7.2. Iqtisodiy “mo`jizada” milliy xususiylik ahamiyati
Yaponiyaning nisbatan qisqa vaqt ichida qoloqlikdan chiqib, katta ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`liga o`tib, dunyoda yyetakchi mamlakatlarga aylanishi, iqtisodiy rivoj darajasining juda yuqori bo`lishligi, buyuk iqtisodiy salohiyatga ega bo`lib, dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o`rinni egallashi “mo`jiza” nomini olgan.
Bu “mo`jiza”da albatta milliy xususiyatlarning o`rni kam bo`lmagan. Milliy urf-odatdagi o`ziga xoslik tomonlardan tartiblilik, sharqiy tarbiya kabilar, oilada, katta-kichik o`rtasidagi munosabat, umumiy birlik, ayol va erkak munosabatlari kabilarning iqtisodiy faoliyatga ta’siri bo`lgan. Bunda itoatkorlik xususiyatining ijobiy tomonlari ko`p bo`lgan. Oilaviy bir-birini qo`llash, ishonch kabilar mavjud bo`lib, kompaniya, firmalar xatto oilaviy-klanlik asosida tashkil topishi kabilardir. Birgalikda ish tutish, har bir harakatning bir-biriga bog`liqligi, o`z vaqtida ijro etishlik xususiyatlarining iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni albatta katta. Milliy o`zgalikka qo`shni Xitoy va Koreyaning ta’siri katta bo`lgan. Ma’lumki, asriy qo`shnilik diniy, urfiy umumiylik, iqtisodiy aloqalar albatta o`z izini qoldirgan. Shu bilan birga bu mamlakatlarning Yaponiya asoratida bo`lishining ham ta’siri bo`lgan.
Aytish mumkinki, bu xususiyatlar Yaponiya iqtisodiy “mo`jiza”da ijtimoiy hayot ta’siri sifatida yuz bergan. G`arbdagilarning bunday holatga “yagona oila” deb nom berishida albatta jon bor. Chunki Yaponiya “mo`jiza”sida milliy birlik ta’siri bo`lib, Yaponiya kompaniyalari buni yapon xalqiga xos sinfiy dunyo tariqasida foydalanishga urinilgan va g`oyaviy turtki sifatida ishlatilgan. Ma’lumki, G`arb va Amerika bilan raqobatda albatta millatni birlashtirish, jipslashtirishda qo`l kelgan. Yaponiya kompaniyalari esa bundan o`z manfaatlariga qaratgan xolda korxonalarini “ikkinchi oila” sifatida foydalanib, ishchi-xizmatchilarni o`ziga jalb etishda bu g`oyani keng qo`llashga harakat qilganlar. “Ikkinchi oila” g`oyasi yapon menejmentida katta o`rin egallaydi. Buning natijasi shuki, yollanuvchi kopaniyada deyarli umrbod band bo`lishi kerak. Ish joyini almashtirish faqat kompaniya ichida bo`lib, kompaniyadan chiqib ketmasligi kerak, ya’ni u kompaniyani oilaga o`xshatib, doimiy bog`langan bo`lishligi talab etiladi. Bunday tartib G`arbda tushunilishi qiyin. Chunki bu yerda ishchi-xizmatchilarning ish joylarini o`zgartirishi odatiy tusda bo`lib, erkin xolda kompaniyalarni almashtira oladilar, kompaniyalarni o`z istagi bo`yicha o`zgartiraberadilar va ularni shaxsiy bog`liqlik tomonlari yo`q.
Yaponcha “ikkinchi oila” tartibining qo`llanilishida katta ustunlik mavjud. Chunki kompaniya ichida ish joyini o`zgartirish kompaniya bilan yaxshi tanishish, uni maqsadini, tizimini to`liq tushunish imkonini beradi. Kompaniya faoliyatini to`la xolda bilish, ayniqsa boshqaruvchi menejerlar uchun zarurdir. Yirik Yaponiya “Masusita Denki» kompaniyasining asoschisi Masusita bu sohada quyidagilarni ta’kidlaydi:
1.Siz bilan ishlaydigan odamlarni oilangiz a’zolari deb biling. Muvaffaqiyat avvalo ish bilan bog`liq bo`lgan odatlarning bir-birini yaxshi tushunishlariga bog`liqdir.
2.Tovarlarni sotilgandan keyingi ko`rsatiladigan xizmatlar undan oldingilariga qaraganda qadrliroqdir. Chunki bunday xizmatlar doimiy mijozlarni shakllantira oladi.
3.Iste’molchiga o`zini jalb etadigan tovarlarni emas, balki ularga foydali tovarlarni soting.
4.Faqat xalol ishlashning o`zi kifoya emas. Qanday ishni bajarishdan qat’iy nazar, o`zingizning ishingiz uchun yagona javobgar ekanligingiz to`g`risida o`ylashingiz kerak.
5.Agar foydasiz ishlasak, bu jamiyat oldidagi jinoyatdir. Jamiyat kapitali, uning odamlari, uning materiallaridan foydalanamiz, foydasiz ularni bekorga sarf etamiz, boshqa joyda bo`lsa ulardan samarali foydalanishgan bo`lishar edi.
Albata bunday tartib o`z vaqtida samarali bo`lib, G`arb kompaniyalariga ta’sir ko`rsatgan. Davr o`zgarishi bilan erkin bozor munosabatlarining ta’siri kuchayib, bunday odatlar ta’siri ham o`zgarib, takomillashuvi kerak.
O`z vaqtida yaponcha monopoliyalarning asosini klan-oilaviy firmalar tashkil etib, ularning har biri o`nlab kompaniyalarni birlashtirgan. So`ngra ular Ikkinchi Jahon urushidan keyin Amerika va G`arbiy Yevropa kompaniyalari tamoyili asosida o`zgartirilgan xolda tashkil etilgan.
Yaponiya moliya tizimida aholi jamg`armalarining o`rni katta. Banklarga ishonch yuqoriligi natijasida ular bank jamg`armalarining 20 foizini tashkil etadi va kredit tizimida salmog`li o`rinni egallab, iqtisodiy rivojlanishda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |