Nаjmiddin Kubro mаqbаrаsi. Koʼhna Urganchdagn meʼmoriy yodgorlik (XIV asr 20—30 yillari). So’fiylikdagi kubraviylik oqimining asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin Kubro nomi bilan bogʼliq. Maqbara 3 xona (Najmiddin Kubro sagʼanasi joylashgan katta xona, bir necha qabrlari boʼlgan kichik xona va ziyoratxona)dan iborat. Miyonsaroy va xonalar gumbaz tomli, oʼzaro bir-biri bilan bogʼlangan. Bosh tarzi chuqur ravoqli, peshtoqgumbazli, koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili saqlangan, Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va sagʼana oq, koʼk, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yogʼoch oʼymakorligida ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bagʼali qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toqu ravoqli, ganchkori muqarnaslar bilan bezatilgan. Xona oʼrtasidagi sagʼana oʼziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik Xorazm meʼmoriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qoʼllanilgan. Nаjmiddin Kubro mаqbаrаsida Xorazm meʼmorligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutuqlar namoyon boʼlgan.129
Do'stlaringiz bilan baham: |