Qaffol Shoshiy (to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ash-SHoshiy al-Kabir; 903—976) — shofi’iylik mazhabining etakchi olimlaridan biri, muhaddis, faqih, tilshunos, shoir. Hazrati Imom (qisqacha — Hastimom) nomi bilan mashhur. Manbalarga qo‘ra, u og‘irligi 0,5 g keladigan jajji qulfkalit yasagani uchun «Qaffol» («Qulfchi») laqabi
berilgan. Chuqur bilimi, ulkan ishlari evaziga Imom al Kabir («Ulug‘ imom») deb ta’riflangan. Qaffol Shoshiy Movarounnahrda, xususan, Shoshda shofi’iylik mazhabini targ‘ib etib, diniy bilimlarning tarqalishiga, shariat asoslari qaror topishiga hissa qo‘shdi. Uning qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid «Qozining fe’l atvori», «Odob al bahs» («Bahs odobi»), «Husni jadal» («Dialektika go‘zalligi») kabi asarlari islom olamida mashhur bo‘lgan. Qaffol Shoshiy she’rlar ham yozgan. Ulardan ayrim parchalar olim Tojiddin as Subkiyning «Tabaqot ash Shofi’iya» («Shofi’iylik mazhabi darajalari») kitobi orqali saqlanib qolgan. Qaffol Shoshiy Toshkentda vafot etgan. Uning qabri ustiga maqbara qurilgan.12