“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet72/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

9.2.1-jadval
Xitoy sanoatining o`sishi (% hisobida)

Sanoat

1979 y.

1980 y.

1990 y.

2015 y.

Davlat sektori
Nodavlat sektor

8,9
8,4

5,6
22,2

3,0
12,7

8,4
26,6

Jami

8,8

9,3

7,8

21,5

Jadvaldagi raqamlardan ko`rinib turibdiki, ayniqsa 1995 yilda davlat sektorida o`sish faqat 8,4 foizga teng bo`lsa, nodavlat sekttorida o`sish 26,6 foiz bo`lib, buning hisobiga XXRda 21,5 foizga yetgan. Bu nodavlat sektorida ustunliklar mavjudligidan dalolat beradihamda tuzumiy o`zgarishlarga olib keladi. Agar mamlakat sanoat yalpi mahsulotida davlat sektori hissasi 1978-1996 yillar ichida 77,6 foizdan 28,5 foizgacha pasaygan bo`lsa, nodavlat sektori esa 22,4 foizdan 71,5 foizgacha ko`tarilgan.


Xitoy islohotida ikki turli yo`nalishli harakatni ko`rish mumskin. Biri uni tezlatish uchun qaratilgan bo`lsa, ikkinchisi orqaga qaytish yoki islohotni sekinlashtirishga qaratilgandir. Bunda birida davlat erkinlikni qo`llasa, ikkinchisida tartiblashtirish, chegaralash choralarini qo`llaydi. Masalan, 1993 yilgi siklni olsak, dalvat choralari islohotni mikrodarajada kuchaytirish va davlat korxonalariga taalluqli bozor munosabatlari mexanizmlarini kiritish ko`zlangan edi. Shuningdek makro darajada bank va soliqlarga qaratilgan tadbirlar belgilangan bo`lib, 1994-1995 yilgi yuqori darajadagi inflyatsiya tufayli bular amalga oshmay qoladi. Chunki ijtimoiy buzilish xavfi bor edi.
Bank tizimini olsak, bunda ham shunday. Aytaylik, Xitoy xalq banki haqiqiy mamlakat markaziy bankiga aylanib, uning faoliyatiga markaziy va mahalliy hokimiyat aralashmasligi kerak bo`lib, u banklar ishini koordinatsiyalashi kerak edi. Lekin bu amalga oshmay, eskicha qoladi. Shuningdek bu bankda ko`zda tutilgan ma’muriy o`zgarishlar ham amalga oshmaydi.
Soliq tizimida ketma-ketlik ko`proqdir. 1994-yildan boshlab barcha xil mulkdagilardagi korxonalarga daromad solig`i 33% belgilanadi. Ilgari davlat korxonalarida 55% va individual korxonalarda 60% edi. Shu bilan birga davlat korxonalaridagi soliq to`lashda pudrat tizimi yo`q qilinib, endi ular bir xil stavka bo`yicha soliq to`laydilar. Boshqa xil soliqlarda keskin o`zgarishlar yuz beradi. Buning ichida eng salmog`lisi qo`shilgan qiymat solig`i bo`lib, bu ishlab chiqarish, savdo, importlarga taalluqlidir. Uning negiziy boshlang`ich stavkasi 17%dan iborat. Aksiz solig`i qisqarib, import tovarlarga to`lanmaydi.
Keyingi islohot yo`nalishi byudjetlararo munosabatlarga taalluqlidir. Bunda hududiy moliyaviy pudrat tizimi bekor qilinadi va u ikki kanallilik tizimi bilan almashtiriladi. Bunda turli darajadagi byudjet o`rtasidagi daromadlar manbai to`la ajratiladi.
Davlat korxona va banklarini isloh qilish bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Bunda ishsizlik muammosi kuchayadi. Chunki yangi joylar tashkil etilishi orqada qoladi. Shuning uchun ham davlat mayda korxonalar davlat mayda korxonalar sotilishini sekinlashtirish, ba’zi joylarda to`xtatib turishni tavsiya etadi. Turar-joy islohotida ham shunday holatni ko`rishimiz mumkin va tekinga joy berish o`rniga ipateka kredit tizimini kiritish tavsiya etiladi. Bunga ajratilgan sarmoyani esa mahalliy hokimiyatdagilar ishdan bo`shalgan xodimlarga nafaqa tarzida to`lashni afzal ko`rishgan.
Lekin xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor munosabatlari bilan bog`langan islohotlar ijobiy ta’sir ko`rsatib, Xitoy iqtisodiyotida katta o`sishlarga olib kelmoqda.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish