Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet63/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Аmir Temur mаqbаrаsi

Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egallagan. Hovlining jan.da gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon (1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyoratxonasi baland toqi — ravoqli, tepasi yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz b-n qoplangan. Tashki gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o‘rnatilgan. Ziyoratxona o‘rtasidagi marmar panjara b-n o‘ralgan murabba xazira sahniga qator qabrtoshlar qo‘yilgan. Yuqorisi (to‘ri)da Аmir Temurning harbiy yurishlarida unga hamroh bo‘lgan va uning yuksak hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Аmir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari qatʼiy tartibda joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Ulug‘bek Mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakori yozuvlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma marmar panjara b-n o‘ralgan. Ziyoratxonaning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tushiladi. Go‘rxona sakkiz qirrali. Undagi sag‘analar yuqrri qavatda qanday joylashgan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joylashgan. Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning har biri yuksak sanʼat asaridir. Ziyoratxona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan. Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus olgan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar b-n bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yondashgan. Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiklari XVII asrga mansub. Maqbaraning mutanosiblik nisbati, naqshlari, turli bezaklari katta mahorat b-n bajarilgan. Tashqi peshtoq darvozasining tepasida meʼmor — usta «Muhammad binni Mahmud al-banno Isfaxoniy» nomi saqlangan. Keyinchalik maqbara bir necha bor taʼmirlandi, gumbazi qayta tiklanib, xonaqoh va Madrasa qoldiqlari kavlab topildi, ichki va tashqi bezaklar taʼmir etildi. 1941 yilda musulmon odatiga zid ravishda Аmir Temur va Ulug‘bek qabrlari ochib tekshirilib, ular ruhlari bezovta etildi.77 Temuriylarning qabri maxsus komissiya tomonidan ochilgan edi. Tobutda Amir Temurning bir necha qavat mato va bir qavat kimxob bilan o’ralgan suyagi yotgan, boshi qiblaga qaratilgan, qo’llari to’g’rilangan, panjalari yoyilgan. XVI asrda katta imperiyaning asoschisi, nomi olamning yarmini larzaga keltirgan ulug’ Amir Temurning qiyofasi haqidagi tarixiy ma’lumot, Ulug’bekning fojiali o’ldirilishi va boshqa temuriylarning dafn etilishi haqiqiyligi tasdiqlandi. Shuningdek, komissiya boshqa temuriylar qabrlarini ham ochib, chuqur ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazildi.

1994-1996 yillar maqbarada katta hajmdagi ta’mir-tiklash ishlari amalga oshirildi.78




Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish