Chaqaloq
Shomamat qo‘g‘irchoqbozni hamma „Sehrgar chol“ deb
atardi, chunki u o‘z ishining omilkor ustasi edi.
Shomamat qiziq chopqi olib, daraxtni butadi. Uning yo‘g‘on
tanasini arralayotganda, bir bo‘lak kundacha orasidan bo‘ron
paytida chiyillagan ovoz eshitildi:
— Ing‘a¾ ing‘a¾
— Chaqaloq, — deb ko‘nglidan o‘tkazdi chol.
U kundachani tarashlar ekan, xayolga berildi:
„Koshki shu qattiq yog‘ochdan bir bola yasasam-u, ajdar
zahar solib o‘ldirgan o‘g‘lim o‘rnini bossa, qariganimda yonimga
kirib, tayanchim bo‘lsa¾“
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 3 1
Chol kundani quchoqlab, ayvonga kirdi. Uni obdon tarashladi.
Avval yog‘ochdan uzunchoq yuz yasadi. Yuz — pishiq, chiroyli
va silliq bo‘lib chiqdi. Chol bu yuzga qarab shunday suyunib ketdiki,
go‘yo qariganida bola ko‘rayotganday bo‘ldi.
Keyin qo‘g‘irchoqboz unga ikki qosh, ikki quloq yasadi.
Yonidan pichog‘ini oldi-da, avaylab ikki ko‘z kosasini o‘ydi.
Cho‘ntagidan chiroyli qora munchoq olib, ko‘z kosasiga solib
qo‘ydi.
— Voy, kulyapti, — deb qichqirib yubordi qo‘g‘irchoqboz,
o‘zidan o‘zi.
Chindan ham qo‘g‘irchoqboz qo‘lidagi yog‘ochning yuzi
yarqirar, munchoq ko‘zlar o‘tdek chaqnab, allanarsalar deb imo
qilar, aylanar va pirpirab kular edi.
— O‘zimning qarog‘im! — dedi quvonib ketgan chol uni o‘pib.
Keyin u bosh, bejirim burun, og‘iz, bo‘yin va qo‘l yasadi.
Qo‘g‘irchoqboz o‘z ishi bilan ovora ekan:
— Ing‘a¾ ing‘a! — degan boyagi ovoz eshitildi.
— Hozir, bolam, hozir! — dedi chol shoshib.
U tezda qorin va oyoq yasadi. Hatto oyoqlarining panjalarini
yasashni ham unutmadi.
Qo‘g‘irchoqboz umrida ko‘p qo‘g‘irchoqlar yasagan, ularning
quvonchini ham ko‘rgan, azobini ham tatigan, ammo buningday
xushbichim qo‘g‘irchoq yasamagan edi. Chol suyunganidan
ko‘zlariga yosh olib, yangi tug‘ilgan farzandni silab-siypay boshladi.
— Mening kenjatoyim, ko‘z nurim!
Chol bolani etagiga o‘radi-da, uyga kirdi.
— Suyunchi beringlar, suyunchi! — dedi u ovozini baralla
qo‘yib.
Uy tokchalarida, sandal va sandiq ustlarida, ko‘rpachalarda
tizilishib o‘tirishgan qo‘g‘irchoqlar yalt etib cholga qarashdi.
— Yaxshilikka ko‘rinsin! — dedi ular suyunib.
Shomamat ota yangi qo‘g‘irchoq tarixini so‘zlamoqchi bo‘lib,
endi og‘iz juftlagan ediki, Qo‘g‘irchoqlar xonasiga, hokim uchun
soliq yig‘gani kelgan mast Qora mirshab kirib keldi. Shahar
hokimining yasovulboshisi bo‘lgan bu qashqirning qamchisidan
qon tomar edi.
— Yo‘qot! Bo‘ynini kes buni! — deb qichqirdi u bo‘g‘ilib.
Shomamat ota so‘na chaqqanday cho‘chib tushdi.
— Hoy, Qora mirshab! Bir qoshiq qonimdan kech! Yangi
bola tug‘ildi. Men suyunmay, kim suyunsin! Qo‘y buni — yashasin,
dunyodan rizqini topib yer¾
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 3 2
Oraga Beknazar karnaychi, Ernazar maymunchi, Orif jarchi
va boshqalar tushishdi. Ular Qora mirshabga bir kosa may tutdilar.
Chol „yangi qo‘g‘irchoq tug‘ilishi katta janjalga sabab bo‘lmasin
tag‘in“ deb qo‘rqib ketdi.
Zarbof to‘nga o‘ralib, qora qunduz telpagini chakkasiga qo‘yib,
kerilib o‘tirgan Qora mirshab alam bilan qo‘lidagi sharobini simirib
yubordi. Achchiq may ichiga kirdi-yu, ko‘zlardan o‘t chaqnatib
yubordi. U o‘rnidan irg‘ib turdi-da: „Jallod!“ deb qichqirmoqchi
bo‘ldi. Ammo tili tutildi, ko‘zlari suzildi, may uning qo‘l-oyog‘i-
nigina emas, tilini ham bog‘lab qo‘ydi.
Qora mirshab gandiraklab ketib, umbaloq oshdi-da, gum-
burlab yerga quladi va o‘rnidan turolmay, qattiq xurrak otib uxlab
qoldi.
Qo‘g‘irchoqlar yengil nafas oldilar-da, uning oyoq-qo‘lidan
sudrab, ovrizga eltib yotqizdilar.
— Xayriyat, bola omon qoldi, — dedi chol.
Shu payt Qo‘g‘irchoqlar mamlakatining ichki xonalaridan
jajji-jajji qizlar va ayollar chiqib, cholni o‘rashdi.
— Bola muborak bo‘lsin!
— Umrini bersin! — deb duo qilishdi.
— Bolani menga bering! — dedi Kayvoni.
Boshida qora ro‘mol, yuzlari turshakday burishgan nuroniy
kampir bolani bag‘riga oldi-da:
— Hoy Òo‘tixon, — dedi peshanasini ko‘k durra bilan tang‘ib
bog‘lagan chiroyli juvonga qarab, — tez choyshab olib keling!
Òo‘tixon deb atalgan juvon charx urib uyni, ayvonni aylanib
chiqdi-da, tandir boshida turgan yengchani ola chopdi.
Kayvoni-kampir avval achchiqlandi, keyin yengchani oldi-da,
darrov bolani o‘radi.
— Qani, issiq suv tayyorlanglar, chaqaloqni cho‘miltira-
miz, — dedi u.
Birpasda iliq suv, jom, badanga surtish uchun namakob, upa
o‘rnida sepish uchun qoqkesak maydasi tayyorlandi. Kampir bolani
cho‘miltirdi.
U bolani yengchaga o‘rarkan:
— Darrov o‘g‘ilchaga kiyim tikinglar! — deb buyurdi yordam-
chilarga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 3 3
Do'stlaringiz bilan baham: |