“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet83/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

10.5. Tashqi iqtisodiy aloqalar

Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari an’anaviy ravishda tashqi bozor bilan bog`lanib kelgan. Eksport kvotasi YAIMga nisbatan 20-40 foizgacha bo`lgan. Lekin islohot davrida tashkiliy va tizimli o`zgarishlar tashqi iqtisodiy aloqalarda erkinlik asos bo`lishi bilan jahonga chiqish sharoitlari yuzaga keldi. Lekin rivojlangan mamlakatlarga nisbatan texnik mahsulotlar raqobatbardoshligi, mehnat unumdorligi darajalarida orqada qolish muammosini xal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.


Siyosiy va iqtisodiy o`zgarishlar tufayli G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan tashqi aloqalar kuchaytirila boshlandi va bunda asosiy yo`nalish Yevropa Ittifoqiga qaratildi. 1997 – yilga kelib Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya mamlakatlarining Yevropa Ittifoqiga haqiqiy a’zoligi to`g`risida kelishuvlar boshlandi. Shuningdek qo`shilishga tayyorgarlik ishlari Bolgariya, Ruminiya va Sloveniyada ham boshlandi. Avvalo bu mamlakatlar yeIga qo`shilish maqsadida 1993 – yildayoq Markaziy Yevropa erkin savdo assosatsiyasini tuzgan edi. Hatto bu birlashma a’zolari o`rtasida 90 foiz sanoat-tovarlar holatlari bo`yicha boj to`lovlar bekor qilingan edi. Qishloq xo`jalik mahsulotlari bo`yicha ham proteksionizm siyosati qo`llanildi.
G`arbiy Yevropacha mo`ljal eksport tovralar tuzumining yomonlashuviga duch keladi. Shunga ko`ra hozircha tashqi savdoda qishloq xo`jalik mahsulotlari asosiy o`rinni egallaydi. Shu bilan birga iste’mol buyumlari, qora metal, ximikatlar ham asta-sekin o`z o`rnini topa boshlaydi. Faqat Chexiya va Polsha mashina eksporti imkoniga ega bo`lib, umumiyning 25% darajasigacha olib borishga erishilgan.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridayoq Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida davlat maxsus tashqi aloqalar firmalari bilan birga mulk shakllaridan mustasno barcha korxonalarga tashqi savdo bilan shug`ullanish imkoni berilgan edi. Bu tashqi iqtisodiy aloqalar bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarning ko`payishiga olib keladi. Ochiq iqtisodiy aloqalar o`rnatishda davlatlar tomonidan valyuta monopoliyasining bekor qilinishi qo`l kelgan. Natijada importyorlar chet valyutalarini ma’lum banklardan sotib olish imkoniga ega bo`ladi. Shu bilan birga eksportyorlar ham o`z valyutalarini shu banklarga sotishi zarur edi. Dastavval yuridik shaxslarga xususiy valyuta vositalariga egalik qilish huquqi berilmagan edi. Polsha va Vengriyada valyuta holati ancha yaxshi bo`lishiga qaramasdan bunday xolda bekor etilmagan. Chexiya va Slovakiyada valyuta pozitsiyalarini yaxshilagan xolda o`z korxonalariga milliy tijoriy banklarda o`z hisobini ochishga ruhsat berilgan.
Shularga qaramay Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kapital eksporti bo`yicha ancha to`siqlar mavjud edi. Ayniqsa, chet mamlakatlarda ko`chmas mulk sotib olish va to`g`ridan-to`g`ri portfel investitsiyasi bo`yicha qilinadigan to`lovlar qattiq nazorat ostida edi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda investitsiyaning o`rni o`sib bormoqda. Bu mamlakatlarga chetdan keladigan investitsiyaning umumiy miqdori 1989-1997 yillarda 40 mlrd. dollarni tashkil etgan. Chet investitsiyasi uchun eng qulaylari Vengriya, Chexiya va Polsha hisoblanadi. Buning sababi taraqqiyot darajasi, bozor islohotlarining tezlik bilan amalga oshirilishi, keng xajmdagi xususiylashtirish, turli imtiyozlar mavjudligidan iboratdir.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun chet investorlarga mulkni sotish uchun byudjetga tushumlardan tashqari korxonalarni texnik qayta qurish, yangi ishlab chiqarish va texnologiyani qo`llash, tajribali menejerlarni jalb etish imkoniyatlari tug`iladi. Chet investitsiyalari asosan avtomobilsozlik, elektrotexnika, kimyo, qog`oz ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoatlari qaratilgan. Korxonalarni qayta tiklash, mahsulotlar raqobatbarboshligini ko`tarish chet bozorlarga kirish, eksportni kengaytirish imkonini oshiradi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi chet investitsiyasini kengaytirishga ishonch quyidagilarga asoslangandir: mutaxassislik va arzon ish kuchi mavjudligi; qulay geografik joylashuv; o`rta tabaqa shakllanuvi sababli ichki talabning o`sib borishi. Ya’ni ichki bozorning kengayish imkonlari va erkin qonunchilik mavjudligidan iborat. Amalda bunga qarshi omillardan qonunchilikning kamchiliklari, siyosiy va iqtisodiy vaziyatdagi ba’zi noqulayliklar, kasaba tashkilotlari faolligi kabilar ta’siri ostida 90 – yillarda chet investisyaisi ko`zlagan darajada bo`lmagan.
Bozorga o`tishning boshlang`ich yillarida asosan qishloq xo`jalik mahsulotlari eksport etilgan bo`lsa, kein importer milliy qishloq xo`jalik ishlab chiqarish o`sib borishi bilan bu qisqaradi, chunki o`zini-o`zi ta’minlash darajasi o`sadi. Bunday holat sanoat mahsulotlari eksportining kuchayishini taqozo etadi. Shunga ko`ra mashinasozlik mahsulotlari eksportini kuchaytirishga harakat qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarishni texnik va texnologik darajasini ko`tarish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bu mamlakatlarda mashinasozlik umumiy eksportda 30-60%gacha boradi, shuni ichida rivojlangan mamlakatlar hissasi 6-7%ni tashkil etadi.
Importda tashqi savdo aylanishida mashina va jixozlarga katta o`rin ajratilib, importning 30-70 foizini tashkil etgan. Shu bilan birga importdagi eng muhimlar neft, toshko`mir, temir ruda, cho`yan, rangli metallar hisoblanadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyotida yeIga qo`shilish muhim o`rin egallaydi. Birinchi navbatda Vengriya, Polsha, Sloveniya va Chexiya qo`shilsa so`ngra Bolgariya, Ruminiya va Slovakiyalar qo`shildi. Buning uchun katta tayyorgarlik ko`rilib, qo`shilish shartlarini bajarish talab etildi. Bu vazifalar ichida eng muhimlari G`arbiy Yevropa standarti darajasida bo`lish, xalqaro mehnat taqsimotida arzigulik o`rinni egallashdir. Xalqaro maxsuslashuviga xos yangi tarmoqlarning shakllanishi va to`la demokratiya o`rnatilishi kabilardan iborat bo`lgan.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish