jo‘ybor shayxlari dargohida taʼlim olgan. O‘z davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini o‘rgangan. Buxoro xoni Аbdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga to‘ra etib tayinlangan. Darveshona feʼl, shoirona ko‘ngil sohibi bo‘lgan So‘fi Olloyor bu lavozimdan tezda isteʼfo berib, o‘z davrining mashhur shayxi Navro‘zga shogird tushgan, tarikat talablarini bajarib, shayxlik martabasiga ko‘tarilgan, valiulloh (karomat soxibi) bo‘lib yetishgan.58 Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan So‘fi Olloyor ijodining asosiy yo‘nalishi islom maʼrifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bog‘liq g‘oyalarini targ‘ibtashviq qilishdan iborat. U «Maslak ulmuttaqin» («Taqvodorlar maslagi»), «Murod ul-orifin» («Oriflar murodi»), «Maxzan ulmuteʼin» («Itoatkorlar xazinasi») asarlarini forsiy, «Sabot ul-ojizin» («Ojizlar saboti»), «Favz unnajot» («Najot tantanasi») masnaviylarini turkiy tilda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa sheʼrlari ham mavjud. «Mevalar munozarasi» nomli manzuma xam unga nisbat beriladi.59 So‘fi Olloyorning shoh asari «Maslak ul-muttaqin» bo‘lib, 12 ming bayt, 135 ta katta-kichik bobdan iborat. Ilohiy maʼrifatning badiiy talkiniga bag‘ishlangan bu asar el orasida shuxrat tutganidan so‘ng do‘stu yaqinlari undan turkiy tilda xam shunday bir kitob yozishni iltimos qiladilar. Bunta javoban u «Maslak ul-muttaqin»ni birmuncha qisqartirib, o‘zbek tilida nazmda bitgan va o’nta «Sabot ul-ojizin» deb nom bergan. O‘zbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi bo‘lmish ushbu asarda tasavvuf taʼlimotining maʼnaviy-axloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan. Аsarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birmabir taʼriflab bergan. Аxloqiytaʼlimiy ahamiyati jihatidan, xususan, «Maslak ulmuttaqin» va «Sabot ulojizin» asarlari maktab va madrasalarda asosiy dareliklar qatorida o‘qitilib kelgan. Uning diniytasavvufiy ruxdagi pandu hikmatga yo‘g‘rilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Аstraxan), Bulg‘or, Orenburg va b. mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular ko‘p nusxalarda ko‘chirilgan. 19-a.ning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va b. shaharlarda toshbosma yo‘li bilan bir necha marta bosilib chiqqan.60
So‘fi Olloyor asarlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bag‘ishlab sharhlar yozilgan, lug‘atlar tuzilib, u qo‘llagan tasavvufiy istilohtimsollar keng sharhlangan.
«Sabotul ojiziyn» asari muallifi So‘fi Olloyor o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan mashhur faqih va ahli tasavvuf adibdir. So‘fi Olloyorning tug‘ilgan yili aniq maʼlum emas. Eng mashhur qarashga ko‘ra milodiy 1630-1650 yillar oralig‘ida Samarqanddagi Kattaqo‘rg‘on bekligiga qarashli Minglar qishlog‘ida tavallud topgan.
So‘fi Olloyor fors tilida ham, turkiy tilda ham mahorat bilan ijod etgan ko‘plab ilmlar bo‘yicha yetuk olim hisoblanadi. Ilm darajasining juda yuqori bo‘lgani yozgan asarlaridan bilinib turadi. So‘fi Olloyorning turli ilmlarga oid ko‘plab asarlari bo‘lgan.61
Do'stlaringiz bilan baham: |