Filippin
|
Tailand
|
Malayziya
|
YAIM: 1995-1996 y., %
YAIM aholi jon boshiga, 1993 y., AQSH doll.
Aholi, mln.
Savodsizlik, %
Inflyatsiya 1980-1993 y., %
Sanoat hissasi, % YAIMda 1995 y.
Qishloq xo`jaligi YAIMda, 1995 y.
Xizmat ko`rsatish sohalari, YAIMda 1995 y.
|
7,2
7,1
740
187,2
23
8,5
15
16
40
|
5,6
6,2
850
64,8
10
13,6
30
21
42
|
8,6
8,5
2110
58,1
7
4,3
40
11
48
|
9,2
8,3
3140
19,0
22
2,2
42
12
40
|
Jadval raqamlaridan ko`rinib turibdiki, bular ichida eng yirik mamlakat Indoneziya, uning ketidan deyarli bir xil Filippin va Tailanddir. Aholisi kami Malayziya, lekin iqtisodiy taraqqiyot darajasi Malayziyada eng yuqori va Indoneziya hamda Filippin bir-biriga yaqin, nisbatan orqada hisoblanadi. Lekin umuman rivojlangan Osiyo mamlakatlariga nisbatan rivojlanish darajasining farqi katta. Bu ayniqsa YAIMning aholi jon boshiga to`g`ri kelishiga taalluqlidir. Lekin iqtisodiy o`sish darajasi bo`yicha ko`rsatkichlar yomon emas va erishilgan daraja ham diqqatga sazovor hamda bu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Bu mamlakaatlar uchun tuzumiy o`zgarishlar kattaligi tavsiflidir. Ayniqsa qishloq xo`jaligining YAIMdagi hissasini kamayishi, xizmat ko`rsatish tarmoqlarining tezlik bilan o`sishi ko`zga tashlanadi. Eng muhimi yuqori texnikali va ilm sig`imli tarmoqlarning paydo bo`lishi va hissasining ortib borishi e’tiborlidir. Bularda ham ish kuchiga e’tibor va buning uchun ta’lim sohalarining rivoji, bu tarmoqlarga xarajatlarning ortib borishi ijobiy holatdir. Eng muhimi industriallashtirish darajasining tezlashuvi va bunga xos ishlarning amalga oshuvidir.
Bu mamlakatlarda qarzli sarmoyalarning keng jalb etilishi hamda chet investitsiyasidan katta foydalanish albatta balans yetishmovchiligi va bu bilan bog`langan muammolarning mavjudligini yuzaga keltiradi. Shuning uchun iqtisodiy faoliyatda inqiroz holatlariga duch kelib, uni xal qilib borish ahamiyatlidir. Bu ayniqsa, eng yirik bo`lgan Indoneziyada sezilarlidir. Xatto bu mamlakatda, shuningdek Filippinda siyosiy inqirozga ham olib kelgan. 70 – yillar o`rtasidagi Sharqiy va Janubiy-Sharqiy mamlakatlarida yuz bergan keng xajmli moliya inqirozi juda ta’sirli bo`lgan.
Osiyoda ancha taraqqiy topgan Malayziyada ham 1998 – yili hech kutilmagan og`ir inqiroz holati yuz bergan. Bu to`la xajmli iqtisodiy inqirozga aylanib, siyosiy inqirozni yuzaga keltirgan. Natijada davlat va xususiy investitsiyaning pasayishi, ichki ishlab chiqarish va talabning pasayishi, shuningdek tashqi bozorda elektron va elektrotexnik sanoati mahsulotlariga talabning qisqarishiga olib kelgan, Malayziya eksportining 80 va 67 foizini tashkil etgan. Bu valyuta siyosatining kuchayishi va dollarga nisbatan milliy valyutaning belgilangan kursi qo`llanilishiga olib kelgan.
Bu inqiroz Tailandga nisbatan kam ta’sir ko`rsatgan va bu sohadagi ko`rilgan tadbirlar mamlakatda samaraliroq bo`lgan.
Davlat sektori harakatini olsak, bu Filippinda 70-80 yillar ichida 10 barobar ko`paygan. Bu asosan zarar bilan ishlovchi korxonalarni sotib olish hisobiga bo`lgan. Hozir davlat sektorida ko`mir qazish, kemasozlik, po`lat quyish, to`qimachilik, qand, qurilish, mehmonxona tarmoqlari mavjud.
Indoneziyada ham davlat sektori keng xajmlidir. Agar 50-yillarda faqat ikkita korxona davlat ihtiyorida bo`lsa, 90-yillarga kelib 200 taga yetgan. Asosan neftni qayta ishlash, neft-kimyo, o`g`itlar ishlab chiqarish, po`lat, alyuminiy, sement, asosiy kimyo tovarlari, kemasozlik tarmoqlari mavjud.
Sharqiy-Janubiy Osiyo mamlakatlarida davlatning asosiy ta’siri ko`proq tuzumiy o`zgarishlarda ishtirok etish, korxonalar yo`nalishini aniqlash va ularni o`zgarishda qatnashuv, ortiqcha quvvatlarni yo`q qilishga qartiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |