9.4. Investitsiya xususiyatlari
Islohot davrida ochiqlik siyosati chet kapitalga ham taalluqli bo`lib, bu Xitoy iqtisodiy o`sishida katta o`rin egallaydi. 80 – yillardayoq chet investitsiyasining doimiyligi ta’minlangan bo`lsa, 90 – yillarga kelib, uning xajmini keskn o`sishi va investitsiya tuzumining o`zgarishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1979-1982 yillarda hammasi bo`lib chet kapitali 12,46 mlrd. dollar bo`lib, bundan faqat 1,17 mlrd. dollar to`g`ri investitsiya edi. 1993 – yilga kelib, umumiy investitsiya 38,96 mlrd. dollardan 27,52 mlrd. dollari to`g`ri investitsiya, 1996 – yilda 55,27 mlrd. dollardan 42,35 mlrd. dolari to`g`ri investitsiya edi. Ko`rinib turibdiki, keyingi yillarda chet kreditlariga qaraganda to`g`ri investitsiya asosiyga aylangan.
XXRning chet qarzi 1988 – yildagi 42,4 mlrd. dollardan 1998 – yili 131,0 mlrd. dollarga yetadi. Lekin qarzni uzish koeffisienti 10%dan oshmaydi. Xalqaro amaliyotda xavf chegarasi 20-25%ni tashkil etadi. Qarz tuzumi ham ancha yaxshi bo`lib, umumiy xajmning 85%i o`rta va uzoq muddatli kreditlarga to`g`ri keladi. Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya tashkilotlariga ustunlik beriladi. Buning ichiga chet mamlakatlar kreditlarini ham qo`shish mumkin. Bunday qarzlarning foizi ham past, muhlati ham katta. Bunday kreditlar asosan qishloq xo`jaligi, energetika, transport kabilarni moliyalashtirish uchun qaratiladi. Chet xususiy banklarining tijoriy kreditlari keyingi yillarda ancha qisqargan. Masalan, 1987 – yildagi 2,58 mlrd. dollardan 1996 – yili 1,49 mlrd. dollarga pasaygan. Xalqaro moliya tashkilotlarida esa shu vaqt ichida 0,77 mlrd. dollardan 2,99 mlrd. dolarga ko`paygan.
Xitoy 90 – yillar o`rtasiga kelib, AQSHdan keyingi to`g`ri chet investitsiyasini oluvchi mamlakatga aylandi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar ichida juda katta xajmli investitsiya edi. Chet tadbirkorlarni Xitoyga tortadigan narsa mahalliy juda arzon ish kuchidan va tabiiy boyliklardan foydalanishdir. Bunda chet diasporaning ham o`rni katta. Bular boshqa mamlakatlarda kapitalga ega bo`lib, bu yirik va juda moslashgan savdo tarmoqlari hamda jahon bozorida kata tajribaga egadirlar. Chetdagi xitoylar va o`z vaqtida turli sabablarga ko`ra Xitoydan ajralib qolgan Gonkong, Makao, Tayvan kabilarga to`g`ri investitsiyaning 60 foizi to`g`ri keladi.
Bunday investitsiyaviy hamkorlik salohiyati davlatnining oqilona siyosati natijasidir. Chunki bularga nisbatan rag`batlantirish usullarini qo`llash, ishonch xosil qila bilishlikning ahamiyati kattadir. Bunday imtiyozlar soliq, boj, valyuta siyosatlariga taalluqlidir. Bu avvalo islohotning birinchi yillarida juda sezilarli edi. Chunki, Xitoy ochiq siyosat boshlangan vaqtda ham ancha xavfli hisoblanib, xo`jalik tizimining o`zgarishi endi boshlangan vaqtlar edi. Bir tomondan chet investitsiyasining ko`paya borishi, ikkinchi tomondan bozor isloahtlarining chuqurlasha va kengaya borishi natijasida xo`jalik yuritish tartiblari chet va milliy investorlar uchun yaqinlashib boradi.
Chet investitsiyasining erkinlashuvi sekinlik bilan tadbiq etilib, maxsus imtiyozlar avvalo ustivor sohalardan boshlandi. Bular mashinasozlik, elektronika, qishloq xo`jaligi kabi tarmoqlardan iborat edi. Aksincha, moliyaviy xizmatlar va chakana savdoda chet investitsiyasi faqat iqtisodiy ancha rivoj topgan dengiz bo`yi shaharlaridan birnechasigina ruhsat berildi.
Amalda qabul qiluvchi mamlakat eksportning o`sishi, bandlik, texnologiyani qabul qilish kabi maqsadlarga qaratilgan investitsiyalar turli xil chet investorlari bilan hamkorlik qilish tarzida amalga oshiriladi. Investorlar arzon ishchi kuchidan foydalanish tufayli xarajatlar tejamligidan manfaatdor bo`lganda loyihalar eksportini ma’qul topadilar. Shuning uchun ham sanoatning past texnologik ko`p mehnat talab tarmoqlari eng ko`p valyuta daromadlari keltiradi. Bunda chett investorlarining ichki bozorlarni egallashi ko`zda tutiladi.
Soliq tizimi ham bir chanqa imtiyozlarni o`z ichiga oladi. Barcha chet investorlari ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyati 10 yildan ortiq bo`lsa, foydali faoliyatning birinchi 2 yili ichida yarmiga qisqartiriladi. Korxona eksporterlar soliq imtiyozi muxlati tugugandan keyin mahsulot xajmining 70 foizgachasi eksport qilish sharti bilan soliqning yarmini to`laydi. Chet investorlar ishtirokidagi korxonalar yuqori texnologik statusga egalari soliq imtiyozi tamom bo`lgandan ikeyin yana 3 yil ichida yarmini to`lash huquqini saqlab qoladi.
Xitoy tajribasida chet investitsiyasining bir qancha xil shakli tadbiq etiladi. Pay asosidagi aralash korxonalar va to`la chet mulkiga asoslangan korxonalardan tashqari ham bir necha xillari qo`llaniladi. Aytaylik, Xitoy korxonalari bilan subpodryad kelishuvlar, kompensasiya savdosi, kontraktli birgalikdagi korxonalar kabilar shular jumlasidandir. Bunday usullar ancha soda va qulay bo`lib, texnologiyaga ega bo`lishga olib kelmasa ham yangi ish joylari va valyuta daromadlariga ega bo`lish imkonini tug`diradi.
Investitsiya tizimida birgalikdagi tadbirkorlik zonalarini tashkil etilishi katta o`rin egallaydi. Bundagi Xitoycha amaliyot turlichadir. Bu 80 – yillardan boshlangan bo`lib, asosan dengiz bo`yi hududlaridan iboratdir. Xitoyning Sharqiy-Janubiy qirg`og`idagi maxsus iqtisodiy zonalarda eksportga mzljallangan sanoat bilan birga qishloq xo`jaligi, moliyaviy sektor, turizm va boshqa sohalarning rivojlanishi ham amalga oshadi.
Bunday zonalarga qo`shimcha ravishda Xaypan orolida ham shunday zona paydo bo`ladi. Keyingi yillarda yana 14 ochiq shaharlar belgilanib, bular ham Sharqiy qirg`oqlardir. Bularda mavjud industrial kompleksdagi iqtisodiy va texnik rivojlanish texnologik modernizatsiyalashga asoslangan. Bunday ochiq zonalar yana bir qancha Sharqiy hududlarda yuzaga keldi. Bular bir qancha qishloq hamda tumanlar bo`lib, asosan ko`p mehnat talab qiluvchi eksportga mo`ljallangan sanoat rivojlanadi.
90 – yillarda yuqori texnologiyali deb atalgan zonalar paydo bo`la boshladi. Bular ilmiy-ishlab chiqarish saroylari bo`lib, bularga umuman yangi texnologiya materiallar yaratish, mayda seriyali eksperimental ishlab chiqarishlar uyushtirish paydo bo`ladi. Hozirgi vaqtda XXRda 52 ta shunday zonalar tashkil etilgan. 1992 – yildan boshlab erkin savdo zonalari tashkil etilib, bular eksport-importga maxsuslashgandir. Hozir bularning soni 13 taga yetdi. Bularning 12 tasi Sharqiy qirg`oq dengiz portlariga joylashgan va bittasi Yanizi daryosi portida o`rnashgan. 1992 – yildan boshlab shunday zonalar chegara rayonlarda ham paydo bo`lib, hozircha asosan Rossiyaga yaqin yerlarda joylashgan.
Bu zonalar rivoji asosan chet investitsiyalarga hisoblangan va shular evaziga taraqqiy etib, Xitoy iqtisodiyotida borgan sari katta o`rin egallab bormoqda. Hozirgi kunda Xitoy investitsiyasi bo`yicha birinchi o`ringa chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |