Davlatiy moliya


Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: 

  avvalo  yoqilg’i-energetika  kompleksi,  kimyo  sanoati,  mashinasozlik, 

rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek 

transport va telekommunikatsiya sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan 

g’oyat  muhim  loyihalarni  moliyalashtirish,  shu  jumladan  xalqaro  va  xorijiy 

moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini 

qo’shma moliyalashtirish; 

  kelajakda,  birinchi  navbatda  qishloq  hududlarida,  yangi  sanoat  ishlab 

chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish 

va  tiklash  loyihalarini  moliyalash  maqsadida,  shu  jumladan  Davlat  byudjeti 

mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish; 



323 

  yangi  tashkil  etilayotgan  moliyaviy  institutlar  hamda  iqtisodiyotning 

bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega 

bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish

  davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy 

kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash; 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  tasdiqlangan 

modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash  dasturlari  doirasida 

tijorat  banklariga  xorijiy  valyutada  ochilayotgan  kredit  liniyalari  orqali 

investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish

  ayrim  loyihalarning  dastlabki  yoki  yakuniy  texnik-iqtisodiy  asoslarini 

ishlab  chiqishni  grant  asosida  yoki  foizsiz  kreditlar  ajratish  yo’li  bilan 

moliyalashtirish; 

  yangi  zamonaviy  xorijiy  texnologiyalar,  texnika  va  uskunalar  hamda 

strategik  ahamiyatga  ega  bo’lgan  boshqa  tovarlarni  tasdiqlangan  davlat 

dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish; 

  birinchi  navbatda  istiqbolli,  ammo  etarlicha  rivojlanmagan  hududlarda 

ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  infratuzilmasini  shakllantirish  bo’yicha 

ijtimoiy  jihatdan  ahamiyatli  milliy  davlat  dasturlari  va  loyihalarini,  Davlat 

byudjeti  va  investitsiya  dasturining  tasdiqlangan  parametrlari  doirasida,  grant 

asosida moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish); 

  tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya 

dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta 

jihozlash, 

ishlab  chiqarish  quvvatlarining  ishlatilishini  ko’paytirish, 

raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish 

hamda qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni 

qo’shma moliyalashtirish; 

  Jamg’arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog’liq 

bo’lgan xarajatlarni qoplashga. 

Mablag’larni  berish  muddati  va  shartlari  Jamg’armani  boshqarish  bo’yicha 

Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg’arma tomonidan beriladigan kredit resurslari 

bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi. 

Jamg’armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida 

ajratiladi. 

Tijorat  banki  marjasining  eng  yuqori  chegarasi  Jamg’arma  va  tijorat  banki 

o’rtasida  tuziladigan  kredit  shartnomasida  har  bir  loyiha  bo’yicha  alohida 

belgilanadi. 

Ajratilgan mablag’larning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan 

holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan to’lovlar bo’yicha 




324 

qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag’lar hajmining 

10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi. 

Jamg’arma  mablag’lari  hisobidan  birgalikda  moliyalashtiriladigan  import 

kontraktlari  bo’yicha  avans  to’lovlarini  to’lash,  qoidaga  ko’ra,  etkazib  beruvchi 

tomonidan  qayta  moliyalashtiruvchi  tijorat  bankiga  birinchi  darajali  xorijiy  bank 

tomonidan, avans to’lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda 

amalga oshiriladi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish