2. Mahalliy byudjetlarni tartibga solish
Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet va ijtimoiy siyosatning
uyg‘unligini ta’minlash maqsadida moliya tizimining sohalarini, jumladan
byudjet tizimini va ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan mahalliy
byudjetlarni samarali boshqarish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu
holat davlat moliyaviy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosini ta’minlash,
shuningdek hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldini olishni
hamda mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarning kengayib borishi
sharoitida ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash uchun zamin yaratadi.
Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan qabul
qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy byudjet muammolarini hal
etishga qaratilgandir.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) sifatida davlatning byudjet
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida
hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi
boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O‘zining hajmi va muhimligi
jihatidan katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet
jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjet siyosatini amalga oshirish,
mahalliy byudjetlar faoliyatini tartibga solishning huquqiy asosini O‘zbekiston
90
Левина В.В. Бюджетная система Российской Федерации. Феникс, 2017 г. 68 с.
335
Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”,
“Soliq Kodeksi”, “Bojxona Kodeksi” va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar
tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish
maqsadida 2013-yil 26-dekabrda “Byudjet kodeksi” qabul qilingan bo‘lib, ushbu
huquqiy hujjat:
- O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish
asoslarini;
- O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va
uning tuzilmasini;
- davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
- davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini
amalga oshirish prinsiplarini;
- davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni;
- davlat byudjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish
jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat
vakillik organlari:
- tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy
byudjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni
tasdiqlaydi;
- mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar
miqdorlarini hamda ular bo‘yicha imtiyozlarni belgilaydi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va
mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda
ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzadi;
- byudjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda byudjet
mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil
etadi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bundan tashqari, davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi,
respublika va mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda
ularning byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet taqchilligini
moliyalashtirish manbalari, davlatning maqsadli fondlari, ularni tashkil qilish va
336
ular mablag‘laridan foydalanish tartibi kabilar Kodeksning tegishli moddalarida
belgilab berilgan.
Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari
funksiyalarini, mamlakat subyektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi
prinsiplarini, byudjet jarayoni subyektlarining huquq va majburiyatlari va
hokozolarni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi.
Byudjet siyosati byudjetda to‘planadigan YalM hissasini aniqlashda, mamlakat
yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy
tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat
qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo‘llarini aniqlashda
ifodalanadi
91
.
Umuman olganda, mahalliy byudjetlar amal qilishining, shakllanishi va
ishlatilishining, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonuniy-huquqiy
asoslarini quyidagilar tashkil qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
- O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”;
- O‘zbekiston Respublikasi “Soliq Kodeksi”;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun qabul
qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va
davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarori;
- hududiy davlat boshqaruvi va ijroi organlarining “Mahalliy byudjetlar
parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorlari;
- boshqa qonuniy-huquqiy hujjatlar.
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‘lgan muayyan cheklanishlar muhim ahamiyatga
ega.
Mahalliy byudjetlar uchun:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi
lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda:
- mablag‘lar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi byudjetlardan
byudjet ssudalari olish bundan mustasno;
- tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan ortiq xarajatlarni amalga
oshirishga;
91
Vahobov A.V, Malikov T.S. Moliya. –T.: “Noshir”, 2013. - 713 b.
337
- tegishli byudjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy
shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
- yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari
berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar
hokimi tegishli hududda o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashish
asosida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadilar.
Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslari ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yuzasidan birgalikdagi dasturlarni, shu jumladan hududlararo
dasturlarni pul bilan ta’minlash uchun boshqa viloyatlar, tumanlar, shuningdek
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning
moliya resurslari bilan shartnoma asosida birlashtirilishi mumkin.O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasining 7-moddasida aytilishicha, O‘zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar
vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini (20-rasm) byudjet
mablag‘lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit
resurslari va boshqa manbalar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |