Бухоро давлат университети


ГАВЗАБОНАМОЛАР (BORAGINALES) ҚАБИЛАСИ



Download 12,83 Mb.
bet49/93
Sana10.03.2022
Hajmi12,83 Mb.
#488702
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
ботаника мажмуа2017 7

ГАВЗАБОНАМОЛАР (BORAGINALES) ҚАБИЛАСИ.

Бу қабилага 7 та оила киради.


Гавзабондошлар - Boraginaceae оиласи.

Мазкур оилага 100 туркумга оид, 2000 тур киради. Ўзбекистонда 32 туркумга мансуб 118 тури усади. Улар ер шарининг деярли ҳамма нуқтасида учрайдиган бир ёки кўп йиллик ўт, бута ва дарахт ўсимликлардир. Бир ва кўп йиллик ўтлар устунлик қилади. Барглари оддий, пояда кетма-кет жойлашган. Оилани мухим белгиси, ўсимлик танаси қаттиқ, дағал туклар билан қопланган. Гуллари акти­наморф ёки чигаморф. Гулқўрғони мураккаб. Тўп гуллари қўшалоқ гажжаклардан иборат.


Гул формуласи: *♀♂ Са5 Со5 А5 G(2)

Меваси қуруқ, туртга ёнғоқчага ажралади, баъзи турларининг меваси серсув данакчалидир. Оила вакилларидан оқ тўқли кампирчапон (Тrichodesma incanum), мехригиёх (Оnosma dichorantum), хўкиз тили (Аnchusa italica), майда мевали лаппула (Lappula microcarpa) ва бошқа турлар учрайди. Айрим турлари жуда кенг тарқалган. Кампирчопон (Trichodesma incanum) адирларда созтупроқли ва шағалли eрларда, баъзан ғалла экинлари орасида бeгона ўг сифатида ўсади. Заҳарли ўсимлик.


Аҳамияти: Оиланинг баъзи турлари дори олинадиган, бўёқ ва шира берувчи ўсимликлар. Айримлари бегона ўт сифатида экинлар орасида учрайди. Яна бошқалари эса заҳарли (кампирчопон) ўсимликлардир.
Сигирқуйруқнамолар (Scrophulariales) қабиласи.
Бу қабилага 15 та оила киради.
Сигирқуйрукдошлар (Scrophulariaceae) оиласи.
Бу оилага 300 туркумга мансуб 5000 тур киради. Ўзбекистонда 22 туркумга оид 67 тури усади. Оилага мансуб ўсимликлар таркибида гликозидлар ва сапонинлар бўлади. Сигирқуйрукдошлар оиласига кўп йиллик, 2 йиллик ўт, ярим буталар ва баъзи дарахтлар киради. Гуллари зимогорф ёки актиноморф.
Сигирқуйруқ (Verabscum songoricum L.) 2 йиллик ўсимлик, танаси қалин майин туклар билан қопланган. Ўзбекистонда 4 тури ўсади. Ундан йўталга қарши дори тайёрланади ва шамоллаганда фойдаланилади. Гулидан сариқ буёқ олинади.
Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, gullari barg qo’ltig’ida yoki shingilda, qisman boshoqsimon gul to’plamlaridan joy olgan, qo’sh jinsli, qo’sh gulqo’rg’onli. Changchisi 4 ta, qisman 5 ta, urug’chisi ikkita meva bargidan shakllangan tugunchasi ikkita xonali,gul formulasi Ca(5) Co (5.4) A4,5,2 G(2). Mevasi ko’sakcha urug’i endospermli.
Oilaning O’zbekistonda keng tarqalgan sigirquyruq (V.Songoricum ), ikki yillik, bo’yi 60-120 sm , silindirsimon, to’pgilli ,ko’p yillik ,bo’yi 25-70sm,barglari etli ,poyada navbatlashib joylashgan, gultojisi sariq,adir va tog’ mintaqasida tarqalgan qoramix (Linaria popovii); ko’p yillik o’t bo’yi 25-40sm, poyasi tuksiz sershox ,to’pguli shingilsimon adir va tog’ zonalarining ekin dalalarida begona o’t sifatida uchraydigan takasoqol (Dadortia orientales) kabi turlari mavjud.
Sigirquyruqlarning ko’pchiligi o’tlar yoki yarim butalar , tropiklarda o’sadigan ba’zi xillari daraxt o’simliklaridir. Barglari yongbargsiz , ko’pincha yaxlit bo’ladi va navbatma-navbat yoki qarama-qarshi joy oladi, mutovka-mutovka bo’lib turadi. Gullari rasemoz yoli simoz to’pgullar hosil qiladi,ular shingilsimon ,boshoqsimon, supurgisimon bo’ladi va hokazo. Gullari ikki jinsli,asosan besh a’zoli lekin reduktsiyalanish yoki qo’shilib o’sish tufayli doiralardagi gul a’zolari ko’pincha kamroq bo’ladi (1-rasm). Gultojining shakli va otaliklarining soni juda har xildir. Gultoji g’unchalik vaqtida burmalanmay turadi. Gultoji kamdan-kam vakillarida aktinomorf, ko’pchiligida esa birmuncha zigomorf bo’ladi; u shaklan g’ildirakka, qo’ng’iroqqa, voronkaga, nayga o’xshaydi yoki ko’pchiligida ikki labli bo’ladi, pastki labi uchta gulbargidan, yuqori labi esa ikkita gulbargidan yuzaga kela-di. Ba’zilarida lnyanka (Linaria), itog’iz (Antir­rhinum majus) pastki labi do’ppayib chiqib, gul­toji bo’g’zini bekitib turadi, shunga ko’ra katta va og’ir, uzun hartumli ҳasharotlargina pastki labga qo’nganida uni қayirib, gul ichidagi nektar-ga yo’l ochadi. Otaliklari kamdan-kam vakillaridagina (Verbacum thapsoi-des da) beshta, ular gul­toji pallalari bilan gallanib joylashgan (1-2 rasm). Ba’zilarida orqadagi (yuqoridagi) otalik staminodiyga aylangan (no­richnik — Scrophularia, 2-rasm ), ko’pchiligida bu otalik butunlay taraqqiy qilmaydi, shunda otaliklar 4 ta qoladi, odatda ularning ikkitasi uzun, ikkitasi qisqa (Linney terminologiyasiga ko’ra ikki kuchli otaliklar) bo’ladi; ba’­zilarida 4 otalikning ikkitasi stamiiodiyga aylanadi (avran) va nihoyat, ba’zilarida (Veronica) atigi ikkita otalik qoladi. Onaligi bitta markaziy (median) deb ataladigan ikkita meva bargchadan hosil bo’lgan, o’sha meva bargchalarning o’rta tekisligi -gulning o’rta tekisligiga to’g’ri keladi. Tugunchasi yuqorida turadi, ko’pchiligida ikki uyali bo’ladi, uyalarida anatrop bir talay urug’kurtaklar bor, ular tuguncha to’sig’idan joy olgan qalin platsentalarda turadi.
Ustunchasi bitta bo’lib, ikki pallaga bo’lingan yoki yaxlit tumshuqchasi bor. CHanglanish hasharotlar ishtiroki bilan o’tadi. Ko’pchiligining nektardonlari tugunchasining tagida joylashgan. Mevalari ko’rakcha shaklida bo’lib, odatda to’siqlaridan ajralib ochiladi, ba’zilarida rezavor meva holida bo’ladi. Urug’larida endosperm bor.
Sigirquyruqlar oilasi ituzumlar oilasiga yaqin turadi, ammo gultojining ko’pchiligida zigomorf bo’lishi, g’unchalik vaqtida buklanmay turishi, talayginasidz otaliklarining 1—3 taga reduktsiyalanishi, meva bargchalari qiyg’och turmasdan, markaziy (median) gul te-kisligidan joy olishi va ichki lub qatlamining yo’qligi bilan ulardan farq qiladi.



1-rasm. Sigirquyruqlarning gullari:
1.Verbascum. 2 Scrophularia; 3 Digitalis; 4a va b - Antirrhinum; 5 Linaria; 6 Pedicularis; 7. Euphrasia; 8— Veronica.
Sigirquyruqlar oilasiga 200 ga yaqin avlod va 2600 ra yaqin tur kiradi, ular ikkala yarim sharning asosan o’rta zonasida o’sadi. Talaygina avlodlari rasmana avtotrof yo’l bilan ziqlanishidan yarim parazitlik qilib oziqlanish usuliga o’tgan: ular barglari va xlorofillarini yo’qotmagani holda ildizlarida boshqa o’simliklarninғ ildizlariga teshib kiradigan va o’sha ildizlardan, chamasi faqat suv bilan mineral tuzlarni so’rib oladigan gaustoriyalar hosil qiladi.
Ochanka (Euphrasia), mitnik (Pedicularis), maryannik (Melampyrum)^ pogremka (Rhinanthus) degan o’simliklar shular jumlasidandir va hokazo. Ayni vaқtda ba’zi turlar xo’ja o’simlikni ko’p tanlamaydigan bo’lsa, boshqa turlari ancha ixtisoslashgan bo’ladi. Evolyutsiyaning davom etishi natijasida xo’jan o’simlik organizmdagi organik moddalar bilan oziqlanish usuli kasb etilgan, rasmana parazitlik boshlangan va yer usti vegetativ organlari juda reduktsiyalanib ketgan (petrov krest).
Sigirquyruqlarning iqtisodiy. ahamiyati juda kam. Ba’zi turlari meditsinada qo’llaniladi (angishvonagul, naperstyanka — Digitalis purpurea, sigirquyruq— Verbascum thapsoides), talayginasi boғlarda, gulhonalarda ekiladi. Ўtloқlarda bo’ladigan yarim parazit formalari xashak bo’ladigan o’tlar hosilini kamaytiradi. Sigirquyruqlarning ko’pchiligini mollar emaydi, ba’zi turlari zaharlidir.
Sigirquyruq (Verbascum) yirik-yirik, ko’pincha ikki yillik bo’ladigan o’simliklarning kattagina avlodidir. Ular shaklan g’ildirakka o’xshagan, deyarli muntazam gullar chiqaradi, ko’pchiligining gul-tojisi sariq rangda va juda kalta naychali bo’ladi. Otaliklarn 5 ta» V. thapsiforme, V. thapsus va bizda qumloq joylarda o’sadigan boshqa ba’zi turlarining gullari, ba’zan barglari ham bir oz miqdorda meditsinada balg’am ajratadigan va yo’talni yumshatadigan dori o’rnida ishlatiladi, ularning tarkibida shiliq bo’ladi. Scrophularia ning kuvachasimon mayda gullarida faqat 4 ta otalik bor, 5-si esa stami­nodiy ga aylangan.
Meditsinada Verbascum dan ko’ra Digitalis ko’proq ishlatiladi, bu o’simlikning angishvonagul degan nomi angishvonaga o’xshab ketadigan qiyshiqroq gultojisining shaklidan olingan; Digi­talis da ham, ko’pchilik sigirquyruqlardagidek, atigi 4 ta otalik saqlanib qolgan yuqori (orqa) tomondagi otalik esa yo’q bo’lib ketgan.
G’arbiy Evropada uchraydigan va bizda ekiladigan qizil angishvonagul (D. purpurea) hamda bizda yovvoyi holda uchraydigan sarits angishvonagul (D. ambigua) zaharli bo’ladi va tarkibida yurak kasalliklarini davolashda muhim dori bo’ladigan glyukozidlari borligidan meditsinada ishlatiladi. Melampyrum, Antirrhinum, Linaria, Pedicularis, Euphrasia, Rhinanthus va boshqa talaygina o’simliklarning ikki labli gultojlari yuqorida aytib o’tilgan avlodlarning gul» tojiga qaraganda ancha zigomorfdir. Linaria avlodining L, vulgaris degan turi ekinlarga katta zarar keltiradigan begona o’t va zaharli o’simlikdir. U pixli shoda-shoda sariq gullar va zig’ir barglariga o’xshab ketadigan ingichka-ingichka barglar chiqaradi Janu-biy Evropada uchraydigan itog’iz (Antirrhinum majus) ning har xil navlari bir yillik dekorativ o’simlik o’rnida bog’larda ko’p ekiladi, uning nomi gultojining g’alati shaklidan olingan. Melampyrum x. lodining eng ko’p tarqalgan turi o’rmonlarimizning chetlarida buta» zorlarda, ayniqsa daraxtlarda yarim parazit holida yashovchi ivandamar’ya (Melampyrum nemorosum) o’simligidir



Download 12,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish