9.5. Ichki va tashqi bozor
Iqtisodiy o`sish bozor rivojiga asoslanadi va o`z navbatida uni to`xtovsiz kengaytirib boradi. Xitoy bozor munosabatlari islohotida bu jarayon ham o`zgi xos xususiyatlarga ega. Iqtisodiy o`sish daromadlar o`sishini taqozo etadi, bu albatta turmush darajasida o`z ifordasini topadi.
Bu jarayonda savdoning rivojlanishi tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yuqori darajali iqtisodiy o`sish Xitoyda YAIMning tez ko`payishi bilan davom etadi. Ta’kidlaganimizdek, YAIM va uning jon boshiga to`g`ri keladigan hissasi islohot vaqtida juda tezlik bilan bordi. Buning asosiy qismi ichki bozorda sotilsa, ma’lum qismi tashqi bozorlarda sotiladi. Ichki va tashqi bozorlarning to`xtovsiz kengayishi Xitoy iqtisodiy o`sishini rag`batlantirdi. Ayniqsa, Xioy ichki bozor resurslaridan foydalanish juda jadal ravishda kengayib bordi.
Iqtisodiyotning tez sur’atlar bilan o`sishi ichki bozorning kengayishi uchun ikki omilni tezlashtiradi: bozorni kerak bo`lgan tovarlar bilan to`ldirish va xaridor uchun daromad o`sishini tezlashtirishdir. Xitoy islohotlarining bozor munosabatlari asosida amalga oshuvi bu omillar uchun juda qulay sharoitlar yaratib, bozorlarni kengaytirib bordi. Yangi-yangi millionlab korxonalar paydo bo`lishi, bunga yuz millionlab izsizlarning jalb etishi to`g`ridan-to`g`ri xaridorlarning juda tezlik bilan ko`payishiga olib keldi.
Avvalo buoziq-ovqat tovarlari bozorlarida o`z aksini topdi. Milionlab ochlar, qashshoqlik chegarasidagilar uchun tovarlar bozorlarni to`ldirib xaridorolaga aylantirildi. Bunda ayniqsa, qishloqlarning o`rni katta bo`ldi. Qishloq xo`jaligini isloh qilish ishlab chiqarishni keskin o`sishiga, daromadlarning ko`payishiga olib keldi. Shu bilan birga bu jarayonda viloyat korxonalarining xajmda yuzaga kelishi aloxida o`rin egallaydi.
Iqtisodiy o`sish borgan sari turmush darajasiga ta’sir etib boradi. Chunki miqdorga bog`liq muammolarni xal qilish darajasi sifat o`zgarishlariga olib keladi. Shuningdek Xitoy iqtisodiy islohotlari daromadlar darajasini ko`tarishga ta’sir etuvchi omillar harakatini tezlashtiradi. Pul daromadlari ortib boradi. Bozordagi tovarlar miqdor jixatdan ko`payish bilan birga turlarini ham orttirib boradi va ularning taklifini talabga mos keltirishga undaydi. Bu esa o`z navbatida ichki bozorlarning kengayishini tezlashtiradi. Juda yirik xajmdagi ishlab chiqarilayotgan tovarlar bozorlarni o`ziga mos ravishda to`xtovsiz kengaytirib boradi.
Xitoy iqtisodiyoti o`sishi yirik va to`xtovsiz kengayib boruvchi ichki bozor bilan birga tashqi bozorga ham asoslanadi. Bunda ochiqlik siyosatining oqilona qo`llanishi ma’qul keladi. Xitoy islohoti strategiyasining tarkibiy qismi tashqi dunyoga ochiqlik siyosatining qo`llanishidir. Bu oldindanoq mamlakatni o`zgartirishning sharti hisoblangan bo`lib, davom etib kelgan iqtisodiy avtarkiyaning aksi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |