Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Bo‘ronli kun
Òomoshabin bolalar chuvvos solib qichqirib, hovlini boshlariga
ko‘tardilar.
Shunday to‘polon bo‘lib turganda, havo battar aynidi-yu,
qo‘qqisdan bo‘ron ko‘tarildi. Shamol shunday zo‘r kuch bilan
izg‘idiki, chodiri xayolchi Shomamat qiziqchini qo‘g‘irchoqlari
bilan osmonga uchirib ketguday bo‘ldi. Òomoshabinlar to‘zonda
ko‘zlarini zo‘rg‘a ochib-yumib, uylariga qarab chopdilar. Hamma
narsa osmonga uchdi. Ammo qo‘g‘irchoqboz Shomamat qiziq
qo‘g‘irchoqlarini qo‘yniga tiqib, gandiraklay-gandiraklay zo‘rg‘a
uyiga yetib oldi.
Bo‘ron zo‘ridan chang-to‘zon osmonni tutdi, dovuchchalar
va g‘o‘ralar yer bilan bitta bo‘lib to‘kildi, daraxt shoxlari uzilib
tushdi.
Qo‘g‘irchoqboz Shomamat qiziq esini yig‘ib, nafasini rost-
laganda, qulog‘iga ingrangan ovoz eshitildi:
— Vo-ey, qiynalib ketdim!
Shomamat qiziq hayron bo‘lib, yon-veriga qaradi — hech kim
yo‘q, qo‘g‘irchoqlar miq etmay jim o‘tirishardi. U, shamol
shiddatidan shoxlarini egib, butun tanasi bilan silkinayotgan ulkan
tut daraxtiga razm soldi. Shoxlarining har bo‘g‘inida g‘uj-g‘uj
g‘o‘ralar pishay deb turgan serbarg daraxt chayqalib g‘ijirlar edi.
Daraxtlarning tilini biluvchi cholning rahmi kelib ketdi. U hamma
narsani unutib, ilk yoz kunida mavrudsiz shataloq otgan bebosh
bo‘ronni koyidi.
Shu vaqt kutilmaganda:
— Qutqaring! — degan ovoz eshitildi.
Qo‘g‘irchoqboz chodiri xayolini tutib, o‘yin ko‘rsatayotganda
og‘ziga sopaloq
1
 solib, chiyillab, bola bo‘lib chinqirganini esladi.
Bu ovoz uning yosh qahramonlaridan birining ovoziga o‘xshab
ketar, ammo ancha baland, yangroq va amirona edi.
— Nima bo‘lyapti, tushimmi-o‘ngimmi, — dedi o‘zicha
Shomamat qiziq.
Shamol hovlidagi yagona tutni shunday egib yubordiki, uning
shoxlari yerga tegay-tegay dedi.
Qo‘g‘irchoqbozning yuragiga birov yana chang solganday
bo‘ldi.
1
  Sopaloq — plastinka.
9 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 3 0
— Voy! — dedi chiyillagan ovoz.
Qo‘g‘irchoqboz bilsa: tut daraxti shamoldan nolib, yig‘la-
yotgan ekan.
Daraxtning yig‘laganini hech kim ko‘rgani yo‘q, albatta.
Ammo Shomamat qiziq ko‘rdi, hatto ko‘z yoshlarini to‘kkanining
guvohi bo‘ldi.
Siz-u biz daraxt ko‘zlaridan qizil suv oqqanini ko‘rganmiz,
ammo bunga e’tibor berganimiz yo‘q. Bu esa daraxtning og‘rib,
ko‘z yoshi to‘kkani emasmikin? Bu qizil suv, axir daraxt ko‘zi
deb ataladigan dumaloq chanoq orasidan sizilib chiqadi-ku...
Bo‘ron me’yoriga yetganda, qarsillagan ovoz eshitildi. Birgina
qo‘g‘irchoqboz emas, uning hamma o‘yinchi qo‘g‘irchoqlari vahima
bilan ko‘zlarini chirt yumib olishdi. Qarsillagan ovozdan so‘ng
bahaybat bir narsa gumburlab yerga urildi. Osmondan tog‘
qulaganday bo‘ldi.
— Voy belim, uzilib ketdi!
Zuvillab bir necha daqiqa o‘tdi.
Qo‘g‘irchoqboz ko‘zini ochdi: shamol qanday boshlangan
bo‘lsa, shunday qo‘qqisdan tingan, yakka tut qoq belidan cho‘rt
uzilib tushgan edi.
Shomamat qiziq uydan otilib chiqdi-yu, daraxt shoxlarini
quchoqlay boshladi.
— Sho‘rlik daraxt, beling sindimi? Chida biroz, o‘zim davolab
qo‘yaman, — derdi o‘zicha.
Qo‘g‘irchoqlar bo‘lsa, eshik tirqishidan, tokchalardan,
oynalardan mo‘ralab, hovlida nimalar bo‘layotganiga ko‘zlarini
javdiratib qarab turar edilar.

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish