10.2.O`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy tomonlari
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o`tish iqtisodiyoti mamlakatlari qatoriga kiradi. Chunki bular ham 80 – yillardan boshlab ma’muriy-komanda iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan davlatlardir. Bular o`tish muammolarini tizimli islohot yo`li bilan xal qilmoqdalar. Lekin tizimli islohotning turli modellarini qo`llab, bu ichki va tashqi iqtisodiy sohalarda mos kelmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish zaruriyat bo`lib, bu har tomonlama bozor munosabatlarining ustunligi bilan taqozo etilib, sotsialistik iqtisodiyot tarixiy davr bo`lib qolayotgan edi. Chunki mehnat unumdorligi, aholi turmush sifati va umuman ijtimoiy-iqtisodiy tizim samaradorligi bo`yicha sotsialistik iqtisod noloyiqligini amalda ko`rsatgan edi.
Bunday o`tish muammolari tarixan birinchi marta yuz berib, hech qanday tajriba va ichki, tashqi ziddiyatlar tufayli ko`p xatolarga yo`l qo`yilayotgan edi. Bundan tashqari mamlakat boshlang`ich holati turli va sharoitlar bir xil emasligi ham o`z ta’sirini ko`rsatgan edi.
Tizimli islohot deyilishining sababi bir xil ijtimoiy tizimdan umuman boshqa bir-biriga qarama-qarshi tizimga o`tishdan iborat bo`lib, bu o`z ahamiyatiga ko`ra inqilobiy o`zgarish edi va qisqa muddat, ya’ni bir necha yillar ichida tizimiy o`zgarishlar yuz beradi. Bozor iqtisodiga o`tish va uni vujudga keltirish turlicha bo`lishi mumkin. Bu siyosiy tartibga juda kuchli ravishda bog`liqdir. Shu bilan birga siyosiy kuchlar turliligi ham ahamiyatlidir. Tizimli islohot modelini belgilashda siyosiy tartibni o`zgartirish yoki uni saqlagan xolda islohotni amalga oshirish talab etiladi. Xitoy va Vetnamda siyosiy tartib saqlangan xolda asta-sekin bozor munosabatlariga o`tish amalga oshirilmoqda. Boshqa sotsialistik iqtisodli mamlakatlarda bu jarayon siyosiy tuzumning o`zgarishi bilan boshlanadi.
Shunday qilib, tizimli islohotning ikki xil modeli mavjud bo`lishi mumkin. Biri radikal, ikkinchisi ketma-ket islohotdir. Radikal usulda keskinlik, keng va tez ravishda o`zgarishlarni amalga oshirib, “xushdan ketish terapiyasi” nomini olgan mazmunda ish ko`rish asos hisoblanadi. Bu yo`l bilan bozor iqtisodiga o`tish va uni qurish juda tez amalga oshuvi kerak.
Asta-sekin asosdagi tizimli islohotda nisbatan uzoq cho`ziladigan va keskin bo`lmagan o`zgarishlar tufayli amalga oshiriladigan yo`lni tanlashdan iboratdir. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida mavjud rejali taqsimot xo`jaligi mexanizmini birdaniga yo`q qilishdan boshlandi. Xali bozor institutlarining yuzaga keltirishdagi faol harakat boshlanmasdan yo`q qilish albatta katta yzqotish va qiyinchiliklarni yuzaga kelishiga olib keladi. Bu bir sektorli iqtisod bo`lib, bozor munosabatlaridan iborat edi. Chunki eski rejalashtirish, markaziy-ma’muriy asosdagi taqsimot deyarli o`z faoliyatini to`xtatgan edi. Asta-sekinlikda esa ikik sektorli iqtisodiyat, ya’ni eskisi ham, yangisi ham to nozarur bo`lguncha ishlashi kerak edi. Yangisi bozor mexanizmlari voyaga yetmaguncha, eskisida esa ma’muriy taqsimotdan foydalanib turishi kerak edi. Rejali mexanizm o`z o`rnini bozorcha taqsimotga asta-sekinlik bilan kiritish yo`lini tutsa dualizm mavjud bo`lib, radikallik tarzida bozor qurilishi amalga oshuvi mumkin.
Agarda siyosiy hokimiyat birdan o`zgarib, eski tizim yo`q qilinadigan bo`lsa, eski iqtisodiy mexanizmlar harkatdan to`xtaydi. Yangisi esa uning o`rnini egallashga ulgurmaydi. Chunki bozor mexanizmlari shakllanib ulgurmay to`la harakatda bo`la olmaydi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida xali sobiq SSSRga o`xshagan shunday vaziyat yuz beradi.
Dualizm iqtisodini qo`llash albatta amaliy jixatdan oson emas. Chunki bular avvalo boshqa-boshqa tizim va eskisi ruhan zaif, chunki yo`q bo`lishga maxkum, yangisi esa tajribasiz va zaif. Eng muhimi bu sohada tajriba bo`lmay, aniq shakl, kelishuv usullarini belgilash va ularni qo`llash oson emas.
Lekin baribir bu jarayon Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sobiq SSSR respublikalari asosida yuzaga kelgan mamlakatlarga nisbatan boshqacharoq va yengilroq ko`chadi. Buning sababi ham bu mamlakatlarda xususiylik mavjudligi va uning yo`q bo`lib ketmaganligi hamda rejali-ma’muriy usuldagi xo`jalik tizimining nisbatan qisqa davr ichida mavjud bo`lishidir. Aytaylik, qishloq xo`jaligida jamoatlashtirishning to`la bo`lmaganligi, hunarmandchilik, kosibchilik qisman xususiy tarzda mavjudligi, rejalashtirishning ham juda to`la xajmli emasligi, xususiy savdoning mavjudligi kabilar. Bundan tashqari G`arbiy Yevropaning yonida bo`lib, uning ta’siri mavjudligi ham bozor ustunligini ko`rsatishiga olib kelgan. Mamlakatlarning kichikligi ham bu sohada ma’lum darajada o`z o`rniga ega bo`lib, o`zaro kelishmovchilikning yo`qligi (Yugoslaviyadan tashqari), G`arb bilan kam xajmda bo`lsa ham iqtisodiy aloqalar olib borilganligini ham e’tiborga olish mumkin.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish bilan bog`langan islohotlarni asosan to`rt guruhga bo`lish mumkin:
1.Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash – soliq va kredit siyosatlari to`g`ri yo`lga qo`yish.
2.Iqtisodiyotni erkinlashtirish – ichki baholarni isloh etish, tashqi savdoni erkinlashtirish, resurslar taqsimoti, ish haqi, mehnat bozori, moliyalarni erkinlashtirish, bank tizimini isloh etish va h.k.
3.Tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish – privatizatsiya, nodavlat mulklarini rivojlantirish, monopoliyaga barham berish va tuzumiy-shakliy o`zgarishlarni amalga oshirish.
4.Davlat rolini o`zgartirish – qonunlar, institutlar, davlat moliyasi va soliqlashtirishlarni isloh etish.
Qisqa muddatli davr ichida bu vazifalar ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin. Aytaylik, inflyatsiyaning o`zi investitsiyani susaytiradi, chunki u rag`batlantirmaydi. Bu esa tuzumiy o`zgarishlar sharoitini yomonlashtiradi. Inflyatsiyaga qarshi siyosat ham iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir etishi mumkin. Chunki qat’iy, cheklantiruvchi siyosat, aynan muomaladagi pul miqdorini kamaytirish, kredit foizlarini ko`tarish kabilar iqtisodiyotni jonlantirmaydi, balki harakatini susaytiradi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bozorni shakllantirish bilan bog`liq jarayonlar birinchi navbatda erkinlashtirish bilan bog`langan edi. Iqtisodiyotda davlat monopoliyasiga barham berish 80 – yillardayoq boshlanib, 90 – yillarda Yakunlangan edi. Vengriya, Polsha, sobiq Yugoslaviyada 90 – yillar boshidayoq tovarlar, xizmatlarning ko`pchiligiga baholar chegaralanishi bekor qilingan edi. Barcha bu mamlakatlarda yangi xususiy tadbirkorlik korxonalari uchun to`la yo`l ochilib, chegaralar olib tashlanadi. Direktiv rejalashtirish yo`q qilinib, iqtisodiy vakillarning chet mamlakatlar bozorlariga chiqishlari uchun ruxsat beriladi. Bu tashqi savdoni rivojlantirish uchun chet sheriklar bilan xo`jalik aloqalari o`rnatish imkonini beradi.
Fond birjasi, tijorat banklari, nomonopolistik tartiblashtirish, bankrotlik qonunlari kabi bozorga xos yangi institutlar paydo bo`la boshlaydi. Erkinlashtirishning kengayib borishi bilan YAIMda davlat hissasi pasayib boradi. Lekin bunda ehtiyotkorlik sababli o`sish to`xtaydi. Chunki davlat ijtimoiy vazifalarni saqlash maqsadida daromadni taqsimlashda o`z ishtirokini saqlashga harakat qiladi.
Bozor munosabatlariga o`tish va baholar nazoratini yo`q qilib, uning erkin harakatiga yo`l ochish inflyatsiyaning kuchayishiga olib kelib, xatto Polsha, Bolgariya va Xorvatiyada giperinflyatsiyagacha yetib boradi. Lekin Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarini juda tez va bir-ikki yil ichida bundan qutilib nisbatan toqat qilsa bo`ladigan darajaga tushurishga ulguriladi. Lekin Bolgariya va Ruminiyada kuchli inflyatsiya ancha uzoq cho`ziladi.
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bunday sharoitda eng muhim vazifa edi. Bunga qaratilgan choralar byudjetni qat’iy chegaralash, xatto ma’lum vaqtgacha aholi daromadini qotirib qo`yish va bunda valyuta kursidan faol foydalanish yo`li bilan narx-navoga ta’sir o`tkazish kabilar qo`llaniladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish esa jahon narxi darajasiga chiqish, ichki bozorda raqobat darajasini ta’minlash va mahalliy monopol korxonalarning narx-navoga bo`lgan ishtahasini so`ndirishga yordam qilish kerak edi.
Inflyatsiyaga qarshi dasturlarni qo`llab uni nazorat qilinadigan darajada saqlab turish mumkin edi. Lekin amalda uni 20-40 foizga yetkazgan xolda undan pastga tushurishga erisha olmadilar. Rejali – markaziy tizimdan qolgan tuzumiy nomutanosiblik mavjudligi va haqiqiy raqobat muhiti yaratilmaganligi bunga asosiy sabab bo`lgan.
Moliyaviy barqarorlik Markaziy Yevropa mamlakatlarida ancha muvaffaqiyatli bo`lgan. Chunki pul-kredit sohasida oqilona chegaralovning qo`llanilishi samarali bozor infratuzilmalarining yaratilishi va ishlab chiqarishni, ayniqsa mayda biznesni yuzaga keltirish bilan bog`liqligi qo`l kelgan. Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarining kredit-pul siyosati hukumat va tijorat banklariga kredit berish, muomaladagi pul miqdorini qisqartirish, pul aylanishini tezlashtirish kabilarga qaratilib, inflyatsiyaning oldini olish imkoni tug`iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |