7.4.1.-jadval
Mintaqalar va mamlakatlar bo`yicha ta’sischi – korporatsiyalar va ularning chet elllarda shahobchalari miqdori
Mintaqa/mamlakat
|
Yil
|
Mamlakatda joylashgan ta’sischi korpora-tsiyalar
|
Mamla-katda joylash-gan chet el firmalari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Rivojlangan mamlakatlar
|
|
43442 v
|
96620
|
G`arbiy Yevropa
|
|
33302
|
63782
|
Yevropa Ittifoqi
|
|
27846 v
|
54875
|
G`arbiy Yevropa va boshqa mamlakatlar
|
|
6044
|
9111
|
Yaponiya
|
2001
|
4821
|
3241
|
AQSH
|
2001
|
3838
|
2001
|
Boshqa rivojlangan mamlakatlar
|
|
2530
|
10916
|
Rivojlanayotgan mamlakatlar
|
|
11421
|
2509
|
Afrika
|
|
42
|
375
|
Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasidagi mamlakatlar
|
|
1341
|
2323
|
Yevropaning o`tish davri mamlaktalari (Xorvatiya, Sloveniya, sobiq Yugoslaviya)
|
|
1482
|
6045
|
Janubiy, Sharqiy va Janubi – Sharqiy Osiyo
|
|
7324
|
214621
|
Koreya Respublikasi
|
2002
|
48059
|
4120
|
Xitoy
|
2002
|
379452
|
175112
|
G`arbiy Osiyo (Bahrayn, Ummon, Saudiya Arabiston, Turkiya, Markaziy Osiyo)
|
|
555
|
2790
|
Tinch okeani (Fidji)
|
2001
|
-
|
1198
|
Markaziy va Sharqiy Yevropa
|
|
980
|
141612
|
Butun dunyo bo`yicha
|
|
5930
|
471719
|
Yaponiya korxonalarida texnika xavfsizligi darajasi juda yuqori. Bularning barchasi ish kuchi sifatining yuqoriligi va buning raqobatbardoshlikka ta’siri kattaligini ko`rsatadi.
Keyingi yillarda Yaponiya ishlab chiqarish menejmenti tizimi va boshqarishda bir qancha takomillashuv amalga oshmoqda. Bunda “Toyotizm” yangi modeli ahamiyatlidir. Buni ishlab chiqqan Toyota firmasidir. Yangi tizim standartlikning ustuvorligini saqlagan xolda diversifikatsiyalashgan mahsulotlar sifatini ko`tarish va moslashuv darajasini ko`tarish imkonini beradi. Ma’lumki, fordcha ommaviy mahsulot ishlab chiqarish modeli vaqtlarida bir qancha qiyinchiliklarga duch kelib, o`zgarish talab etgan xolda yangi texnologiyalarni yuzaga keltiradi.
Yangi tizimda “albatta o`z muhlatida” va “sifatni total nazorati” usulari ishlab chiqarilib, bular kompaniyalar bilan ta’mineotchlar o`rtaisda jips aloqani talab etadi. Ishlab chiqarishni ilmiy asosda olib borish, dizayn, injiniring va sanoat ishlab chiqarishini integratsiyalashuvi hamda yagona ishlab chiqarish jarayoni sikliga aylantirish yuz beradi. Iste’molchilar va talab me’yoriga katta e’tibor beriladi. Bunday sharoitda inson resursi menejmenti yangi talablarni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga ishchilarning malakasi, mutaxassisligi to`xtovsiz takomillashib borishi zarur bo`ladi.
Pravodgi “Toyotizm”dan kelib chiqadigan natija zarur mahsulotlarning zarur miqdorda va zarur vaqtda ishlab chiqarilishini ta’minlashga to`la erishuvdan iboratdir. Bu tizimda avtomatlashuv, ya’ni aqlli mashinalar yaratish va defektni avtomatikaning o`zi boshqarishi, bir vaqtda bir necha modellarni yig`ish, buyurtmachilar bilan ta’minotchilar o`rtasida axborot doimiyligini ta’minlash kabilar asos hisoblanadi.
Toyota avtomobil kompaniyasida qo`llanilgan bu ishlab chiqarish menejmenti tizimi boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan va sanoatda inqilobiy o`zgarishlarga olib keldi.
Ilgаri Yapоniya tехnоlоgiyasini bоshqа mаmlаkаtlаr bilаn istаr – istаmаy bаhаm ko`rgаn. Birоq, endi vаziyat o`zgаrа bоshlаdi. Yapоniya bo`yichа mutахаssis Rоnаld Моrzеning fikrichа, “Ulаr yangi industriаl mаmlаkаtlаrning iqtisоdiy kuchаyishigа yordаm bеrаdi hаmdа shu tufаyli u еrlаrdа siyosiy vа strаtеgik tаyanchgа egа bo`lаdi”.
Yaponiya kompaniyalaridagi boshqaruv usuli qisqa vaqtda foyda olishga emas, balki foyda olishning doimiyligini ta’minlashga qaratilgandir. Shuning uchun Yaponiya menejmenti G`arbiy menejmentdan ko`p tomonlama farqlanadi.
Yaponiya menejmenti dunyoda eng ilg`or hisoblanadi va u to`xtovsiz takomillashib boradi, og`ir holatlarga moslashuvchan bo`lib, Yaponiya kompaniyalarining raqobatdoshligini ta’minlashda katta o`rin egallaydi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda Yaponiya iqtisodiyoti boshqaruvi tajribalarini o`rganib borish va foydalanish usullarini belgilab borish ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |