birida usta Zayniddin ibn Odina Muhammadning nomi yozilgan. Muhammad Rahimxon hukmronligi davri (1806— 25)da ta‘mir etilib, yangi bir ustunli ayvon va qo‘rixona qurilgan. Hozir obida davlat muhofazasiga olinib, ziyoratgohga aylantirilgan.125
Muzrobshoh Xorаzmiy mаqbаrаsi. Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (XVI—XVIII asrlar). Maqbara Xorazm davlat va din arbobi Muzrobshohga atalgan. Bir xonali, peshtoq gumbazli, pishiq gʼishtdan qurilgan, bezaksiz. Maqbara tarhi 7,3x8,3 m, goʼrxona murabba tarhli 4,9x4,9 m. Peshtoqi xorazm meʼmorligiga xos uslubda — kiraverishi chuqur ravokli, ikki yon tomonlariga va tepasiga mayda ravoqchalar ishlangan. Yuqorisi gʼishtin sharafa bilan yakunlangan.126
Do'stlaringiz bilan baham: |