Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet2/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Ma’sul muharrir:

O’.S. Erbo’taeva - tarix fanlari nomzodi, dots.

Taqrizchilar:

Z.R. Ishanxodjoyeva: tarix fanlari doktori, O’zMU professori

S.S. Qudratov: tarix fanlari nomzodi, dotsent GulDU tarix kafedrasi mudiri


© Guliston davlat universiteti


MUQADDIMA

Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir” 

(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasi)

Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlaydigan omil hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar har bir odamga ta’sirini ko‘rsatib, o‘ziga maftun qiladi va g‘ururlantiradi. Shu bois ularni saqlash, faqatgina davlatning emas, balki har bir kishining burchi, maqsadiga aylanishi kerak. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e’tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazoratiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo‘qon, Shahrisabz kabi shaharlarda ulug‘ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Toptalgan tariximiz, qutlug‘ qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta’mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturidiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug‘ allomalarimizning sha’nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko‘tardi.

O’zbekistonga hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan 7570 ta madaniy meros ob’ekti bo’lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor joylardir. Muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilmoqda. 1991 yildan Xivadagi Ichanqal’a qo‘riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi” ro‘yxatiga kiritildi.

Jumladan, oxirgi paytlarda faqatgina Toshkent viloyatidagi Shamir Qori avliyo, Zarkent Ota, Shodmalik Ota, Zunnun Ota yodgorliklarida ana shunday ezgu ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda. Bo‘stonliq tumani Bog‘iston qishlog‘idagi, Xo‘ja Ahror faxrli nomi bilan ko‘proq mashhur bo‘lgan, XV asrda yashagan Shayx Umar Vali Bog‘istoniyning bog‘i va qabrini ta’mirlash-tiklash ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Har bir viloyatdagi tarixiy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar bo‘yicha turkum kitoblar nashrga tayyorlanayapti.

YUNESKOning butun jahon madaniy va tabiat yodgorliklari merosi ro‘yxatiga Xivadagi ochiq osmon ostidagi muzey - Ichan qal’a, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz shaharlarining tarixiy-madaniy, diqqatga sazovor qismlari kiritilgan.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati yo‘nalishlaridan biri, bu - o‘tmish qa’ridan yetib kelgan boy tarixiy-madaniy merosimizni saqlash. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Muzeylar to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar xarobalari, monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgoh joylari, me’morchilik merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘rganishda davlatimiz tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Buyuk ajdodlarimiz tomonidan mahorat bilan bunyod qilingan va bugungi kungacha saqlanib kelinayotgan, ularning nomini asrlar osha abadiylashtirgan me’morchilik tarixiy majmualari — Samarqanddagi Shohi Zinda, Registon, Bibixonim, Ruhobod, Amir Temur maqbarasi, Buxorodagi Kalon masjidi va minorasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz va Bolo Hovuz majmualari hamda boshqa o‘nlab, yuzlab qadimgi, o‘rta asrlardagi me’morchilik durdonalari xalqimizning yuksak ijodkorlik imkoniyatlaridan darak beradi.

Mamlakatimiz tarixiy-me’moriy obidalarga boy bo‘lib, ularning ma’lum qismi shahar markazidan va katta karvon yo‘llaridan ancha yiroqdir. Bularga qarab, ularni yaratganlar atayin shaharning shovqin hayotidan uzoqroqqa, eng tinch va kishining ko‘zidan yiroqroq joyga qurdirganlar. Tabiatning o‘zi o‘yga tortadi, qalbni ma’yus, yurakni esa o‘ziga xos xotirjam va g‘amgin muhitga bog‘lab qo‘yadi. Bularning barchasi bizni hamisha g‘ururlanib yashashga undaydi. Demak, tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni saqlash mamlakatimizda yashayotgan har bir kishining burchidir.

Mazkur kitobda O`zbekiston hududidagi barcha viloyatlarning eng mashur tarixiy ziyoratgoh obidalari haqida ma`lumotlar keltirilgan bo`lib, mamlakatimiz hududidagi bu tarixiy ziyoratgoh obidalarimiz haqida kitoblar va turli manbalar asosida ma’lumotlar to’plab siz kitobxonlarga yetkazishga harakat qildik. Ushbu kitob sizlarga manzur bo’ladi degan umiddamiz.




Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish