shug’ullanadigan  olimlarni  hayratga 

                                                           

7

 Bu haqida maruzalar to’plamining “Moliya nazaryalar” mavzusida batafsil fikr yuritiladi. 



8

 Malikov T., Olimjonov O. Moliya. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. - 920 b.

 



43 

soladi


9

.  Zero,  dunyoda  moliyaga  daxldor  va  28  asr  oldin  yozilgan    hamda 

bugungacha saqlanib qolingan asarlar deyarli yo’q. Xullas, ”muqaddas kitobda 

agrar munosabatlarning moliya masalalariga ham katta e’tibor beriladi”

10



Xalqimizning “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi qator dostonlarida ham moliya 



va soliq masalalariga alohida e’tibor berilgan. “Alpomish” dostonida Qo’ng’irot 

elida hukmronlik qilgan Boybo’ri bilan uning ukasi Boysaribiy o’rtasidagi ixtilof 

zakot masalasida paydo bo’ladi. Asarda Qo’ng’irot va Qalmiq ellarining moliya 

tizimlari o’rtasidagi farqlar ham ko’rsatib o’tilgan. 

“Go’ro’g’li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon qilingan. Bunda 

soliqchi, pul yig’uvchi – pulchin, purush (furush) degan iboralar bilan atalgan. 

Umuman olganda, soliqlar masalalari juda ko’p islomiy  mutafakkirlarimiz 

tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Masalan, Burhoniddin Marg’inoniyning (1123-

1197) “Hidoya”

11

  asarida  chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar 



(oltin, kumush) dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq (ushr), 

zakotni taqsimlash tartibi bo’yicha tavsiyalar berilgan. 

1063-1092-yillarda 

saljuqiylar 

davlati 

vaziri 


bo’lib 

ishlagan 

Nizomulmulkning  “Siyosatnoma”

12

  asarida  davlat  xazinasi,  uni  oqilona 



boshqarish, soliqlarni adolatli yig’ish masalalari ham bayon etilgan. 

Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-Farg’oniy Misrda Nil daryosi suvi hajmining 

o’zgarishiga  qarab,  suvni  barcha  dehqonlar  o’rtasida  bir  xil  taqsimlashni 

ta’minlay oladigan, o’z zamonasida jahonda tengi yo’q gidroinshoot barpo etgan. 

Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat ul-Rod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 

1200-yildan beri ajdodlarimizning  buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab 

turibdi.  

Vatandoshimiz  Al-Farg’oniy  ekin  maydonlarini  suv  bilan  ta’minlash 

darajasining  hosilga  ta’siri  va  shu  asosida  soliq  miqdorini  adolatli  o’rnatish 

g’oyasini oldinga surgan va hayotga joriy etgan. Tan olish kerakki, bu insoniyat 

tarixida  soliqqa  tortish  tamoyillarini  ishlab  chiqishga  bo’lgan  ilk  va 

muvaffaqiyatli amalga oshgan urinishlardan biri edi

13

.  


Ahmad  Al-Farg’oniy  mazkur  g’oyani  o’rtaga  tashlagan  va  hayotga  joriy 

etgan IX asrda g’arb mamlakatlarining ko’pchiligi hali  davlat sifatida shakllanib 

ulgurishmagan  edi.  Binobarin,  ularda  soliq  haqida  fikr  yuritishga  asos,  ya’ni 

soliqlarning o’zi ham yo’q edi.  

Buyuk Temur  ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va amaliyotiga ulkan 

hissa qo’shgan. U o’z saltanatida soliqlar adolatli bo’lishi uchun   harakat qilgan. 

                                                           

9

 “Avesto”.- Toshkent.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 1-tom, 2000-yil, 65-bet. 



10

 Razzoqov A. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. T.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001-yil, 27-bet. 

11

 Razzoqov A. “Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari”. T.: “O‘zbekiston” nashriyot- matbaa ijodi uyi, 2001-yil. 82-91-betlar. 



12

 Shu yerda.  110-120-betlar. 

13

 O.Olimjonov. “Soliq nazariyasini yaratishda ajdodlarimiz xizmati”. “Iqtisodiy taraqqiyotga erishishda soliq siyosatini 



yanada takomillashtirish yo’llari”. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent Moliya instituti.- 2006-yil.  


44 

Bu fikrimizning  to’g’riligini tushunish uchun uning  “Temur tuzuklari” asari va 

hukmdorlik faoliyatida o’tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak.  Jahongir  

“Temur  tuzuklari” asarida moliya,  soliqlar va soliqqa tortish masalalariga juda 

katta  e’tibor  bergan.  U  o’z  ixtiyoridagi  mamlakatlarda  soliqqa  tortish,  uning 

miqdori va to’g’ri yig’ib olish jarayonida qat’iy tartib o’rnatgan. 

 “Amr qildimki, - deb ta’kidlaydi  Amir Temur, - raiyatdan xiroj yig’ishda 

uni og’ir ahvolga tushirib qo’yishdan yoki mamlakatni qashshoq  qilib qo’yishdan 

saqlanmoq zarur,  chunki raiyatni xonavayron qilish xazinaning g’ariblashuviga 

olib keladi. Xazinaning g’ariblashib qolishi esa sipohning  tarqalib ketishiga sabab 

bo’ladi. Sipohning tarqalib ketishi o’z navbatida saltanatning zaiflashishiga olib 

keladi”


14

Ko’rinib  turibdiki,  Buyuk  Temur  davlat  byudjeti  daro-madlarini  



shakllantirishda  soliq  to’lovchilarga  nisbatan  soliq  yuklamasini  oshirib 

yuborishning salbiy oqibatlarini   chuqur his qilgan va o’z saltanatida bunga yo’l 

qo’ymagan. 

 Sohibqiron  qishloq  xo’jaligida  soliqni  ekindan  olingan  hosilga  va  erning 

unumdorligiga  qarab  belgilashni  joriy  qilgan.  Temur  saltanatida  hosil  pishib 

etilmasdan  raiyatdan  molu  jihot  olishni  qat’iy  ravishda  ta’qiqlab  qo’yish  ham  

amal  qilganki,  soliqqa  tortishning  bunday  adolatli  prinsiplari  Yevropa 

davlatlarining ko’pchiligida  hali ma’lum emas edi.  

Tashlandiq  yoki  yangi  erlarni  o’zlashtirgan  shaxslarga  soliqdan  katta 

imtiyoz berilgan. “... amr etdimki, - deyiladi  “Temur tuzuklarida”, - kimda-kim 

biron sahroni obod  qilsa yoki koriz (yer ostidan o’tkazilgan ariq)  qursa, yo biron 

bog’ ko’kartirsa, yoxud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili 

undan  hech  narsa  olmasinlar,  ikkinchi  yili  raiyat  o’z  roziligi  bilan  berganini 

olsinlar,  uchinchi yili (esa) qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’sinlar”

15



Axir bunday fikrlar adolatli soliq siyosatining asosini tashkil  qilmaydimi?!  



Buyuk  Temur  o’z  zamonasining  eng  adolatli  soliq  siyosatlaridan  birini  ishlab 

chiqqan hamda uni Osiyo va Yevropaning  katta qismini tashkil etgan bepoyon 

saltanatida hayotga joriy etgan. Demak, Buyuk Temurni uning nazariy qarashlari 

va  amaliy  faoliyati  bo’yicha  zamonaviy  soliq  siyosatining  asoschilaridan  biri, 

deyishga haqqimiz borligi ko’rinib turibdi. Uning davlat byudjeti daromadlarini 

shakllantirish va soliq siyosatini tashkil  etish bo’yicha bildirgan g’oyalari bugun 

ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. 

Soliq nazariyasini yaratgan, deb hisoblanadigan g’arblik olimlar   ham shu 

taxlit g’oyalarni “Temur tuzuklari” yozilgandan  3-4 asr keyin boshqacha shakl 

                                                           

14

 “Temur tuzuklari”. - T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil, 122-123-betlar. 



15

 “Temur tuzuklari”.- T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-yil, -344 b. 124-bet. 




45 

va so’zlar bilan ifodalashganliklarini tushunish uchun ularning asarlarini bir bor 

qiyoslab chiqish yetarli. 

Kezi  kelganda  shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  Buyuk  Temur  yurtimizni 

mo’g’o’llar zulmidan ozod qilish va Amir Husayn bilan taxt uchun uzoq davom 

etgan  kurashlarida  xalqqa  ularga  nisbatan  adolatli  soliq  siyosatini  taklif  etgani 

ham katta yordam berganligi sir emas. 

Yana bir misol. Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston zaminida o’ta 

uzoq muddat (1526-1858-yillar), ya’ni 332-yil hukm surishida ham xalqparvarlik, 

jumladan,  ortiqcha  soliqlar  bilan  xalqni  qiynamaslik  kabi  omillarning  xizmati 

beqiyos bo’lgan. 

Bobur  iqtisodiy,  jumladan,  moliyaviy    tafakkur  rivo-jiga  juda  katta  hissa 

qo’shgan. Uning “Boburnoma”, “Mubayyan” va boshqa asarlarida”

16

 asarlarida 



iqtisodiy, moliyaviy va soliq siyosatlariga doir fikrlari bayon etilgan. U iqtisodiy 

qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning davlat va jamiyat hayotini belgilovchi 

ahamiyatini yaxshi bilgan. Shuning uchun ham uning iqtisodiy siyosati adolatli 

va keng xalq ommasi uchun mo’’tadil bo’lgan. 

Buyuk Boburning “Mubayyan” asari iymon-e’tiqod, namoz, zakot, ro’za va 

haj kitoblarini o’z ichiga olgan 5 qismdan iborat. Zakot kitobida zakot shartlari, 

zakot  beriladigan    mollar,  naqdina,  chorva  va  tijorat  mollarining  zakoti,  zakot 

farzlari, zakot  beriladigan shaxslar, zakot berish durust bo’lmagan kishilar, ushr 

va xirojga doir barcha masalalar bo’yicha aniq tavsiyalar berilgan.  

Boburning  moliya  va  soliq  sohasidagi  xizmatlari  bu  boradagi  nazariy 

masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U moliya va soliq bo’yicha 

o’zi ishlab chiqqan tavsiyalarni  saltanatida o’zi amaliyotga joriy ham etgan. 

Bobur davlati barpo etilgunga qadar Hindiston hududida hukm surgan o’nlab  

katta-kichik  davlatlarning    xazinani  tashkil  etish,  uning  daromadlaridan 

foydalanish, soliq siyosati, soliq tizimi,  soliqlar turlari  va ularni  aholidan yig’ib 

olish tartiboti bir - biridan  keskin farq qilgan. Har bir rojalikning o’z soliq siyosati 

bo’lgan.  Soliq-larning  turlari  ko’pligi,  ularni  yig’ib  olishning  tartibi  qat’iy 

emasligi  va soliq miqdori juda katta ekanligidan aholi  juda qiynalgan




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish