Shayx Xovandi Tohur (Shayxontohur) majmuasi – me’moriy yodgorlik (XV–XIX asrlar), Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, ziyoratxona va go‘rxonadan iborat. Mavjud yodgorlik XV asrga oid ko‘hna maqbara poydevori ustiga XVIII–XIX asrlarda qurilgan, bunda Movarounnahrda XIV asr oxiridan rivojlangan ikki xonali bo‘ylama maqbara-majmua tarhlari saqlanib qolgan. Maqbaraning bino yuzasidan sal chiqib turuvchi kichik peshtog‘i bor, ichki devorlari chuqur ravoqli. Xonalar gumbazlar bilan yopilgan, go‘rxona gumbazi qo‘shqavat bo‘lib, 12 qirrali asosga o‘rnatilgan.8
Do'stlaringiz bilan baham: |