Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

KACHAL POLVON YOKI YOG‘OCH
QO‘G‘IRCHOQNING
BOSHIDAN KECHIRGANLARI
(Qissadan parcha)
B I R I N C H I   B O B
QO‘G‘IRCHOQLAR MAMLAKAÒI
Afsonaviy shahar odamlari
Qadimgi zamonda ertaknamo bir o‘lka bo‘lib, unda kichik-
kichik odamchalar yashar edilar.
Bu o‘lka ikki yoni tog‘ bilan o‘ralgan keng vodiy qo‘yniga
joylashgandi. U „Qo‘g‘irchoqlar mamlakati“ deb atalar edi.
Qo‘g‘irchoqlar mamlakatining odamlari insonlarga o‘xshab
kiyinishar, gaplashar, ishlashar va kun ko‘rishar edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 6
Qo‘g‘irchoqlar mamlakatida ko‘z ko‘rmagan, quloq
eshitmagan ajoyib-u g‘aroyib voqealar sodir bo‘lib turardi.
Shunday voqealarning eng qizig‘i Shirinsoy shahrida yuz berdi.
Shirinsoyda ikki toifa odamchalar yashar edi. Bularning biri —
dang‘illama uylarda yashovchi, yaxshi  kiyinib, yaxshi oshaydigan
qorni katta boylar edi. Ular yashaydigan mahalla — Boyguzar
deb nomlanardi. Ikkinchisi esa — qamish va poxol uylarda yashov-
chi, yupun kiyingan, oriq, ammo mehnatkash odamlar edi. Bu
odamlar — qo‘g‘irchoqlar va qo‘g‘irchoqbozlar yashaydigan ma-
halla Faqir mahalla deb atalardi.
Kambag‘allar tishining kirini so‘rib, mehnat qilib kun ko‘-
rishsa, boy xonadonlar ishlamay tishlab, semirishar, omborlari
g‘allaga to‘lar, xazinalari boyir edi.
Kambag‘al mittilar dunyoning boshqatdan yaralishini istar, faqirchilik
asoratini yo‘q qiladigan kuch paydo bo‘lishini kutishar edi.
Shu zayilda yillar, asrlar o‘tdi, bobokalonlar dunyoga kelib
ketdi. Otalar tug‘ilib, dunyodan o‘tishdi, bolalar tug‘ilib, katta
bo‘lishdi. Ammo boy-boyligicha qolaverdi, el boshiga kambag‘allikni
solaverdi. Amu oqaverdi, Sir toshaverdi¾
Òengqurlar
Kunlardan bir kun, hech kimning xayoliga kelmagan, ammo
unga hamma mushtoq bo‘lgan bir paytda, mana shu qo‘g‘irchoqlar
yashagan bepoyon kenglikda bir polvon bola tug‘ildi. U ruhan
tetik, sog‘lom, murg‘ak qo‘lchalari kuchli, ovozi quloqni yorgudek
o‘tkir edi.
Bu polvon bola tug‘ilganda, dunyoning bo‘lak o‘lkalaridagi
Qo‘g‘irchoqlar mamlakatida ham shunday tetik, sho‘x, mard
bolalar dunyoga keldi. Ota-onalar, yor-birodarlar, urug‘-aymoqlar
uni qo‘llarida ko‘tarib, ardoqlashdi, katta-katta to‘ylar, ziyofatlar
berib, bolaning dunyoga kelganini muborakbod qilishdi, unga
yurtdagi eng chiroyli, go‘zal nomlarni topib qo‘yishdi.
Apelsinxo‘r italyanlar bu qahramonni Pulchinello deb atashdi.
Faranglar — Polishinel, suv o‘rtasida yashovchi inglizlar — Ponch
deb, nemislar — Ganivurt, gollandlar — Pikelgiring deb, chexos-
lovaklar — Kashparon, uzun choponli turklar — Qora qiz deb nom-
lashdi. Nomlari tilga olingan qahramonlarning o‘zlariga yarasha
ajoyib va g‘aroyib tarixlari borki, ular kitoblarda yozilgan.
Ammo ularning tengquri bo‘lgan bizning qahramonimizni-
chi! Uning ham o‘ziga xos ajoyib va g‘aroyib tarixi bor.
Men uni bir boshdan gapirib beraman.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 7

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish