Temiryo‘1
Jeyms Uatt tomonidan bug1 dvigateli ixtiro qilinganidan so'ng,
muhandislar undan unumli foydalanish va yangi yo'nalishlarda qo'llash
mumkinligi yuzasidan izlanishlami olib bora boshladilar. Lokomobil
deb ataluvchi bug' mashinasida yuradigan g'ildirakli aravalar muvaf-
faqiyat qozona olmadi. Chunki, bug'ning quvvati og'ir yuklarni qiya-
likka olib chiqish uchun kamlik qilardi. Shunda ingliz tog' muhandisi
Richard Tretvik bug'da yuradigan aravani temir relslarga o'rnatishni
taklif qildi va bu taklif o'zini ortig'i bilan oqladi. Ya’ni silliq relslarda bug'
mashinasining yurishi nafaqat tezlashdi, u hattoki bir nechta yo'lovchi
vagonlarini va yuk ortilgan platformalarni ham torta boshladi. Tretvik
o'zining «Nyu kastl» («Yangi qal’a») nomli birinchi parovozini 1804-yilda
yaratdi. Shunday qilib, XIX asrning boshida tem iryo‘1 dunyoga keldi.
O'sha davrlarda temirning bahosi juda qimmat bo'lib, m o'rt bo'lgan
cho'yanli relslar og'ir yukni ko'tarolmay sinib ketardi. Shu tufayli
temiryo‘1 transportining rivojlanishi vaqtincha to'xtab qoldi. Shunga qa-
ramay bir qator muhandislar parovozni takomillashtirish
ustida izlanishlar olib bordilar va ingliz mexanigi Jorj Ste-
fenson tomonidan 1812-1829-yillarda yaratilgan mas-
V s
hinalar eng muvaffaqiyatli bo'lib chiqdi. Birinchi passajir
temiryo‘1 transport! aynan uning nomi bilan bog'liqdir.
Relslarda yuruvchi mashina «lokomotiv», ya’ni
«bug' yordamida harakatga keluvchi» deb
nomlandi.
Stefenson o'zining birinchi
lokomotiviga «Raketa»
deb nom berdi
Rossiyada birinchi parovozni 1833-1834-yillarda ota-
bola mexaniklar Cherepanovlar yaratdilar Cherepanovlar parovozi
13-14 km/soat tezlik bilan yurib, og'irligi uch tonnadan ortiq bo'lgan
ruda ortilgan poyezdni torta oladigan quvvatga ega bo'lgan.
Tez orada temiryo'llar yaqin masofalarga borish uchun mo'ljallangan
yangi modadagi o'yinchoq nomini yo'qota boshladi va ular yer usti
transport! vositalarining asosiy turiga aylana boshladi. Hattoki, temiryo‘1
qurilishi hamda parovoz va vagonlarni ishlab chiqarish juda qimmatga
tushayotgan bo‘lsa-da, tez orada ma’lum bo'ldiki, temiryoNlar qulay
bo'lishdan tashqari arzon transport vositasi ham ekan.
Yangi barpo etilayotgan parovozlarning turlari borgan sari takomilla-
shib, quvvati ham borgan sari osha boshladi. Vagonlar esa borgan sari
og'ir yuklarni ko'tarishga moslashtirilaverdi. O'tgan asr 20-yillarining
boshlarida dizel va elektr lokomotivlar - teplovozlar va elektrovozlar
paydo bo'ldi. Ushbu gigantlarning harakat kuchi ancha vaqtdan beri
bug' bilan bog'liq bo‘lmasa-da, ammo ularning «lokomotiv» degan eski
nomlari hozirgi zamonda ham an’anaga ko'ra saqlanib qolgan.
Elektrovoz -iq tis o d iy sam arasi eng yu q o ri bo'lgan lokom otiv
Do'stlaringiz bilan baham: |