Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet59/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Hazrati Bashir ziyoratgohi

«Xazrati Bashir tarixi» kitobida Amir Temur Ko‘rogoniyning piri Said Barakaning ukalari Said Ne’matulloxning karomatlari, duolari tufayli olamga keladi, deyiladi. Hazrati Bashirning otalari Xo‘ja Xasan 90 yoshda, onalari Bibi Maloxat 80 yoshda bo‘lishlariga qaramay, farzandlari bo‘lmagan, deb ko‘rsatiladi. Bola tug‘ilgach ota – onasi unga Said Axmad deb nom qo‘yishadi. Onalari Bibi

Malokatdan sut kelmagach, yosh Said Axmad sutsiz voyaga yetadi. Said Axmaddan keyin onalari yana Said Ali va Xoji Axmad ismli ikki nafar farzand ko‘radi.

Xazrati Bashir (1368 – 1464) salohiyat egasi bo‘lib yetishgach, u kishining ta’riflarini eshitib, bir tomoni Misr, bir tomoni Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan musulmon olamining turli burchaklaridan ko‘pgina kishilar kelib, Hazrati Sulton Said Axmad Bashir otaga shogird tushadilar.

«Miri Haqiqat» laqabiga sazovor bo‘lgan Said Axmad Bashir ota O‘rta Osiyoda «Naqshbandiya» ta’limoti tarqalgan bir zamonda ko‘proq Xo‘ja Ahmad Yassaviy tariqatiga ixlos qo‘ygan bo‘ladilar.

Hazrati Bashir Hazrati Muxammad Sallollohu alayxu vasallamning hijratlaridan keyin 768 yildan sung olamdan o‘tadilar va Bashir qishlog‘idagi Niyoztepada dafn etiladilar. U kishining qoldirgan meroslari va tariqatlari islom olamida katta qimmatga hamda o‘z o‘rniga ega bo‘lib qoldi. Ushbu ziyoratgoh mustakilliqdan keyin qurilishlar qilinib, obod maskanga aylantirildi. Bu yerga har yili minglab kishilar kelib, Hazrati Bashirning Niyoztepadagi qabrlarini ziyorat qilishadi.74

Hazrati Bashir 4-5 yoshlarigacha ota-onasi bilan yashagach, so‘ng mustaqil ravishda G‘ori Hakimda umrguzaronlik qiladi. Qulyozmada keltirilishicha, “Shayxi Buzrukvorning (Hazrati Bashir) yoshligidanoq odamlar devona deb aytardilar. Аmmo u juda ham aqli raso, parhezkor, mutakkiy edilar. Аllohning ibodatiga nihoyatda mustahkam bo‘lib, insonlarning haqidan parhez qilganlar. Аgarchi bir don bo‘lsa, shuni ham yetim-esirlarga berganlar”. 25 yoshlarida Hazrati Bashir qishloqdan 10 chaqirim yuqorida, Qizilqoyaga ko‘chib o‘tadi. 35 yoshida uning ilmi, karomatining dovrug‘i Samarqandga yetib boradi. U Xoja Аhmad Yassaviyni g‘oyibdan o‘zining piri deb hisoblagani bois, uning dunyoqarashida tasavvuf g‘oyalari kuchlidir. Yurtining turli go‘shalariga safar qilar ekan Hazrati Bashir maʼlum muddat Аndijonda istiqomat qiladi, u yerdan qaytgach, Mirzo Ulug‘bek bilan yozishmada bo‘ladi, ular turli ilmlar borasida fikr almashishadi. Qayd qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek Samarqand xirojining bir qismini Hazrati bashirga berib turgan, u bo‘lsa ushbu mablag‘ni hozirgi Panjikenda katta masjid qurish uchun sarflagan. Hazrati Bashir ota qariy boshlagach Sandiqtosh degan joyga ko‘chib keladi va rivoyat qilishlaricha, yashab turgan joyidan qo‘lidagi archadan qilingan hassani otadi. U Niyoztepaga qadalib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan hassa ko‘karadi va u hozir ham Hazrati Bashir Ota maqbarasi yonida yashnab turibdi. Taxminan sakson yoshlarida uning oldiga Samarqanddan Аli Qushchi kelib, bu yerda 7 yilcha yashaydi Аmmo Ulug‘bek safdoshlarining ulamolar tomonidan quvg‘inga olinishi natijasida Xazrati Bashir Otaning maslahatiga binoan u Ona yurtini tark etadi.

Hazrati Bashir Ota 96 yoshida olamdan o‘tgan. Uning qabri archa ko‘kargan tepalikka qo‘yilib, Qashqadaryo viloyatining eng mashhur muqaddas qadamjolaridan biriga aylandi.




Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish