manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan
328
byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy
daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu
jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati
jarayonidagina mumkin bo‘ladi
85
. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi.
Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va
vositalari yig‘indisi bo‘lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet
munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga
yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy mazmun-mohiyati jihatidandavlat byudjeti daromadlari –davlat
bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat
markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy
pul munosabatlari hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari esa mahalliy
o‘z-o‘zini boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik
bo‘lgan vazifalarning amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul
fondini shakllantirish bilan bog‘liq pulli munosabatlar shaklidir
86
.
Mahalliy byudjetlarning daromadlari tizimini ikki guruhga ajratish mumkin,
ya’ni mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari
tizimiga.
Biriktirilgan daromadlar – bu byudjet huquqi sub’ektiga tegishli mablag‘dir,
ya’ni yuqori byudjetni chetlab o‘tib, doimiy asosda, qat’iy belgilangan ulushda
yoki to‘liqligicha tegishli byudjetga kelib tushuvchi mablag‘lardir. Biriktirilgan
daromadlar asosini mahalliy soliqlar va yig‘imlar, qat’iy ulushda va doimiy
asosda mahalliy byudjetlarga berilgan umumdavlat solio‘laridan o‘tkazmalar
tashkil etadi. Davlat mahalliy hukumat organlariga ular qaramog‘idagi
biriktirilgan daromadlarning ortiqcha mavjudligini moliyaviy resurs sifatida,
ularga biriktirilgan vazifalarni bajarish uchun taqdim etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Byudjet kodeksiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari
tarkibi quyida keltirilgan 19-rasmda yoritilgan.
Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan,
foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan
daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan
davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni,
meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha
85
Robert D., Lee Jr., Ronald W., Johnson Philip, G.Joyce. Public budgeting systems. Jones&BartlettLearning; 10
edition. USA, 2017. – P. 102.
86
Ракитина И., Берёзина Н. Государственные и муниципальные финансы. Учебник и практикум М: Юрайт - М, 2017.
– 69- с.
329
davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan
tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha
dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan
subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy
transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari
hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari
daromadlariga o‘tkazib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: