Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet51/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Hazrati Langar ota ziyoratgohi

tasi va qadiymiysi 28,5x33 metr o‘lchamli masjid bo‘lib, 921 / 1515-16 yillarda pishgan g‘ishtdan barpo qilingan, janubiy qismida ayvoni ham bor. Taxminan shu vaqtlarda avlodlarga tegishli gumbaz bilan qoplangan qabriston ham qurilgan bo‘lib, unga “Ishqiy” qadoshligiga tegishli uch nafar shayh qo‘yilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu yerda katta bo‘lmagan qabristonli maqbara (mozor) hosil bo‘lgan, masjid oldiga oshxona va masjidning yangi ayvoni (XVII asr oxiri-XIX asr boshi) qurilgan, eski binolar ta’mirlangan.

Majmua yodgorliklaridagi yozuvlar bu yerga tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortadi, zero, xonaqoh, masjid va maqbara devorlariga solingan o‘yma naqshlar a’lo darajada bajarilgan. Ular, asosan, jigar rangda (2:183, 256, 257 va boshqalar). Shuningdek, masjidda Buxoro hokimi Muzaffar xoni (1865-1885) buyrug‘i bilan qilingan juda antiq sandiq ham bo‘lib, unga bu sandiq nima uchun atalganligi to‘g‘risidagi yozuv o‘yilgan, ya’ni Payg‘ambarning xirqasi (eski kiyimlari) saqlanadi. Aslida, bu xirqa diniy meros timsoli bo‘lib, qachonlardir uni Payg‘ambar o‘zining sahobasiga qoldirgan. Rivoyatlarga ko‘ra bir nechta nasldan o‘tib, bu xirqa bizning davrimizgacha yetib kelgan Langarni barpo etgan “Ishqiy” so‘fi qardoshlarining asoschisigacha yetib kelgan. Mahalliy afsonalarga ko‘ra Usmonning mashhur muqaddas Qur’on kitobi ham saqlangan. Hozirgi kungacha bu Qur’onning O‘zbekistonning Diniy qo‘mitasida saqlanib kelayotgan 12 sahifasigini yetib kelgan. Taqdir taqazosi bilan Katta langar Qur’onining ma’lum qismi Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo‘linmasida saqlanayotganligi, bir sahifasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda, qolgan sahifalari esa yo‘qolganligi ma’lum. Katta langarda bu uzoq vaqt davomida saqlanib kelgan xirqa ham yo‘qolgan.

XV asr oxiri, XVI asr boshlarida Ashtarxoniylar davlati tomonidan ikkita maqbara — Shayh Abul Xasan Ishqiy hamda Langar ota avlodi yotgan yerlarga dengiz sathidan 1000 metr balandlikda qurilgan.

Mazkur maqbaralar kim tomonidan qurilganligi va kim uchun qurilganligi haqida hech qanday yozma manbaalar maqjud emas. Lekin qabr tepasidagi yozuvchlar bu yerga juda ilgari shayhlar ko‘milganligini ko‘rsatadi.

Quyosh botadigan qismida 15 X 12,5 m o‘lchamli ikkinchi ayvon bor. Ushbu ayvonda 8 ta maqbara bor, lekin ularning hech biridagi yozuv saqlanib qolmagan. Shunga qaramay, qabr ustidagi toshlardagi yozuvlarni o‘qirkansiz, Abul Xasan Ishqiyning avlodlarining ismlari tushirilganligini ko‘rasiz: shayh Muhammad Boqiy Ishqiy, Salimxo‘ja Niyozmuhammad xo‘ja o‘g‘li. Qishloqdagi chollarda “Abul Xasan Ishqiyning sulolasi” nomli kitob bo‘lib, u 3 qismdan iborat. Kitoblardan biri juda yaxshi holatda saqlanib qolgan. Abul Xasan Ishqiyning sulolasi islom dinining qimmatli o‘choqlaridan hisoblanadi.

Langarlik chollarning gap-so‘ziga ko‘ra qachonlardir Langar ota haqida “Manoqib” nomli shayh tarixiy maqola yozilgan. Langar so‘zi bir necha ma’nolarga ega:

1. Langarcho‘p — muvozanatni saqlashda yordam beruvchi qo‘ldagi tayoq.

2. Islom dinida so‘fi va darveshlar langar tashlash orqali joylashadigan yerlarini aniqlashgan — bu yer o‘tov joyi bo‘lgan; shuningdek, beva va bechoralar joyi ham bo‘lib, boshpana va ovqat ajratilgan.



3. Ba’zi manbaalarda mo‘g‘ulcha nomlarni ham uchratish mumkin: Langar — muqaddas mozor.


Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish