Shаyx Qаlаndаr Bobo mаjmuаsi. Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (XVI asr — 1894). Shoh amaldorlaridan Rahmatulla Yasovulboshi tomonidan qurila boshlangan, Muhammad Rahimxon II ning singlisi BekajonBeka tomonidan nihoyasiga yetkazilgan. 16-a.da yashagan Shayx Qalandar bobo maqbarasi atrofida Madrasa, masjid, minoradan iborat majmua barpo etilgan. Madrasaga 3 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Miyonsaroyning 3 xonasi darsxona va masjid bilan oʼzaro bogʼlangan. Peshtogʼi shim.ga qaragan, uning 2 burchagida guldastalar qad. koʼtargan. Minora (bal. 18 m, asosining diametri 6 m) peshtokdan 4 m narida, bosh tarzi markazida joylashgan. Uning belbogʼiga gʼishtlar mavjli shaklda terilgan. Maqbaraning 3 xonasidan bizgacha ziyoratxona saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |