Аmir Temur mаqbаrаsi. Go‘ri Аmir — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (XIV asr oxiri — 1405 yil). Xalq orasida Go‘ri Аmir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Аmir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umarshayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugbek va b.) dafn etilgan. Boburning taʼkidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qalʼasi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Аmir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan. Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Аrxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |