Borliq shakllari


Harakat haqidagifalsafiy qarashlar tarixi



Download 157 Kb.
bet13/17
Sana03.07.2022
Hajmi157 Kb.
#736752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BORLIQ SHAKLLARI

Harakat haqidagifalsafiy qarashlar tarixi
Harakatning eng sodda shakli mexanik harakat bo'lib, uning manbai tashqi ta'sirda, harakatning murakkab shakllarining manbai esa ichki aloqadorliklarda bo'ladi. Faylasuflar qadimdan harakat va uning manbalari haqida xilma-xil konsepsiyalarni ilgari surib keladi.
Harakatni olamning asosiy mohiyati deb qarash Xorazmda yaratilgan muqaddas kitob «Avesto»da ilgari surilgan. Qadimgi Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston va Yunoniston olimlari harakatning mohiyatiga oid maxsus asarlar yozgan. Ular harakatning xususiyatlari, shakllari va manbalari haqidagi ilk g'oyalarni ishlab chiqqan.
Ayrim faylasuflar esa harakatning mavjudligini butunlay inkor etgan. Yunonistonning Ioniya maktabiga mansub faylasuf-lardan Eleyalik Zenon harakatning yo'qligini o'zining «Axill va toshbaqa», «Dixatomiya», «Uchayotgan kamon o'qi» kabi mashhur aporiyalarida isbotlashga uringan. Bu haqda ushbu satrlar muallifi B.To'raevning "Vaqt muammolari"1 nomli broshyurasidan to'liqroq ma'lumot olish mumkin. Zenonning «Harakat yo'q!» degan xitobini aslida harakatni ob'ektiv mavjudmi, yoki yo'qmi degan ontologik ma'noda emas, balki, harakatning mavjudligini tushunchalar orqali mantiqan ifodalab berishning murakkabligiga, qiyinligiga qaratilganini tushunib yetishimiz lozim. Bu endi gnoseologik masala. Buni dastlab Aristotel anglab yetadi. Sharq falsafasida esa, bu muammoning mukammal yechimi, Forobiyning falsafiy risolalarida berilgan.
Yangi davr falsafasida G.Gegel harakatning mohiyatini formal logika (mantiq) vositasida ifodalab bo'lmasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini ta'kidlagan. Agar formal mantiq bo'yicha kamon o'qini u uchayotgan paytda biror nuqtada mavjud, deyish uning harakatsizligini tan olish va shu nuqtada emas, deyish hyech narsa aytmaslikka teng bo'lsa, dialektik mantiq bo'yicha bu jarayonni ifodalash mumkin.
Bu holda, deydi G.Gegel «uchayotgan kamon o'qi hozir qaysi nuqtada?» degan savolga u «kamon o'qi ham shu nuqtada, ham shu nuqtada emas», deb javob berish to'g'ridir. Ya'ni, uchayotgan kamon o'qi avval shu nuqtada bo'ladi va ayni paytda u doimo o'rnini o'zgartirib turganligi sababli shu nuqtadan boshqa nuqtaga siljishga ulguradi va shuning uchun u bu nuqtada emasdir. Navbatdagi nuqtada ham ayni bir vaqtning o'zida ham mavjud (shu nuqtada), ham mavjud emasdir (endi boshqa nuqtada). Bu harakatning ziddiyatli tabiatidan dalolat beradi. Haraktni suratga tushirish emas, u bilan birgalikda yashash, uni barcha ketma-ket lahzalarda anglab olish dialektik mantiqning missiyasidir.
Harakatni tushuntirishda harakatning moddiy tashuvchisi va harakat manbasi haqidagi g'oyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ingliz olimi Jon Toland (1670-1722) harakatni materiya bilan chambarchas bog'lab tushuntirgan. Uning fikricha: «Harakat materiyasiz bo'lmaganidek, materiya ham harakatsiz bo'lishi mumkin emas». Bu ta'rif materialistik falsafada asosiy tamoyilga aylangan.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish