Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Viloyat, tuman, 

shaharning 

moliyaviy 

resurslari

Byudjetdan tashqari 

fondlar

Aniq maqsadga 

yo'naltirilgan 

fondlar


kredit resurslari

Mahlliy byudjet 

mablag'lari

Respublika byudjetidan 

subvensiyalar va dotatsiyalar



338 

qonunlarga  muvofiq  davlat  idoralari  tomonidan  moliyaviy  faoliyat  davlat  va 

jamiyat  manfaatlariga  xizmat  qiluvchi  bir  qator  tamoyillarga,  aniq  qoidalarga 

muvofiq  ravishda  olib  boriladi.  Bu  tamoyillar  moliya,  kredit,  soliq  va  bank 

sohasidagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. 

Mamlakatimizda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan mahalliy 

soliqlar  orasida  mol-mulk  solig‘i  ham  o‘ziga  xos  o‘ringa  egadir.  Bu  soliq 

xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo mol-mulk tushunchasi, uning turlari, 

obyekti va subyektlari tarkibini tadqiq etish lozimdir.  

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  ko‘ra  mol-mulk  fuqarolik 

huquqlari  obyekti  sifatida  ko‘chmas  va  ko‘char  mulkka  bo‘linib,  ko‘chmas 

mulk yer uchastkalari va yer osti boyliklari, ko‘p yillik daraxtlar, shuningdek

binolar va inshoatlardan iboratdir.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  53-moddasida  “Bozor 

munosabatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  iqtisodiyotning,  O‘zbekiston 

iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakldagi  mulk  tashkil  etadi.  Davlat 

iste’molchilarning  huquqiy  ustunligini  hisobga  olib,  iqtisodiy  faoliyat 

tadbirkorlik  va  mehnat  qilish  erkinligi,  barcha  mulk  shakllarining  teng 

huquqiyligini  va  huquqiy  jihatdan  barobar  muhofaza  etilishi  kafolatlanadi. 

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir”

94

 

deb belgilab qo‘yilgan. 



Shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  bugungi  kunda  mamlkatimizda  

byudjetlararo  munosabatlarni  amalga  oshirishda  mahalliy  hokimliklarni 

boqimandalikdan chiqarish maqsadida byudjet dotatsiyasidan voz kechilgan. 

Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish 

va  soliq  ma’muriyatchiligini  takomillashtirish  iqtisodiyotni  jadal  rivojlantirish 

hamda  mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim 

shartlari hisoblanadi. 

Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy 

o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat 

muhitini  shakllantirishga,  shuningdek,  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar 

yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator 

tizimli muammolarni ko‘rsatdi. 

 Ushbu  muammolar  hal  qilish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini 

takomillashtirish  konsepsiyasi  to‘g‘risida”gi  PF-5468-sonli  Farmoni  qabul 

qilindi.  Farmonga  ko‘ra  quyidagi  muammolarni  hal  qilish  dolzarb  masala  qilib 

                                                           

milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son. 

94

 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 



bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son. 


339 

belgilandi

95



-  umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki darajasining 



yuqoriligi,  shuningdek,  soliq  solishning  soddalashtirilgan  va  umumbelgilangan 

tizimida  soliqlarni  to‘laydigan  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  o‘rtasidagi  soliq 

yuki darajasidagi farqning sezilarliligi; 

- qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  undirishning  samarasiz  tizimi,  soliq 

to‘lovchilarning  aylanma  mablag‘larini  jalb  qiladigan,  shuningdek,  iste’mol 

mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda 

yirik  va  kichik  biznes  o‘rtasidagi  kooperatsiyaning  rivojlanishiga  to‘sqinlik 

qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi; 

- soliq  to‘lovchilar  tomonidan  xodimlarning  real  sonini  va  mehnatga  haq 

to‘lash  fondini  yashirishga  olib  keluvchi  mehnatga  haq  to‘lash  fondi  soliq 

stavkalarining yuqoriligi; 

- imtiyozlarning  samaradorligini  monitoring  va  nazorat  qilish  bo‘yicha 

ta’sirchan  tizimning  mavjud  emasligi  sababli  sog‘lom  raqobatni  ta’minlashga 

salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq va bojxona, shu 

jumladan  individual  xususiyatga  ega  bo‘lgan  imtiyozlar  hisobiga  qo‘llab-

quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi; 

- o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va 

insofli  tadbirkorlik  subyektlarining  faoliyatiga  aralashishlarni  kamaytirishga 

to‘sqinlik  qiluvchi  nazorat  faoliyatini  amalga  oshirishda  xavf-xatarlarni  tahlil 

qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi; 

- mahalliy  soliq  va  yig‘imlarning  ma’muriyatchiligi  mexanizmlarining 

samarasizligi  oqibatida  ularning  yig‘iluvchanlik  darajasi  yetarli  emasligi, 

shuningdek,  ko‘chmas  mulk  va  yer  uchastkalarini  to‘liq  hisobga  olish  va 

qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-iyunda  “Mahalliy 

byudjetlarni  shakllantirishda  joylardagi  davlat  hokimiyati  organlarining 

vakolatlarini  kengaytirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida“  PF-5075-son  Farmoni 

qabul qilindi. Farmonga asosan aholining real daromadlari, turmush darajasi va 

sifatini  oshirish  maqsadida  hududlarni  kompleks  rivojlantirishni  barqaror 

moliyalashtirilishini  ta’minlash,  markaz  byudjetiga  qaramlikni  keskin 

kamaytirish,  byudjetlararo  munosabatlarni  tubdan  isloh  qilish  orqali  mahalliy 

byudjetlar mablag‘larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining 

mustaqil  ish  olib  borishini  kuchaytirish  mamlakat  byudjet  siyosatining  asosiy 

vazifalari etib belgilandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy 

davlat  hokimiyati  organlarining  moliyaviy  erkinligini  oshirish,  mahalliy 

byudjetlarga  tushumlarning  to‘liqligini  ta’minlash  bo‘yicha  soliq  va  moliya 

                                                           

95

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish 



konseptsiyasi  to‘g‘risida”gi  PF-5468-sonli  Farmoni.  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi, 

30.06.2018-y., 06/18/5468/1420-son. 




340 

organlari  javobgarligini  kuchaytirishga  oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar 

to‘g‘risida” 5283-sonli Farmoni qabul qilindi.  

Ushbu  farmonda  mahalliy  byudjetlarning  daromad  bazasini  tubdan 

mustahkamlash 

va 


nomarkazlashtirish 

asosida 


hududlarni 

kompleks 

rivojlantirishni  barqaror  moliyalashtirish,  byudjetlararo  munosabatlarni  yanada 

takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini 

kuchaytirish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishga 

ko‘maklashish,  yangi  ish  joylari  yaratish  hamda  aholi  bandligini  ta’minlash, 

muhandislik-kommunikatsiya,  yo‘l-transport  va  ijtimoiy  infratuzilmani  jadal 

rivojlantirish  hisobiga  soliq  salohiyatini  kengaytirish  bo‘yicha  aniq  maqsadga 

yo‘naltirilgan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishda  ularning  mas’uliyatini 

oshirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilab qo‘yildi: 

1)  quyidagilar  mahalliy  byudjetlar  darajasida  soliq-byudjet  siyosatining 

ustuvor vazifalari etib belgilandi: 

-  mahalliy  byudjetlarning  daromadlarini  oshirish  uchun  tizimli  asosda 

qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish

-  soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib 

qo‘yish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash; 

-  viloyatlar,  shahar  va  tuman  byudjetlarini  subvensiyadan  chiqarish, 

ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma-

bosqich  qisqartirish,  buning  asosida  hududlarni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

masalalarini  hal  etishda  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  erkinligi  va 

mas’uliyatini oshirish; 

-  deputatlik  va  jamoat  nazoratini  keng  jalb  qilgan  holda,  mahalliy 

byudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni 

ta’minlash; 

2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesida, viloyatlar, Toshkent 

shahri  va  respublika  tumanlari  (shaharlari)  xalq  deputatlari  Kengashlari 

sessiyalarida shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq,: 

a)  quyidagilar  yil  choraklari  kesimida  atroflicha  ko‘rib  chiqiladi  va 

tasdiqlanadi: 

-  daromadlar  manbalari  va  xarajatlar  turlari  kesimida,  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar,  Toshkent  shahri  va  respublika  tumanlarining 

(shaharlarining) mahalliy byudjetlari parametrlari; 

-  mahalliy  byudjetlarning  daromadlarini  oshirish  rezervlarini  aniqlash 

bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari; 

-  hududlarni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlari,  byudjetning 

daromadlar  bazasini  oshirish  va  yangi  ish  joylari  barpo  etish  bo‘yicha  chora-

tadbirlar; 



341 

-  qo‘shimcha 

manbalar,  shu  jumladan,  mahalliy  byudjetlarning 

daromadlarini  oshirish  rezervlarini  aniqlash  hisobidan  moliyalashtiriladigan 

xarajatlar  hududlarni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlari  bilan  bog‘lagan 

holda; 


b)  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri, 

shuningdek,  respublikaning  tegishli  tumanlarida  (shaharlarida)  deputatlik  va 

jamoat nazoratini amalga oshirish uchun yuqori turuvchi byudjetlar va davlatning 

maqsadli  jamg‘armalari  mablag‘lari  hisobidan  amalga  oshirilayotgan  chora-

tadbirlar va loyihalar ma’qullanadi; 

c) har chorakda: 

- hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha 

birinchi  o‘rinbosarining  hududlarni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarini 

amalga oshirish, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari 

barpo etish bo‘yicha; 

- hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga 

ko‘maklashish  va  kichik  sanoat  zonalari  va  turizmni  rivojlantirish  masalalari 

bo‘yicha  o‘rinbosarining  investitsiyalar  jalb  qilish  va  investitsiya  loyihalarini 

amalga oshirish bo‘yicha; 

- moliya  boshqarmalari  (bo‘limlari)  rahbarlarining  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlari (shaharlari) byudjetlari ijrosi 

to‘g‘risida, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy 

byudjetlarning  daromadlarining  qo‘shimcha  manbalarini  shakllantirish  hamda 

qo‘shimcha  manbalardan  foydalanish  yo‘nalishlari,  jumladan,  mahalliy 

byudjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida; 

- davlat  soliq  boshqarmasi  (inspeksiyasi)  rahbarining  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular 

tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, 

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda 

to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida hisobotlari tinglanadi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2017-yil 

7-fevraldagi 

“O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  harakatlar 

strategiyasi  to‘g‘risida”gi  4947-sonli  va  2017-yil  7-iyundagi  “Mahalliy 

byudjetlarni  shakllantirishda  joylardagi  davlat  hokimiyati  organlarining 

vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5075-sonli farmonlarini 

ijro  etish  yuzasidan,  shuningdek  mahalliy  byudjetlarning  daromadlar  bazasini 

kengaytirish  va  yangi  ijtimoiy  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  qo‘shimcha 

mablag‘larni  jalb  qilish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2017-yil  29-iyundagi  “Mahalliy  byudjetlarning  daromadlar 

bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari 



342 

to‘g‘risida”gi 445-sonli Qarori qilindi.  Ushbu qaror biln uchta Nizom tasdiqlandi: 

1)  moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy 

ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga 

tushumlarni  ko‘paytirishga  va  soliq  solinadigan  bazani  kengaytirishga 

yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va 

o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom; 

2)  tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston 

Respublikasi  Davlat  byudjeti  daromadlar  parametrlarining  so‘zsiz  bajarilishini 

ta’minlash  va  mahalliy  byudjetlarning daromadlar bazasini  kengaytirish  chora-

tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

3)  tumanlar  (shaharlar)  davlat  soliq  inspeksiyalari  xodimlari  tomonidan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjeti  daromadlar  parametrlarining  so‘zsiz 

bajarilishini  ta’minlash  va  mahalliy  byudjetlarning  daromadlar  bazasini 

kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  26-dekabrdagi 

“O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 

prognozi  va  davlat  byudjeti  parametrlari  hamda  2020-2021-yillarga  byudjet 

mo‘ljallari 

to‘g‘risida”gi 

PQ-4086-sonli 

Qarorini 

qabul 

qilinishi, 



mamlakatimizda  birinchi  marta  o‘rta  muddatli  byudjetni  prognozlashtirish 

bo‘yicha  qilingan  ishlarning  debochasi  bo‘ldi.  Bu  esa  yurtimizda  olib 

borilayotgan  davlat  moliyaviy  siyosatini  yangi  bosqichga  chiqqanligini 

ko‘rsatadi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish