B. R. Nazarov oliy geodeziya


Alohida burchak o‘lchash uslubi



Download 3,01 Mb.
bet45/67
Sana28.01.2022
Hajmi3,01 Mb.
#414938
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
Bog'liq
oliy geodeziya asoslari

Alohida burchak o‘lchash uslubi. Har bir burchak limbning bit­ ta o‘rnatilishida ikki yarim priyomlarda o‘lchanadi. Birinchi ya­ rim priyomda aniqlanayotgan burchak, ikkinchi yarim priyomda esa shu burchakni 360°ga to‘ldiruvchisi o‘lchanadi. Har ikkala yarim priyomlarda alidada bir xil yo‘nalish bo‘yicha aylantirila­ di. Priyomdan priyomga o‘tishda esa alidada oldingisiga nisbatan teskari yo‘nalishda aylantiriladi. O‘lchanadigan bitta punktdagi­ hamma burchaklar turli sharoitlarda, ya’ni kech (ertalab)ki vaqt davomida hamma burchaklar ushbu punktda avval bitta priyom­ da, keyin shu burchaklar ikkinchi priyomda, uchinchi priyomda­ va h.k. o‘lchab chiqilishi kerak.

Ushbu usulda yuqoridagi 4.7-rasmda ko‘rsatilgan burchak­ lar quyidagicha o‘lchanadi. Qarash trubasining bissektori chap yo‘nalishning vizirlash nishoniga qaratiladi. Optik mikrometr va limbda dastur bo‘yicha hisoblangan sanoq qo‘yiladi (2-3' aniqlik­



93


da). Alidada bo‘shatiladi va u soat yo‘liga qarshi yo‘nalishda 30– 40°ga aylantiriladi. Teskari yo‘nalishda (soat yo‘li bo‘yicha) alida­ da aylantirilib truba o‘lchanadigan burchakning chap yo‘nalishiga (4.7-rasmda1-punkt) qo‘lda qaratiladi va alidada mahkamlanadi. Alidadaning qaratkich vinti bilan vizirlash nishoni truba bissek­ toriga kiritiladi. Okular mikrometrning bissektori uch marota­ ba vizirlash nishoniga qaratiladi (T05, T1 teodolitlarda) va har safar okular mikrometri shkalasidan sanoq olinadi. Limbning

qarama-qarshi shtrixlari ikki marotaba tutashtirilib ( va T2 teodolitlarda) har birida optik mikrometrdan sanoq olina­ di (birinchi tutashtirishda limbdan ham sanoq olinadi). Alida­ da bo‘shatilib u soat yo‘li bo‘yicha qo‘l bilan aylantirilib truba o‘lchanayotgan burchakning o‘ng yo‘nalishiga qaratiladi va alida­ da mahkamlanadi. Alidada qaratkich vinti bilan vizirlash nisho­ ni trubaning bissektoriga kiritiladi va okular mikrometri, limb­ dan sanoqlar olinadi (OT-02M va T2 da optik mikrometrdan sanoq olinadi). Shu bilan birinchi yarim priyom tugaydi.


Truba zenit orqali aylantirilib (ikkinchi yarim priyom) ali­ dada 180°ga o‘zgartiriladi. Bissektor o‘ng yo‘nalishni vizirlash nishoniga qaratiladi, birinchi yarim priyomdagi amallar va sa­ noq olishlar takrorlanadi. Alidada bo‘shatilib soat yo‘li bo‘yicha o‘lchanayotgan burchakni 360°ga to‘ldiradigan burchak qiymati­ ga aylantiriladi va oldingi yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan amallar va sanoqlar takrorlanadi va shu bilan ushbu burchakni bitta priyom­ da o‘lchash yakunlanadi.


Limb qarama-qarshi shtrixlarini tutashtirishda optik mikrometr bo‘yicha olingan sanoqlar farqi OT-02M teodoliti uchun 2,5'' va T2 uchun 4'' dan oshmasligi kerak.


Okular mikrometr barabani bo‘yicha olingan sanoqlarning o‘zgarishi uni bitta bo‘lagidan (1'') oshmasligi kerak.


Punktdagi o‘lchash dasturining yarmini alidadani soat yo‘li bo‘yicha aylantirib, ikkinchi qismini soat yo‘liga teskari ay­ lantirib bajariladi. Buning uchun priyomdan priyomga o‘tishda alidadani aylantirish yo‘nalishini o‘zgartirish tavsiya etiladi. Bitta burchakni ketma-ket bir nechta priyomda o‘lchashga yo‘l qo‘yilmaydi.


Quyidagi 4.6-jadvalda burchaklarni barcha kombinatsiyalarda o‘lchash jurnalining rasmi keltirilgan.



94


























4.6-jadval





Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish