8.2. Janubiy Koreyada bozor iqtisodiyoti rivoji
Yangi industrial mamlakatlar ichida eng baquvvati Janubiy Koreya Respublikasidir. YAIM bo`yicha dunyoda o`ninchi o`rinda turadi. Aholi jon boshiga YAIM 15 ming dollardan ko`proq to`g`ri keladi. Ilm sig`imli mahsulotlar yyetishtirish bo`yicha dunyoda yyetakchi o`rinlardan birini egallaydi, sun’iy yo`ldosh uchirgan mamlakatlardan biri bo`lib hisoblanadi. 1999-2003 yillar ichida ta’lim va texnologiya, ilm sig`imli sanoat markazlarini tashkil etish kabilarga 110 mlrd. doll. sarf qilingan .
R
O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А.Каrimоvning 1992 yil iyun, 1995 yil fеvrаl, shuningdеk, 1999 yildа Коrеya Rеspublikаsigа tаshrif chоg`idа 1994 yilning iyunidа esа Коrеya Rеspublikаsi Prеzidеnti Кim Еn Sаnning O`zbеkistоngа rаsmiy tаshriflаri chоg`idа mаmlаkаtlаr o`rtаsidа o`zаrо sаvdо - iqtisоdiy munоsаbаtlаrini rivоjlаnishi uchun huquqiy аsоs qo`yildi vа hаmkоrlikning аsоsiy yo`nаlishlаri bеlgilаb оlindi. O`zbеkistоn vа Коrеya Rеspublikаsi o`rtаsidа “Sаvdо to`g`risidа”, “Invеstitsiyalаrni o`zаrо himоyalаsh vа kеngаytirish to`g`risidа” kаbi bir qаtоr sаvdо-iqtisоdiy, invеstitsiоn vа ilmiy-tехnikаviy bitimlаr imzоlаndi. Hоzirgi kundа O`zbеkistоn vа Коrеya Rеspublikаsi o`rtаsidа хuquqiy-shаrtnоmаviy аsоsgа egа bo`lgаn 22 tаdаn оrtiq hukumаtlаrаrо shаrtnоmа vа hujjаtlаr imzоlаngаn.
ivojlanish strategiyasining muhim tomoni tuzumiy siyosatdir. Bunda turli tarmoqlar va ishlab chiqarishning rivojlanish maqsadiga muvofiqligi tuzumiy o`zgarishlarning ketma-ket ravishda amalga oshirilishi, xarajatlar va natijalarni nazorat qilish amalga oshirilgan. 70 – yillargacha tuzumiy siyosat makroiqtisodiyotning shakllanishiga qaratilgan edi. Agrar islohotlar va sanoat hissasini o`stirishga aloxida e’tibor berilgan. Iqtisodiyotning tuzumiy o`zgarib borishi tufayli sanoatda bir qancha siljishlar yuz beradi. Asosan bu industrial negizda amalga osha boshlaydi. Bundan oldin industriya ahamiyatli bo`lmay, xizmat ko`rsatish sohasi, nomoddiy ishlab chiqarish asos bo`lgan.
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi tuzumiy o`zgarishning asosiy bosqichi va uning o`z o`sishini ta’minlashga asoslanishi industrlashtirishdan iborat bo`ladi. Bunda faqat sanoat tarmoqlarida mashina texnikasiga o`tish bilan chegaralanmay, qishloq xo`jaligini qayta qurish, uni sifat jixatidan yangi rivojlanish bosqichiga o`tish hamda zamonaviy infratuzilmalarni paydo qilishdan iborat bo`lgan.
Iqtisodiy tartiblashtirishda asosan Yaponiyadan o`rnak olingan va bunda Janubiy Koreya Respublikasi ayniqsa ajralib turgan. Bunda iqtisodiy siyosatni asosan sanoat va savdo, moliya, ta’lim, mudofaa, fan va texnika vazirliklari olib borgan. Bularning birgalikdagi faoliyatlarini ta’minlashni iqtisodiy rejalashtirish Kengashi boshqargan. Yaponiyada esa bunday tashkilot Iqtisodiy rivojlanish agentligi deb atalar edi.
Biznes va davlatning o`zaro harakati indikativ rejalashtirish tamoyili asosida olib borilgan. Masalan, Koreyada to`rtinchi besh yillik rejani tuzishda asosan Koreya rivojlanish instituti olimlari ishtirok etgan. Oltinchi to`rt yillik rejalar asosan sanoat va infratuzilmalar ob’ektlarining loyixalarini tuzish bilan chegaralansa, keyingi yillarda ancha murakkablashgan yirik makroiqtisodiy modellar tuzila boshlagan.
Dasturlarni tuzish va amalga oshirishning yuzaga kelgan tizimi davlat va biznesning o`zaro harakat tizimini tashkil etib, bunda sheriklar va qo`llaniladigan usullar ahamiyatlidir. Janubiy Koreya Respublikasida biznesga ta’sir ko`rsatuvchi o`z usulllari ishlab chiqilgan. Bunda davlat tartiblashtirish usullarining standartli yig`ini asos hisoblanadi, qaysiki soliq va kredit-pul, savdo va valyuta siyosati, shuningdek jamg`arilgan resurslarni joylashtirishga undash maqsadida biznesga ta’chir o`tkazish choralar tizimidan iborat. Sanoatni rag`batlantirishning iqtisodiy siyosati importning o`rnini bosuvchi va eksportga mo`ljallangan industriallashtirish strategiyasiga asoslangan. Buning sababi xususiy kapitalga yordam qilish, chet firmalar raqobatidan himoyalash, to`lov balansidagi yetishmovchilikning oldini olish kabilardir. Avvalo bu iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlardan boshlangan. Industriallashtirish chuqurlashib borishi bilan importning o`rnini bosish, kimyo va neftni qayta ishlash, qora metallar, mashina va jixozlar komponentlari kabilarda ham qo`llanila boshlaydi.
Importning o`rnini bosish siyosatini amalga oshirishda qayta taqsimlash jarayoni ishlatilgan. Bunda qishloq xo`jaligi va qazib olish sanoati, savdo sharoitlarini sanoat foydasiga o`zgartirish, chet kapitalini bunga qaratish usullari qo`llanilgan. Ikki xil nazorat ishlatilgan: savdo va valyuta usullari. Import qilinadigan tovarlarga nisbatan milliy valyuta kursining sun’iy ko`tarish yo`li bilan narxi oshirilgan.
Davlatning iqtisodiyotdagi aralashuvi ham o`ziga xosdir. Koreyada u faoliyatlidir. Bu tartiblashtirishda, tadbirkorlikni qo`llab-quuvatlashda o`z aksini topadi. 80-90 yillarda ishlab chiqarish quvvatlariga munosabat o`ziga e’tiborni tortadi. 80 – yillar oxiri va 90 – yillar boshida ba’zi tarmoqlarda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari paydo bo`ladi va bularni ishdan to`xtatish ma’qul topiladi. Bular asosan elektronika sanoati, mineral o`g`itlar ishlab chiqarish va boshqalardan iborat edi. Buning uchun maxsus depressiv kartellar tuziladi. Kartellar hukumat qo`llashi tufayli mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish va korxonalarda eng samarali bo`limlarni saqlab qolish to`g`risida o`z xohishlari bo`yicha kelishadilar. Shu bilan birga ortiqcha quvvatlarni sotish yoki yo`nalishini o`zgartirish to`g`risida ham ihtiyoriylikka kelishilinadi. Depressiv kartellarning faoliyatini tijoriy banklar hukumat kafolatligi asosida moliyalashtiradi. Ortiqcha quvvatlarni yo`q qilishda yangi ish joylarining manbai bo`lib kichik biznes xizmat qiladi.
Kichik biznes bozor iqtisodiyoti uchun tizimlashtiruvchi omil bo`lib hisoblanadi. Bu sektorga 100 nafargacha band bo`lgan mayda va o`rta korxonalar kiradi. Yirik korxonalarning o`zgarishi ham o`z xususiyatiga ega. Agar 1963 – yilda 100 kishigacha band bo`lgan korxonalar Janubiy Koreada 1,9 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1976 - yilga kelib ular, barcha korxonalar ichida 12 foizga yetdi. Yirik korxonalarning yetishtirgan mahsuloti xajmi esa shu yili 86 foizgacha ko`paygan. Bunday harakat keyingi yillarda ham davom etgan.
Iqtisodiyotda erkinlikka yo`l berish va davlat aralashuvini qisqartirish yo`nalishi asosan 80-yillarda boshlanadi. Bunda aksiyalarni ochiq sotish, davlat korxonalarini boshqarishning xususiylashtirish, ijara, oldindan belgilangan insestorlarga aksiyalarni sotish, korxonalarni maydalash, davlat korxonalariga xususiy investitsiyalarni kiritish, davlat mulkini auksion tarzda sotish, korxonalarni o`z boshqaruvchisi yoki boshqa xodimlari tomonidan sotib olishi keng ko`lam ola boshlaydi.
Avvalo korxonalarni sotish qimmmatga tushib, byudjetga foydali bo`lmay kelgan. Ikkinchi tomondan xususiylashtirilgan korxonalar ichida monopollashuvni rag`batlantirgan.
Janubiy Koreada qisman xususiylashtirish muvaffaqiyatli bo`lib, bunda assoan aksiyalar ko`pchilikka sotilgan. Shu bilan birga oldindan norentabelligi aniq bo`lgan korxonalar qurilishi to`xtatilgan. Xususiylashtirishda chet kapitalining qatnashuvida moslashuvchanlik usullarini ishlatish qo`l kelgan.
Tashqi savdoda rivojlangan mamlakatlar bozoriga chiqish ahamiyatlidir. Shu bilan birga bu mamlakatlarning Janubiy Korea bozorlariga mahsulot chiqarishni ko`paytirish ikki tomonlama foydalidir. Chunki rivojlangan mamlakatlarning Janubiy Korea kabi mamlakatlarga nisbatan proteksionizm siyosatini qo`llash umumiy rivojlanishga salbiy ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |