Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Qilich taqqan yigit
Qo‘g‘irchoqlar mamlakatida mashhur qo‘g‘irchoqboz Sho-
mamat ota, Orif jarchi, Beknazar karnaychi, Ernazar maymun-
chi va boshqalar yashar edilar. Ular qo‘g‘irchoqlar yasar, ularni
gapga, o‘yinga, kurashga o‘rgatar, yaqin-yiroqdagi hech bir to‘y,
gap, besh kecha qo‘g‘irchoqlar o‘yinisiz o‘tmas edi.
Juma kuni¾
Havo aynib turardi. Endi yoz boshlanganiga qaramay, quyosh
yuziga parda yoyilib, uning iliq, ravshan, saxiy nurlari xiralan-
ganidan ko‘ngillar g‘ash¾ Shuning uchun ham hamma uy-uyiga
kirib ketmoqda edi. Bunga barham berish kerak edi.
Shunda birdan Faqir mahallani boshiga ko‘tarib, Orif jar-
chining ovozi yangradi:
— Hoy xaloyiq! Hoy shirin-shakar bolalar! Ko‘rganlar dar-
monda, ko‘rmaganlar armonda! Yalanglikda hademay qo‘g‘irchoq-
lar o‘yini boshlanadi. Qo‘g‘irchoqlar pahlavoni yovuz ajdar bilan
kurashga tushadi. Kim yengadi — ko‘rib qoling, yurib qoling! Ko‘r-
gan darmonda, ko‘rmagan armonda! Hoy, chiqa qolinglar!¾
Yalanglikdan karnayning tomoshaga chorlagan baland ovozi
eshitildi. Hamma yalanglikka qarab oqdi.
Chodiri xayolini tikib olgan qo‘g‘irchoqboz Shomamat bobo,
ko‘zlarini olaytirib chinqirdi.
Hamma yoq suv sepganday jimib qoldi. Òomosha boshlandi.
¾ Birdan o‘tlar orasini yorib, vishillab, og‘zi karnayday
ochilgan ikki boshli ajdaho chiqib keldi.
— Qani u, qani u menga qarshi tig‘ ko‘targan odam? — dedi
u vahima bilan.
Òomoshani zavq bilan ko‘rib o‘tirgan bolalar nafaslarini
ichlariga yutib, jim bo‘ldilar.
— Qani deyapman? — deb qichqirdi ajdar. U dumlarini silkitib,
og‘zidan o‘t purkab, to‘lg‘ana boshladi¾ — Yeyman, chaynamasdan
yutaman. Qani deyman menga dap qilgan yigit?! Aytinglar!
Ajdar ko‘zlarini cho‘g‘day yaltiratib, zahar sochib atrofni
titkilay boshladi. Òomoshabin bolalar yuraklarini hovuchlab o‘tirar
edilar. Nega desangiz, ajdaho qo‘llarini sal cho‘zsa, raqibini ushlab,
g‘ijimlab tashlar edi. Ajdar sudralib, o‘tlar ichiga kirib ketdi.
Birdan qilich yalang‘ochlagan yosh yigit paydo bo‘ldi.
— Qani u¾ qani bu odamxo‘r ajdar! — dedi u tomoshabin
bolalarga murojaat qilib¾ — Men uni izlab yuribman. Zaharli
ilonning boshini kesish xayrli ish¾ Qani u?!
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 8
Bolalar chuvvos solib, ajdar ketgan tomonni ko‘rsatishdi.
— Shu yoqdami? Bo‘pti. Rahmat sizlarga!
Yosh yigit so‘zini tugatmasdanoq qah-qah urgan ovoz eshitildi.
Bu ajdarning kulgisi edi. U azot turdi-da, yigitga qarab o‘t purkay
boshladi.
— Òo‘xta! Mard bo‘lsang maydonga chiq, yo o‘lish, yo savash!
— dedi yosh yigit.
Ajdar bir lahza sarosimaga tushdi. Keyin pisand qilmay:
— Ham olishaman, ham savashaman, — dedi gerdayib.
Ikki o‘rtada olishish boshlandi.
Ajdar tirnoqli panjalari bilan yigitchaning belidan siqib ushlar,
kuchanar, yigit bo‘lsa baquvvat qo‘llari bilan ajdarning belini
sindirguday qisardi. Nihoyat bel olib kurashishga tob berolmagan
ajdar qo‘llarini qo‘yib yuborib, birdan yigit yelkasiga o‘tkir tish-
larini botirdi.
— Eh, la’nati! Kurashda tish ishlatilmasdi-ku. Ablah ekan-
san! — dedi yigit alam bilan.
U bor kuchini zabardast bilagiga yig‘ib, ajdarning belini qisdi.
Uni dast ko‘tarib yerga urmoqchi bo‘lganda, ajdar muqarrar
o‘limdan qutulish uchun og‘zidan o‘t purkab yubordi.
— Ih! — dedi yigit.
Ajdar uning qo‘lidan sirg‘anib chiqdi-da, o‘t purkagancha
katta xarsang toshga intildi. U xarsang toshni ikki qo‘llab ko‘tarib,
yigit ustiga otmoqchi bo‘ldi.
Polvon yigit vaqtni boy bermadi — qilichini yonidan sug‘urdi-
yu, ajdarning tosh ko‘targan qo‘llarini chopib tashladi, o‘t
purkovchi tillarini kesdi. So‘nggi marta qilich tortib, saranglagan
bahaybat kallasini uzib tashladi.
— Mana, — dedi u g‘or ichiga ko‘z yugurtirib, — endi ajdar
yo‘q, hammangiz ozodsiz!
Shunday deyishi bilan tog‘ bag‘ridagi g‘ordan odamlar chiqib
kelaverdi. Ular pahlavon yigitni qo‘llarida ko‘tarib:
— Sen bizning qahramonimizsan! Sen bizning xaloskori-
mizsan! — deb qichqirdilar.
Yigit ularga tetik boqdi-yu, shu zahoti madori qurib, ular
qo‘liga „shilq“ etib yiqilib tushdi.
— Xayr, do‘stlarim! — dedi u. — Meni ajdar zaharladi. Endi
o‘laman.
Shunday deb u ko‘z yumdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 9

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish